£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
So’fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning o’g’li Ubaydulla ibn Ziyod
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Said ibn
- Qutayba ibn Muslim
So’fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning
o’g’li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o’tib Poykand, Romiton erlarini egallashi, so’ngra Buxoro hukmdorini engib, o’z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qo’lga kiritishi va nihoyat, 675-676 yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo’shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni engib, katta boylik va ko’p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O’rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi.
O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Xususan, 704 yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 yilda 86 Amudaryodan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini engib shaharni qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og’ir janglar bilan fath etiladi. 710 yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o’zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug’dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko’radi. Shu orada Xorazm shohi Chag’on o’z ukasi Nurzod boshchiligidako’tarilgan xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711 yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o’ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning bojdoriga aylanadi. Chag’onning qo’shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712 yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G’urak edi. G’urak arab qo’shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo’lmaganligi sababli engiladi. Qutayba bilan G’urak (709-738) o’rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir yo’la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to’lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o’rnida berishi ko’zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o’z joyidan mahrum etiladi. Arab qo’shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab O’rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg’ona vodiysini egallaydi, ko’p o’tmay o’lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg’ol qilinadi. Shu tariqa, 10 yil davom etgan qirg’inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo’ravonlik o’tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo’l yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko’plab ibodatxonalari, muqaddas qadam jolari kunpaya-kun etildi. Ulug’ bobokalonimiz Beruniy o’zining «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta’kidlaganidek, arablar mahalliy din, san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o’ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So’ngra ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo’q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning nazarida g’ayritabiiy hol hisoblanib, ayovsiz yo’q qilindi. Bularning o’rniga arablar aholidan olingan mo’may daromadlar, to’lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlarni ularga da’vat etdilar. Yurtimiz jilovini qo’lga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulmu asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o’lponlarni joriy etdilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling