O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi innovatsion ta’lim universiteti
Download 36.21 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omonqo‘ton g‘or makoni
Jarqo‘ton makoni Farg‘onaning sharqiy rayonida topilgan. U Shahristonsoy daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Manzilgoh 1961– 1963 yillarda V.A.Ranov tomonidan o‘rganilgan. Yodgorlikdan 670 ta tosh buyum yig‘ib olingan. Shulardan 25 tasi nukleuslar, 25 tasi qurollar bo‘lgan. Qurollar ichida tosh sixcha, nayza tig‘lari, pichoqsimon tosh qurollar mavjud.
Nukleuslarga ishlov berish va qurol yashash uslubi Xo‘jakent makonidagiga o‘xshaydi. Tosh qurollar yashash madaniyati levallua–muste davri an’anasiga oiddir. Farg‘ona vodiysidan M.R.Qosimov, P.T.Konoplya muste davriga oid bir necha manzilgohlar topganlar. Ularning ko‘pchiligining madaniy qatlamlari saqlanib qolmagan, chunki ular adir va soylar bo‘ylaridagi ovchilarning mavsumiy karorgohlari bo‘lgan. U erlardan topilgan tosh buyumlar levallua–muste davriga oid bo‘lgan. O‘zbekiston xududida o‘rta paleolit davrini o‘rganishda Zarafshon vohasi alohida o‘rinni egallaydi, chunki bu xudud arxeologlar tomonidan bir necha makonlar topib, keng o‘rganilgan. Bu xududda Samarqand Davlat universitetining arxeologlari, O‘zFA Arxeologiya instituti xodimlari tadqiqot ishlarini olib borganlar. Omonqo‘ton g‘or makoni-Samarqand viloyati Urgut rayonining Omonqo‘ton qishlog‘i yaqinida, Samarqanddan 43-44 km janubda joylashgan. G‘or dengiz sathidan 1400 m balandlikda joylashgan. Uning koridorsimon uzunligi 29m, balandligi 2,6m. Makon 1947 yilda D.N.Lev raxbarligidagi SamDU ekspeditsiyasi tomonidan topildi va 1957 yillargacha tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqotlar jarayonida qalinligi 25smdan 1,5 mgacha bo‘lgan madaniy qatlam aniqlanib, undan 220 ta tosh buyumlar topildi. Ularning asosiy qismi chaqmoqtoshdan yasalgan. 30 ga yaqin tirli xildagi nukleuslar bo‘lib, ular orasida gardishsimon va prizma shaklidagi nukleuslar xam bor. Paraqalar levallua–muste texnika madaniyatini eslatadi. kertish texnikasi asosida toshning ikkala tomoninga ham ishlov berish natijasida qurol tig‘lari arrasimon va to‘lqinsimon bo‘lib chiqqan. Bu erda bargsimon paraqalar xam bor. Bunday qurol namunalari Ko‘tirbuloq va Zirabuloq makonlaridan xam topilgan. Omonqo‘ton g‘oridan xayvonlarning suyak qoldiqlari ham topilgan. Arxeolog D.N.Levning tadqiqoticha, makon ilk va rivojlangan muste davriga oiddir. Download 36.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling