do’stlik haqida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda o’zbek, qozoq, qirg’iz xalqlarining
orzu-niyatlari o’z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining
iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda
rivojlantirishga yo’naltirdi.
1997 yil 12 dekabr kuni Qozog’iston
Respublikasining yangi poytaxti - Ostana
shahrida Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Prezidentlarining kengashi bo’lib o’tdi.
Kengashda uch mamlakat o’rtasida energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish,
oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zahiralarini
o’zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo’yicha xalqaro konsortsiumlar tuzish to’g’risida
muzokara bo’ldi. Prezidentlar xalqaro konsortsiumlar tuzish bo’yicha uch mamlakat
hamkorligi tamoyillari kontseptsiyasini ma’qulladilar.
1998 yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo
bo’lib kirdi.
2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va
Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik
va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To’rt mamlakat
rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka
qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini
olishga qaratilgan hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy
Osiyo davlatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan
bo’lsada, ular orasida mazkur masalaga oid tegishli hujjat yo’q edi. Bunday hujjatning
imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan kelib chiqqan muhim qadam bo’ldi. To’rt
372
davlat Prezidentlari xalqaro terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda
kurash olib borishga kelishib oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |