Joriy ta’mir (JT) paydo bo‘lgan buzilish va nosozliklarni bartaraf etish
hamda avtomobil va agregatlarni mukammal ta’mirgacha resurs me’yorlarini
ta’minlash uchun belgilangan. Uning xarakterli ishlari quyidagilar: ajratish,
yig‘ish, chilangarlik, nuqsonlarni aniqlash, pay- vandlash, bo‘yash, detal va
agregatlarni almashtirish. JT da bazaviy- lardan tashqari, chegaraviy holatga
yetgan detallarni almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Avtomobil joriy ta’mirlashda
mukammal yoki joriy ta’mir talab qiladigan ayrim agregatlar, mexanizmlar va
detallar almashtirilishi mumkin.
JTda ta’mirlangan agregat va mexanizmlar navbatdagi TXK-2 dan kam
bo‘lmagan yo‘lni bosguncha buzilmasdan ishlashini ta’minlashi lozim.
Murakkab tushunchalarni sifatini, xususiyatini, oqibatini aniqtashda sonli
tavsiflarni joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali,
tezlanishli (m/sek; km/soat), magnitudali va boshqa usullari qo'llaniladi. Xavflar
oqibatini baholashda “tavakkal” qo’llaniladi. Tavakkal- xavflarni son jihatidan
baholashdir. Xavflarning oqibatini sonli baholashda u yoki bu ko'ngilsiz oqibatlar
sonini muayyan davrda (chegarada, vaqtda, xududda) bo'lishi mumkin bo'lgan
songa nisbatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |