O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Download 36.21 Kb.
bet4/14
Sana01.03.2023
Hajmi36.21 Kb.
#1242699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mustaqil ish

Teshiktosh g‘or–makoni o‘rta paleolit davrini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Bir tomondan, neandertal odam topilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan murdaga qizil oxra sepib, tog‘ echkisi shoxlari bilan o‘rab qabrga ko‘mishlari ajdodlarimizda e’tiqod paydo bo‘lganligini ko‘rsatdi. Uchinchidan nemis fashistlarining oliy irq g‘oyasini chippakka chiqardi. Germaniyada XX asrning 30 yillarida hokimiyatni egallagan A.Gitler va uning tarafdorlari er yuzidagi barcha xalqlar Neandertal odamlaridan tarqalgan-u, faqat nemis millati toza qonli oliy irqqa mansub deb hisoblab, ajdodlarini ariylar bilan bog‘laganlar. Ariylarning kelib chiqish joylarini O‘rta Osiyo deb hisoblaganlar, chunki O‘rta Osiyodan neandertal tipidagi odam xali topilmagan edi. 1938 yilda esa Teshiktosh odamining O‘zbekiston xududidan topilishi bu g‘ayri ilmiy g‘oyani rad qildi.
Teshiktosh g‘or makoni nafaqat O‘zbekiston, balki butun O‘rta Osiyoda muste davrining eng nodir namunasi hisoblanadi. U Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Boysun tog‘ining janubiy yon bag‘ridagi Turgandaryoning Zavtalashgan darasida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. G‘or shimoliy-sharqqa qaragan bo‘lib, kengligi old qismida 20 m, chuqurligi 21 m, balandligi 9 m. bo‘lgan. G‘or 1938–1939 yillarda A.P.Okladnikov tomonidan tekshirilgan va tadqiqotlari natijasini 1939–1949 yillarda nashr qildirgan.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida g‘orda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan toshdan yasalgan mehnat qurollaridan 339 tasi, 2520 ta singan, uchrindi tosh qurollar, 101 ta turli shakldagi nukleuslar topilgan. Shu jumladan, o‘tkir uchli paykonlar, tosh pichoqlar, paraqalar, sixcha, qirg‘ich, kurakcha, chopper, chopqi va hakozolar. Teshiktoshdan topilgan mehnat qurollarning aksariyati qirquvchi va tarashlovchi vazifalarni bajargan. Bu erdan yana faqat neandertal odamiga xos rapidasimon nukleuslardan (o‘zaklar) bir necha nusxa topilgan. Ularning diametri 10–15smni tashkil etgan. Bu kabi o‘zaklardan neandertallar tosh bolg‘alar yordamida uchburchaksimon uchrindilar uchirib olganlar. Uchrindilar o‘tkir uchli bo‘lganligi sababli ulardan terilarga ishlov berish, yog‘ochlarni kesish, randalash kabi ishlarda foydalanganlar. Bunday mehnat qurollar eng ko‘p Teshiktoshdan topilgan. Teshiktosh g‘orining eng qimmatli topilmasi yuqorida qayd qilib o‘tilgandek, neandertal odamning suyak qoldiqlarining topilishidir. U eng pastki madaniy qatlamdan topilgan. Bular kalla suyagi, elka va yo‘g‘on o‘ng son suyagining parchalari, ikkala kichik boldir suyagi hamda umurtqa pog‘onasining ba’zi qismlaridir. Bu voqea o‘z vaqtida antropologlarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Antropologlar xulosasiga ko‘ra, neandertalning bosh suyagining hajmi 1490 sm kub bo‘lgan. Neandertal bola suyagining o‘rganilishi 1970 yilgacha davom etdi. Taniqli antropolog olim akademik V.A.Alekseev antropologiyaning keyingi davr yutuqlariga tayanib, Teshiktosh odamini qayta o‘rgandi va uning 10 yashar bola emas, balki ayol kishi ekanligini, Evropa va old Osiyo guruhiga kirishini ko‘rsatdi.
G‘ordan gulxan izlari, uning atrofida tog‘ echkisi, bug‘u, yovvoyi ot, ayiq, sirtlon (giena), leopard, bars, quyon, kemiruvchilar va parrandalarning suyak qoldiqlari topilgan.
Teshiktoshliklar ovchilik bilan birga termachilik bilan shug‘ullanishgan.
Teshiktosh materiallari muste davri madaniyatining rivojlanishini aniqlash imkoniyatini berdi. G‘or–makon rivojlangan muste davriga oid bo‘lib (Levallua–muste) uning so‘nggi paleolit davriga o‘tish evolyusiyasini kuzatish mumkin.

Download 36.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling