o’zlashtirish ishlari kengayib bordi. Yangi erlarni o’zlashtirish ishlariga urug’ boshliqlari,
qismini, sug’orish inshootlari yonidagi erlarni egallaydilar. Shu tariqa katta er egaligiga
78
asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi, ular bora-bora ziroatkor aholi ustidan
xukmronlik qila boshlaydilar. O’sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan.
Dehqonlarning
shaharlarda hashamatli uylari, qishloqlarda esa qo’rg’onlari bo’lib, xizmatkor-cho’rilarga
qo’riqlovchi choparlarga ega bo’lgan.
V asrda obikor erlarning asosiy qismi hali qishloq jamoalarining qaramog’ida edi.
Qishloq jamoalarida yashab er va suvdan iborat umumiy mulkda o’ziga tegishli erlari
bo’lgan erkin ziroatchilar kashovarzlar deyilar edi. Ularning bir qismi o’ziga tegishli
erlaridan dehqonlar foydasiga mahrum bo’lib, bora-bora Kadivarlarga aylanib borganlar.
Kadivarlar dehqonlar erida ijarador bo’lib ishlashga majbur bo’ladi, dehqonlarga qaram
tabaqaga aylanib boradilar. Shu tariqa qishloq ahli uch tabaqaga bo’linadi.
¾ Eng asosiy o’zgarish – erga egalik qilish munosabatlarining
vujudga kelishi
¾ Yirik mulkdorlar – dehqon xo’jaliklari salmog’ining kuchayishi
¾ Ularga qaram – ijarador – kadivarlar tabaqasining ortib borishi
Do'stlaringiz bilan baham: