O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Download 36.21 Kb.
bet1/14
Sana01.03.2023
Hajmi36.21 Kb.
#1242699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mustaqil ish




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI


Mustaqil ishi


TARIX FAKULTETI O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI TARIX YO’NALISHI 1-KURS
114-GURUX TALABASI
NOMOZOVA NARGIZANING

Arxeologiya va etnologiya


FANIDAN TAYYORLAGAN

Bajardi: Nomozova. N
Qabul qildi: _______________.

Reja:

1.Paleolit davri yodgorliklari

2.Ilk paleolitda dastlabki odamlar


3.Paleolit davri yodgorliklari
4.O‘rta Osiyoda paleolit davri
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston xududida ilk paleolit davriga oid, asosan ashel bosqichiga oid makonlar XX asrning ikkinchi yarmida ko‘plab topildi va bu davrning ko‘plab noma’lum tomonlarini ochishga imkoniyati vujudga keldi. Toshkent viloyatida Bolttag‘or, Ko‘lbuloq, Qizilmolma, Toshsoy, Buxoro viloyatida Uchtut, Farg‘ona vodiysida Selungur, Chashma va So‘x makonlar topib o‘rganilgan. Farg‘ona vodiysida topilgan Chashma va So‘x makonlari O‘rta Osiyo xududida topilgan eng qadimiy makonlar deb topildi. Seleng‘ur g‘orida sinantrop turiga mansub odam suyaklari topilib, jahonda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.


XX asrning so‘ngi choragida O‘zbekistonda ilk paleolit davriga oid yodgorliklar soni ko‘payibgina qolmadi, balki ilmiy tadqiqot uslublari ham takomillashdi.
Keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, asosan Selungur makonining tarixiy geografiya, paleobotanika, paleozoologiya va boshqa fanlar sohasida qo‘lga kiritilgan yangi tadqiqot uslublari bilan tekshirilishi natijasida o‘sha davrning tabiati va hayvonot olamini xam aniqlandi. Selug‘ur makonining madaniy qatlamlaridan 32 turdagi sut emizuvchi hayvonlarga tegishli 5 mingdan ortiq suyak qoldiqlari aniqlanib tadqiq etildi. Xayvonlarning qoldiqlari orasida yirik tuyoqli va kemiruvchi hayvonlarning turlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. G‘or ayig‘i, bo‘ri, g‘or arsloni, sirtlon, karkidon, bug‘i, ot, eshak, to‘ng‘iz va turli kemiruvchi hayvonlarning borligi issiq va quruq iqlim bo‘lganligidan darak beradi.

Download 36.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling