300
shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda
mazkur loyiha muhokama
qilindi. O’zbekiston rahbariyati respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan
shartnoma loyihasini rad etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1991 yil 12 martda bo’lgan IV
plenumida so’zlagan nutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt
qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning
ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922 yildagi shartnomaga mahkam yopishib
olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning
to’g’riligini hayot to’la isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: