£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

uning davrlari. 

 

 

Insoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va 



ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi tsivilizatsiyaga ega bo’lgan. 

Davrlar o’tishi bilan insoniyat tsivilizatsiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, 

takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik 

darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko’paytirib borishi bilan 

bog’liq kechgan. 

 

U yoki bu tsivilizatsiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun 



kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o’zi uchun 

yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, 

uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat 

vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy 

munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. 

Masalan, Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi, Antik Evropa tsivilizatsiyasi, Islom 

tsivilizatsiyasi, Xristian tsivilizatsiyasi, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi kabi 

tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, 

ma’naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari 

mujassamlashgan bo’ladi.  

 

Har bir mintaqada tsivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki 



kechroq, o’ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy 

tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O’zbekiston insoniyat tsivilizatsiyasining 

qadimgi o’choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.  

 

XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq 



guruh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Masson boshliq arxeologlar guruhi 

Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg’ona vodiysida qidiruv va qazish ishlari 

olib bordilar. 30-40-yillarda O’zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari 

hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Termiz 

ekspeditsiyasiga M.E.Masson, Xorazm ekspeditsiyasiga S.P.Tolstov, Zarafshon 

ekspeditsiyasiga A.Yu.Yakubovskiy rahbarlik qildilar. Bular tomonidan nafaqat 

O’zbekiston, butun Markaziy Osiyoning qadimgi tarixini, ajdodlarimizning 



 

19

ibtidoiy jamoa tuzumi, turmush tarziga oid qator qimmatli asarlar yaratilgan. 



Bular orasida V.M.Massonning «Strana tisyachi gorodov» - M., «Nauka», 1966, 

A.P.Okladnikovning «Paleolit i mezolit Sredney Azii / Srednyaya Aziya v epoxu 

kamnya i bronzi» - M.-L., 1966, S.P.Tolstovning «Drevniy Xorezm. Opit 

istoriko-arxeologicheskogo issledovaniya» -M., 1948, V.A.Shishkinning 

«Afrasiab - sokrovishchnitsa drevney kulturi» - T., «Fan, 1966, «Arxetekturnie 

pamyatniki Buxari» -T., 1936 va boshqa asarlar bor. 

 

Ikkinchi jahon urushidan so’ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi 



tarixini o’rganish maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil 

etildi. S.P.Tolstov boshliq Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi

A.N.Bernshtam boshliq Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspeditsiyasi, 

Ya.G’.G’ulomov va V.A.Shishkinlar boshliq Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi 

tadqiqot ishlari olib bordi. Mazkur ekspeditsiyalarda qatnashgan tadqiqotchilar 

muhim asarlar yaratdilar. S.P.Tolstovning «Po sledam drevnexorazmiyskoy 

tsivilizatsii» -M-L., 1948, A.N.Bernshtamning «Drevnyaya Fergana /Nauchno-

populyarniy ocherk/» -T., 1951, Ya.G’.G’ulomovning «O’zbekistonda 

arxeologiya fanining rivoji»  -T., 1956, «Qadimgi madaniyatimiz izlaridan» -T., 

1960 va «Xorazmning sug’orish tarixi» -T., 1957 ana shular jumlasidandir. 

 

Keyingi yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari- A.Asqarov, 



O’.Islomov, A.R.Muhammadjonov, E.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar 

etakchiligidagi tadqiqotchilar O’zbekiston qadimgi tarixining paleolit, mezolit, 

neolit, eneolit, bronza davrlarini o’rgandilar. Tadqiqot ishlari Vatanimizning 

barcha vohalarida - Zarafshon, Surxondaryo bo’ylarida, Xorazm va Farg’ona 

vodiysida, shuningdek cho’l va dasht o’lkalarida ham keng olib borildi. Ular 

tomonidan qator ilmiy, ommabop asarlar, o’quv qo’llanmalari yaratildi. Bular 

orasida A.Asqarovning «Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar» -T., Fan, 

1973, «Sopollitepa» -T., 1973, «Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzi 

Yuga Uzbekistana» -T., 1977; O’.Islomovning «Peshchera Machay»,-T.,1975, 

«Obishirskaya kultura» -T.,1980; A.R.Muhammadjonovning «Qadimgi Buxoro» 

-T., 1991; T.Shirinovning «Orudiya proizvodstva i orujie epoxi bronzi 

sredneaziatskogo Mejdurechya» -T., 1985; E.V.Rtveladze va 

A.Sagdullaevlarning «Pamatniki minuvshix vekov» -T., 1986; E.V.Rtveladze, 

A.X.Saidov va Yo.V.Abdullaevlarning «Qadimgi O’zbekiston tsivilizatsiyasi: 

davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar» -T., 2001 kabi asarlar alohida o’rin 

tutadi.  

 

Mazkur asarlarni, shuningdek, Vatanimizning qadimgi davri tarixiga oid 



boshqa asarlarni o’rganish orqali O’zbekiston odamzod ilk bor paydo bo’lgan 

o’lka ekanligini anglash, ajdodlarimizning qadimgi hayoti, turmush tarzi, moddiy 

va ma’naviy madaniyati haqida zarur bilimga ega bo’lish mumkin. 

Jamiyatshunos va tabiatshunos olimlar er sharida hayotning paydo 

bo’lishi, odamlarning vujudga kelishi, muammolari ustida uzoq yillardan beri 

tadqiqot ishlari bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy 

ta’limotlar, rivoyatlar mavjud.  



 

20

 



Xristian dini odamzod xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizil 

loydan yaratildi,dastlabki odamlar Adam va Evadan tug’ilgan deb ta’riflaydi. 

Islom dini odamning Olloh tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, 

dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo bo’lganligi haqida, ularning qachon 

yaratilganligini Ollohdan o’zga hech kim bilmaydi, bu yolg’iz ungagina ayon 

degan g’oyani ilgari suradi. 

 

Yunon olimi Arastu odamning paydo bo’lishini erda hayotning paydo 



bo’lishi va rivojlanishi jarayoni bilan bog’lab tushuntiradi,odamzod oddiydan 

murakkabga, hayvonot olamidan odamzod dunyosiga o’sib chiqdi, deb 

ta’kidlaydi. Jeyms Manboddo odam oliy turdagi maymunsimon odamdan 

vujudga kelgan, degan g’oyani ilgari suradi. 

 

Ingliz olimi Charlz Darvin evropalik arxeologlarning Gibraltar qoyasi, 



Germaniyaning Neandertal vodiysi va Avstriyadagi tadqiqotlarning natijalarini 

tahlil qilib, odamlarning ajdodlari daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi 

maymunsimon odamlar /driopiteklar/ bo’lganligi haqidagi evolyutsion nazariyani 

ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo’lmasligini, odamlarning 

ajdodlari bo’lmish driopiteklar allaqachon o’lib ketganligini ta’kidlaydi. 

 

Shuningdek, odam har doim, hamma vaqt ongli bo’lgan, odam Olloh 



tomonidan yaratilmagan, maymundan odam paydo bo’lishi mumkin emas, odam 

boshqa sayyoralardan kelgan degan rivoyatlar ham bor. Demak, sayyoramizda 

odamzodning qachon va qanday paydo bo’lgani haqida aniq, uzil-kesil fikr yo’q 

deyish mumkin, bu muammoligicha qolmoqda. Turli ixtisosdagi olimlar 

tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar uzoq o’tmishning sirli jarayonlariga 

yanada teranroq nazar tashlashga , kamtarona bilimlarimizni yanada 

oydinlashtirishga ko’maklashib boraveradi. 

 

Hozircha fanda  odamzod tabiatning bir qismi, u sayyoramizda 



taraqqiyotning  ma’lum bosqichida vujudga keldi,  kishilik jamiyati  mehnat 

tufayli takomillashib bordi, dastlab odamlar ibtidoiy to’da shaklida, keyinroq 

urug’-jamoa bo’lib yashaganlar,  degan hulosa  barcha rivoyatlardan ustunlik 

qilmoqda.  

 

Olimlarning ibtidoiy jamiyat tarixini o’rganishga doir tadqiqotlari 



insoniyatning ibtidoiy to’da va jamoa davri ko’pgina mintaqalarda, jumladan, 

bizning o’lkamiz hududida deyarli bir-biriga o’xshash bo’lganligini, bir-biriga 

o’xshash bosqichlarni bosib o’tganligini ko’rsatadi. 

 

Ibtidoiy jamiyat odamlarining yashash tarzi, jismoniy va aqliy tuzilishi, 



ular tomonidan yasalgan mehnat qurollarining turi va materialiga ko’ra bir 

qancha davrlarga bo’linadi. Arxeologlarning Afrika va Yava orolida olib borgan 

tadqiqotlari sayyoramizda odamlar 3-2,5 million yillardan beri yashab 

kelayotganligini ko’rsatadi. Taxminan ana shu davrdan boshlangan ibtidoiy 

jamiyat mehnat qurollari toshdan yasalgani sababli paleolit (grekcha «palayos» -

qadimgi, «litos» -tosh degan ma’noni bildiradi) - qadimgi tosh davri deb ataladi. 

 

Paleolit davri o’z navbatida uch bosqichdan - ilk paleolit, o’rta paleolit va 



so’nggi paleolitdan iborat.  


 

21


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling