£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

                                

1. 

O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati 

 

O’zbekiston mustaqil davlat  SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati 

davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi. 

1991 yil 25 avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga 

binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston 

SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar 

vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. 

Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya 

organlari , shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy 

okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi. 

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa 

muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va 

uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif 

qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi 

to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning 

navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 

1991 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat 

komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning 

SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya 

tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum 

Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, 

KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini 

chaqirib olishga qaror qildi. 

1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan 

tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 

nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni

davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz 

tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib 

chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni 

mastaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. 



 

305


Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi 

Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi : 

 «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet 

Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini 

va ozod suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali 

ravishda e’lon qiladi». 

Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat 

mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi.  

Mazkur qarorda: 

 

1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash 



bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb 

atalsin; 

2) 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb 

belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon 

qilinsin,  deb qat’iy belgilab qo’yildi. 

 

Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat 



mustaqilligi asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan 

iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy 

jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda: 

¾  O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi 

bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir; 

¾  O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat 

hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita, ham 

vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi

¾  O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy 

davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari 

tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo’linmas 

bo’lib, uning xalqi  o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib 

o’zgartirilishi mumkin emas; 

¾  Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va 

hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma’naviy 

boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, 

deb qonunlashtirilib, belgilab qo’yildi. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30 

sentyabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 

to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. 

Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari 

«O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi 

Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb 

belgilab qo’yildi. 

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. 

Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida 

yana bitta mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. 



 

306


O’zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida 

chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo’lgan voqea sodir bo’ldi.  

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling