O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi innovatsion ta’lim universiteti
Download 36.21 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obirahmat g‘or makoni
Amur Temur g‘ori Boysun tog‘i mintaqasidan muste davriga oid makon sanaladi. U Teshiktoshdan uncha uzoqda bo‘lmagan erda joylashgan. Yodgorlik 1939 yilda A.P.Okladnikov tomonidan o‘rganilgan. U erdan 3 ta madaniy qatlam topilgan. 1–2– madaniy qatlamlar so‘ngi tosh davriga oid bo‘lib, faqat 3–madaniy qatlamdan topilgan tosh qurollar Teshiktoshning yuqori qatlamidan topilgan muste davri qurollariga o‘xshaydi. U erdan gulxan qoldig‘i, pista ko‘mir, qo‘pol ishlangan qirg‘ich, gardishsimon nukleus, siniq uchrindi va boshqa buyumlar topilgan. Shuningdek, yovvoyi ot, bars, ayiq, sirtlon, quyon, kemiruvchi va qushlarning suyaklari topilgan. G‘orda yashagan kishilar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. A.P.Okladnikov fikricha, bu makon mavsumiy xarakterda bo‘lgan va tosh qurollarini ishlab chiqarish ham Teshiktoshga nisbatan ancha farq qilib, ular birmuncha takomillashgan.
Obirahmat g‘or makoni Toshkent shahridan 100 km shimoli-sharqda, G‘ariy TyanShanning Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilida joylashgan. G‘or yoysimon shaklda bo‘lib, eni 20 metrdan ortiqroq, janubga qaragan, sathi keng, quruq va yorug‘. G‘or–makon 1966–1972 yillarda R.X.Sulaymonov tomonidan o‘rganilgan. U mustening rivojlangan va so‘nggi bosqichlariga oid. Unda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan 30 mingdan ortiq ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan turli mehnat qurollari– nukleuslar, paraqalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirg‘ichlar, pichoqlar va kurrakchalar topilgan. Ular o‘ziga xos prizma shaklidagi yorma texnika, qisman levallua tipidagi texnika asosida ishlangan. G‘ordan hayvon suyagidan ishlangan bigizlar ham topilgan. Shuningdek, gulxan izlari, kul, ko‘mir, bug‘u, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, jayron, g‘or sheri, arxar va boshqa hayvonlarning suyaklari ham topilgan. Bu erda odamlar 120-40 ming yil muqaddam istiqomat qilganligi aniqlangan. Ular ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. Keyingi yillarda Obirahmatni arxaik jihatdan o‘rganish ishi qayta tiklandi. Uning yuqori qatlamlari tosh qurollari ichida yuqori paleolit davri materiallari mavjudligi aniqlandi. Arxeologlar Obirahmat yodgorligining yuqori qatlamlarini 46-50 ming yilliklar bog‘lab uni ilk yuqori paleolit yodgorliklari sirasiga kiritmoqdalar. Demak, ibtdoiy odamlar g‘orda uzoq davr iste’qomat qilishgan. Download 36.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling