1. Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Download 74.33 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi74.33 Kb.
#1568103
  1   2   3
Bog'liq
Sivilizatsiyalar tizimida Markaziy Osiyo


Sivilizatsiyalar tizimida Markaziy Osiyo
Reja:

1. Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri

2. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida

3. Markaziy Osiyo - jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi

Markaziy Osiyo qadimiy sivilizatsiya o’choqlaridan biri sanaladi va jahon svilizatsiyasining shakllanish jarayonida alohida o’rinni egallaydi. O’zbekiston eng qadimgi davrdan o’ziga xos sivilizatsion jarayonni boshidan kechirgan. O’zbekistonning qadimiy tarixi “Avesto”, eron, yunon, rim, xitoy yozma manbalarida va Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkirlarning asarlarida yozib qoldirilgan. Sivilizatsiya so’zi lotincha “civilis” so’zidan olingan bo’lib, u davlatchilik, fuqarolik degan ma’nolarni bildiradi. Sivilizatsiya bu insoniyat tarixiy taraqqiyotining umumiy birligini, ya’ni moddiy, madaniy, ma’naviy rivojlanishidagi o’ziga xoslikni ifodalaydi. Eng qadimgi davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to’da” va “urug’chilik jamoasi davri”ga bo’linadi. O’z navbatida urug’chilik jamoasi ikki bosqichga: matriarxat (ona urug’i) va patriarxat (ota urug’i)ga bo’linadi. Eng qadimgi davr arxeologik jihatdan, mehnat qurollari nimadan yasalganligiga qarab, quyidagi bosqichlarga bo’linadi: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davri. Markaziy Osiyo madaniyatining o’ziga xosligi mintaqaning o’ta qulay jug’rofiy o’rnashganligi bilan bog’liq. Mintaqa Mesopotamiya, Hindiston, va Xitoy kabi uchta buyuk Sharq sivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo’lib, G’arb sivilizatsiyasiga xos beshinchi- Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday aloqalarning muqarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati Sharq va G’arb o’rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo’ldi, ya’ni iqtisodiy sohalarda eng avvalo xalqaro savdoda va madaniy sohalarda ham Markaziy Osiyo G’arb va Sharq o’rtasida bog’lovchi ko’prik vazifasini bajardi. Xususan, Markaziy Osiyo hududi orqali buddizm butun dunyoga yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko’rinishlari o’tdi, Sharqdan G’arbga va G’arbdan Sharqqa madaniy boyliklar (ilm-fan, diniy g’oya, kashfiyot, badiiy asarlar) almashib turishida Markaziy Osiyo muhim vositachi bo’lin xizmat qildi. O’zbekistonda keyingi davrlarda ko’plab tarixiy makonlar topib tadqiq qilingan.


O’zbekiston hududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg’ona vodiysidagi Selung’ur, Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo’pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo’lib ov qilish bilan shug’ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo’lib, unda tayyor bo’lgan mahsulotlarni o’zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
O’rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo’jakent, Samarqanddagi Omonqo’ton, Boysun tog’laridagi Teshiktosh kabi ko’pgina makonlardan aniqlangan bo’lib, ulardan shu davrga oid ko’pgina turli-tuman toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Obirahmat makoni yoysimon shaklda bo’lib, bu yerda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o’tkir uchli sixchalar, qirg’ichlar uchraydi, shuningdek, turli hayvonlar suyaklari ham ko’pchilikni tashkil etadi. YAna bir mashhur yodgorlik Teshiktosh g’or makoni bo’lib, bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qazib ochilgan. Qabrdagi murdaning yoniga turli tosh qurollar va arxar shoxi qadab qo’yilgan.
O’rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib, turmushida yangi unsurlar paydo bo’la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug’chilik jamoasiga o’tish boshlanadi. SHimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar o’choqlar atroflarida to’lanib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo’ldi.
So’nggi paleolit qadimgi tosh asrining so’nggi bosqichidir. Bu davrga oid makonlar Ohangarondagi Ko’lbuloq, Toshkentning g’arbidagi Bo’zsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg’ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat tog’li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutug’i urug’chilik tuzumiga (matriarxat) o’tilishidir.
Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumkinki, bu davrda ibtidoiy odamlar xo’jalik yuritishning eng oddiy yo’llaridan (terib-termachlab) murakkabroq ko’rinishlariga (ovchilik, baliqchilik) ga o’tdilar. Olov kashf etildi. Ibtidoiy turar-joylar o’zlashtirildi. Insoniyat ibtidoiy poda davridan urug’chilik tuzumiga o’tdi. Mehnat qurollari takomillashib, turlari ko’paya bordi. SHuningdek, bu davr ibtidoiy odamlari orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo’ldi.
Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g’or makonidan, Markaziy Farg’onaning ko’pgina yodgorliklaridan topib o’rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonot va o’simlik dunyosida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Insoniyat o’z tarixidagi dastlabki murakkab moslama-o’q-yoyni kashf etadi.
Mezolit davri qurollari paleolitga nisbatan ixchamligi va sifatliligi bilan farq qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo’jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib, dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.
Neolit davriga kelib, qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu davr odamlari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko’llar bo’ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib, baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Eng katta yutug’lardan biri kulolchilikning paydo bo’lishidir. SHuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlariga bo’linadi: Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati. Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan pragmatik ochiq siyosat tufayli yangi Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzi tobora ortayotgani bir qator xalqaro reyting koʻrsatkichlarida hamda nufuzli anjumanlarda eʼtirof etilmoqda.
Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etib, oʻzbek tilida nutq soʻzlagani unutilmas tarixiy voqea boʻldi. Eng muhimi, Oʻzbekiston rahbari xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan oʻz nuqtayi nazarini taqdim etdi, mamlakatimizni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Davlatimiz rahbari mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Aslida keyingi yillarda yurtimizda tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro konferensiyalar, forumlar, madaniy tadbirlar Oʻzbekistonni nafaqat Markaziy Osiyoning, balki dunyoning zamonaviy madaniy-maʼrifiy markazlaridan biriga aylanib borayotganini anglatadi. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda.
Insoniyatning ilk tamadduni bilan tengdosh boʻlgan diyorimizda miloddan keyingi davrda ikkita ulkan uygʻonish toʻlqini joʻsh urganiga tarix guvoh. Lekin, bugungi zamonaviy ilm-fan yutuqlari aynan bizning hududda kechgan buyuk renessans tufayli yuzaga kelgan kashfiyotlar asosiga qurilganini hamon dunyo ahliga bor mahobati bilan koʻrsata olganimiz yoʻq.
Qolaversa, Oʻzbekiston Buyuk ipak yoʻlidagi qulay geografik joylashuvi tufayli xalqaro savdo, madaniy, ilmiy va aql-zakovat almashinuvida muhim boʻgʻin boʻlib xizmat qilgan. Sharq va Gʻarb sivilizatsiyalari oʻrtasidagi muloqot rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan.
Afsuski, Markaziy Osiyo xalqlarining bugungi jahon taraqqiyotidagi ulushi bor koʻlami bilan hali ham toʻliq oʻrganilmagan. Ayniqsa, Oʻzbekistonimizning bebaho madaniy merosini dunyo ahli uchun deyarli ochilmagan xazina sifatida baholash mumkin.
Bu haqda gap ketganda, Prezidentimizning Parij va Samarqand shaharlarida BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti – YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan oʻtkazilgan uchrashuvlardagi xulosalarni eslash oʻrinli. Xususan, Samarqanddagi uchrashuvda xalqimizning noyob madaniy-tarixiy merosini asrash sohasida hamkorlik qilish va bu boradagi almashinuvlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratilishiga kelishilgandi. Yurtimizda boy madaniy merosni asrab-avaylash, turizm salohiyatini roʻyobga chiqarish, taʼlim va fan, atrof-muhit muhofazasi sohalarida muhim oʻzgarishlarni amalga oshirish borasidagi islohotlar ijobiy natijalar berayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgandi.
Bugungi kunda 195 ta mamlakat aʼzo boʻlgan YUNESKO tashkiloti 1945-yildan buyon taʼlim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga koʻmaklashib kelmoqda. Oʻzbekiston bilan YUNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021-yilgacha hamkorlik dasturi doirasida mamlakatimizda bir qator loyihalar amalga oshirildi.
Xivadagi «Ichan qalʼa» majmuasi, Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Shoshmaqom, Boysun madaniy makoni, Navroʻz, Katta ashula, Askiya, Palov madaniyati va anʼanasi, Xorazm lazgisi kabi meroslarimiz tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatidan joy olgan boʻlsa, Margʻilon hunarmandchilik maktabi: atlas va adras toʻqish texnologiyasi eng ilgʻor tajriba reyestridan oʻrin egalladi.
“Sharq taronalari”, baxshichilik sanʼati, hunarmandchilik va folklor sanʼati festivallari hamda Maqom sanʼati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlar YUNESKO hamkorligida tashkil etilmoqda.
Oʻzbekistonning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida “Dunyo dinlarini qiyoslama tadqiq etish”, “Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasi”, “Madaniyat turizmi” kabi YUNESKO kafedralari ochilmoqda.
Nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda 2021-yilda Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” mavzusida xalqaro forum oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Mazkur forum mintaqamiz xalqlarining dunyo tamadduniga qoʻshgan bemisl hissasi haqida keng qamrovli fikr bildirish uchun minbar vazifasini oʻtaydi.
Hech shubhasiz, bu oʻrinda asosiy ulush Oʻzbekiston tegishli. Qadim karvon yoʻllari bizning yerimizdan oʻtgan. Koʻhna shaharlarimiz va bozorlarimizda yuzlab lahjalar jaranglagan. Dunyo mamlakatlarining oʻzaro savdo va madaniy aloqalarida oʻzbek tuprogʻi koʻprik vositasini oʻtagan. Bugungi kunda ham Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining nafaqat geografik, balki madaniy-tarixiy va maʼnaviy maʼnoda yuragi hisoblanadi.
Yangi Oʻzbekistonning tashqi siyosatida “Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yoʻnalish” tamoyili izchil hayotga tatbiq etilishi mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratish, oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik asosidagi aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi. Bugungi kunda mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan diplomatik, siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda madaniy-gumanitar sohalaridagi aloqalar ham izchil rivojlanib bormoqda. “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro forumi mintaqadagi integratsion islohotlarning buguni va istiqbolini mutaxassislar tomonidan chuqur tahlil qilish va baholash uchun ham yaxshigina muhokama maydoni vazifasini bajaradi.
Shuningdek, mamlakatimizning yangi tashqi siyosatini amalga oshirishda “madaniy diplomatiya” vositalaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Oʻzaro chegaradosh davlatlar jamoatchiligi oʻrtasida “Markaziy Osiyo” deb nomlangan yagona mintaqaga daxldorlik tuygʻusini yana-da kuchaytirishga xizmat qiladi, bu ahil qoʻshnichilik va davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.
Bunday forumlar xalqaro ilmiy hamjamiyatning Markaziy Osiyo xalqlari ilmiy va intellektual merosini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirishda muhim oʻrin tutadi. Qolaversa, madaniy va tarixiy merosni tiklash va ommalashtirish boʻyicha Markaziy Osiyoda koʻrilayotgan chora-tadbirlarga jahon hamjamiyati eʼtiborini va yordamini jalb qilish hamda koʻhna Xiva va umuman Oʻzbekistonning sayyohlik brendini targʻib etishga xizmat qiladi.
YUNESKO bilan birgalikda Markaziy Osiyo boʻyicha yirik xalqaro madaniy tadbir tashkil etilishi ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan oʻzaro ishonchli aloqalarni yana-da mustahkamlab, yangi sifat bosqichiga olib chiqishida muhim omil boʻlib qoladi. Jumladan, 2021-yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” mavzusida xalqaro anjumanni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklif siyosatshunos, tarixchi, ilm-fan, madaniyat va turizm sohasi vakillarining diqqat markazida turibdi.
Qayd etib oʻtish lozimki, Davlat Rahbarining ushbu tarixiy tashabbusi ilk bor shu yilning sentyabr oyida oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi. Oʻz oʻrnida YUNESKO bosh direktori Odri Azule ushbu gʻoyaning nihoyatda dolzarbligini qayd qilib, shunday fikr bildirgandi: “mintaqaning sivilizatsiyalar chorrahasi sifatidagi tarixiy vazifasi va bugungi taraqqiyotidan kelib chiqib, Markaziy Osiyo hozirgi geosiyosiy ziddiyatlar sharoitida oʻzaro muloqot va muzokara maydoniga aylanishi mumkin”.
Shak-shubhasiz, mazkur tashabbus soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida olib borayotgan mutlaqo yangi tashqi siyosatining mantiqiy davomi sanalib, mintaqaning jahon hamjamiyatidagi oʻrnini oshirishda muhim strategik qadamlaridan biri sifatida baholash mumkin. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstona, yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash bu tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilangan.
Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligi ostida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi xalqlarni jipslashtirishga yoʻnaltirilgan yangi tashqi siyosatini amalga oshirishda madaniy va maʼrifiy-maʼnaviy sohalardagi faol hamkorliklar muhim omil hisoblanadi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish va xalqlarning farovon hayot kechirishga sharoit yaratishdir.
Taʼkidlash joizki, Markaziy Osiyo nihoyatda boy tarixga va madaniy merosga ega boʻlgan insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biridir. Mintaqaning “Buyuk ipak yoʻli”ning markazida joylashganligi, va unda yashovchi xalqlar Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi xalqaro savdo, ilmiy-fan yutuqlari va madaniyatlarining almashinuvini taʼminlovchi oʻziga xos muhim bogʻlovchi rolini amalga oshirgan. Mintaqaning beshta mamlakati - Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻz tarixi, madaniyati va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida koʻp uzviy oʻxshashliklarga ega boʻlib, tarixan yagona ilm-fan va madaniy makon sifatida shakllangan.
Shu oʻrinda, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarga asoslangan “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” mavzusida xalqaro anjumanni oʻtkazish mintaqa davlatlari aholisi oʻrtasida yakdillik ruhini kuchaytiradi va davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda yaxshi qoʻshnichilikning bardavomligini taʼminlashga gʻoyat muhim hissa qoʻshadi. Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari jahon sivilizatsiyasiga qoʻshayotgan ulkan hissalarini qayta eʼtirof etishga imkon beradi.
Qolaversa, xalqaro miqyosdagi ilm-fan vakillarining Markaziy Osiyo xalqlari boy ilmiy va madaniy meroslarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini yana-da orttiradi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning madaniy va tarixiy meroslarini qayta tiklash va ommalashtirishda xalqaro hamjamiyatning ishtirokini yana-da faollashtirishga koʻmaklashadi. Shu bilan birga mazkur xalqaro nufuzdagi tadbir mintaqamiz xalqlarining madaniy taraqqiyotiga qoʻshgan mislsiz hissasi haqida keng qamrovli fikr bildirish uchun oʻziga xos maydon vazifasini oʻtaydi.
Shu oʻrinda qayd etish lozimki, keyingi yillarda yurtimizda tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro konferensiyalar, forumlar, madaniy tadbirlar Oʻzbekistonni nafaqat Markaziy Osiyoning, balki dunyoning zamonaviy madaniy-maʼrifiy markazlaridan biriga aylanib borayotganini anglatadi.
Mazkur xalqaro forumning yana bir muhim jihati –Oʻzbekistonning qadimiy Xiva shahri turizm brendini yana-da rivojlantirishga va turistik oqimning koʻpayishiga xizmat qiladi. Shubhasiz, davlatimiz Rahbarining ushbu tashabbusini Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdagi amaliy qadamlardan biri sifatida baholash mumkin. Markaziy Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik beruvchi ko’pgina materiallar topilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni Vatanimiz nafaqat Sharq, umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda deb qayd qilgandi. (Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. -T. «Sharq», 1998. 3-bet).
Sivilizatsiya so’zi – lotincha so’z bo’lib, fuqoraviy va ijtimoiy ma’nosida jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib va takomillashtirib borish usullarning majmuidir.
Insoniyat o’z boshidan katta uch davrni: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizasiyani kechirdi. Sivilizasiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan.
Sivilizasiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog’lanmagan sivilizasiya maskanlari sifatida shakllana boshlab (Qadimgi Misr sivilizasiyasi, Qadimiy Hind sivilizasiyasi, O’rta yer dengizi sivilizasiyasi, Markaziy Оsiyo sivilizasiyasi va hakozo), bozor munosabatlari iqtisodiy hukmronlik shakillanishi davrida umumjahon sivilizasiyasiga aylandi.
Sivilizasiyaning tarixi qonli urushlar va diniy jaholatparastlikka qarshi, dunyoviy madaniyat uchun kurash tarixidir. XX asrning 2- yarimiga kelib ilg’or fan, texnika va texnologiya asosida ish ko’rib, o’zlarida demokratik, insonparvar jamiyat va huquqiy davlat qurgan mamlakatlargina haqiqiy sivilizasiya yo’liga chiqmoqdalar. Sivilizasiya inson taraqqiyotining mahsuli va ayni vaqtda uning asosidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik holati bo’lib, vaqt jihatdan 5 mln. yillik insoniyat tarixining bor-yo’g’i 0,1 foizni tashkil qiladi, ya’ni insoniyat o’zining bosib o’tgan yo’lining 99,9 foizi davomida ibtidoiy jamoa darajasida hayot kechirgan.
Mustaqil O’zbekistonning maqsadi – hozirgi zamonning insonparvar, demokratik va huquqiy davlatiga, ya’ni sivilizasiyali, ma’rifiy davlatga aylanib, xalqning
farovonligini ta’min etish hamda ilg’or mamlakatlar qatoridan joy olishdir. Buning asosi va zaruriy sharti davlatimizda ta’min etilgan tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikdir.
Tabiatshunos va jamiyatshunos olimlar inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan yuksak rivojlanishni kuzatar ekan, bu yo’lda ko’p yillar davomida izlanishlar olib borib, inson tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlarga va bosqichlarga bo’lib o’rganishni taklif qiladi.
Janubiy Qozog’iston, Tojikiston, O’zbekistonning Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq va Farg’ona vodiysidagi Selung’ur g’ori arxeologik qazishmalar natijalariga ko’ra, odamzotning O’rta Оsiyodagi ilk faoliyati ashel davriga, ya’ni bir million yilga yaqin yillarga tegishli ekanligi aniqlanmoqda. Endilikda hududimiz jahonda odamzodning ilk ajdodlari yashagan mintaqaga kiradi.
Eng qadimgi jamoa tuzimi – kishilik jamiyati tarixining boshlang’ich va tarkibiy qismidir. Bu tuzumning ilk bosqichi «ibtidoiy to’da» keyingi bosqichi esa «urug’chilik jamoasi» deb ataladi. Bu tuzumning boshlang’ich davrida odamlar toshdan, yog’ochdan va suyakdan har-xil qurollar yasab, oddiy termachilik bilan shug’ullanganlar. Bu davrda odamlarning turmush tarzi oddiy bo’lib, boy va kambag’al bo’lmagan. Ular har jihatdan tabiat ne’matlariga qaram bo’lishgan. Оdamlar g’or, ungur va chakalakzorlarda hamda qamishzorlarda yashab tunaganlar. Ularni umumiy turmush va umumiy mehnat birlashtirgan. Ibtidoiy jamoa tizimida qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti termachilik va ovchilik bo’ldi. Termachilik inson hayotida muhim vazifa bo’lib, insonlar qorin to’ydirish maqsadida nima uchrasa istemol qilgan. Bu ularning sog’ligiga ta’sir qilib manbalarda ko’rsatilishicha ilk paleolit odamlarining o’rtacha yoshi 28 dan oshmagan.
Eng qadimgi jamoa tuzumi odamlarning hayoti va ularning mashg’ulotlarining o’rganishda asosan moddiy manbalar yaqindan yordam beradi. Moddiy manbalar inson qo’li bilan yaratilgan barcha narsa kiradi. Ular asosan yer ostida topilgan mehnat va ov qurollari, odam va hayvon suyaklari, turli xil idishlar, turli xil manzilgoh qoldiqlari shular jumlasidandir. Umuman olganda tarix fanini o’rganishda moddiy va ma’naviy manbalar muhim rol o’ynaydi. Tarixni mana shu manbalar asosida o’rganadigan fan Arxeologiya deb atalib, bu esa «qadimiyat to’g’risidagi fan» demakdir. Arxeologlar moddiy manbalardan tashqari eng qadimgi odamlar suyaklarini ham topadilar. Оdamlar qiyofasi, kelib chiqishi va rivojlanishining o’rganadigan fan antropologiya – odam haqidagi fan deb ataladi. Xalqlarning urf-odatlari, xo’jalik va madaniyatni o’rganuvchi fan etnografiya, ya’ni yunoncha so’z bo’lib, «urf-odatlarni o’rganuvchi fan» shug’ullanadi.
Eng qadimgi odamlar yasagan qurollar asosan toshdan bo’lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi tosh davri deb ataladi.
Arxeologlar eng qadimgi jamoa tuzumi, uning tarixiy davrlarini quyidagicha bo’lib o’rgangan:

Download 74.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling