Mavzu: Yovvoyi tanovar
Download 68.34 Kb.
|
ananaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orifxon Hotamov
- Asil yoring bo’lsa yor-a, xo’p toza bo’lsa yor ajab yor-a.
Mavzu: Yovvoyi tanovarYovvoyi tanovar qo’shig’ini Jo’raxon Sultonov ijrosidan Orifxon Hotamov yozib olganlar. Orifxon Hotamov (1927.10.10, Jizzax — 2002.25.9, Toshkent) — xonanda, sozanda (tanbur, gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Milliy mumtoz musiqa (ma-qom, ashula, katta ashula, bastakorlik) sanʼatining yirik vakili. Toshkent musiqa bilim yurtini gʻijjak ixtisosligi boʻyicha tugatgan (1954). Hofizlik va tanbur chalish yoʻllarini ustozi J.Sultonovdan oʻzlashtirgan. Muqimiy teatri (1944), Oʻzbek davlat filarmoni-yasi (1945-50), Oʻzbek radiosining xalq cholgʻulari orkestri (1956—59), etnografik ansambli (1959-76), *Ma-qom" ansambli (1976-89)da sozan-da, ayni paytda M.Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti (1989—99), Toshkent konservatoriyasi (1999-yildan)da peda-gog bo’lib ishlagan.
Orifxon HotamovRepertuaridan katta ashula ("Ohkim", "Daydi Tanavor", "Boʻlmish" va boshqalar), mumtoz ashula ("Fe-ruz", "Abdurahmonbegi", "Hanuz", "Qoʻshchinor", "Suvora" va boshqalar) va maqom yoʻllari ("Dugoh Husayn", "Bayot" kabi), 20-asr bastakorlari ("Sodirxon Ushshogʻi", S.Bobosharipov; "Ul kun jonon", J.Sultonov; "Dogʻman", K.Otaniyozov va boshqalar) hamda oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi bastalagan ("Naylayin", "Qoshi yosinmu deyin", "Qora boʻlib-dur", Navoiy; "Sensan sevarim", Lutfiy; "Yor oʻtdimu", S.Zunnunova; "Holimni soʻrmaysan", Sadoiy; "Ohista-ohista", T.Toʻla; "Subhidam", P.Moʻmin; "Vatandir", "Paydo boʻlibdur", Chustiy va boshqalar) asarlari oʻrin olgan.
Asil yoring bo’lsa yor-a, xo’p toza bo’lsa yor ajab yor-a.
Download 68.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling