faoliyati xavfsizligini ta’minlash” ni tashkil etish va aholi muhofazasi borasida
ishlar bo’yicha barcha chora-tadbirlarni favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli
bazasida, mehnatni muhofaza qilish assotsiatsiyasi tashkiloti va uning
hududlardagi shaxobchalarida amalga oshirish nazarda tutilgan.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi haqida umumiy malumot
Bitiruv malakaviy ishida yuk ko’tarish va tashish mashinalarining
klassifikatsiyasi va asosiy vazifalarini, yuk ko’tarish mashinalarini xavfsiz
ishlatishni nazorati uchun namunaviy yo’riqnomalarini, avtomobillarninng asosiy-
texnik ekspluatatsion xususiyatlari, inson hayotidagi sodir bo’ladigan xavflar va
ularning ayrim turlarini, texnik qurilmalarda baxtsizlik ro’y berganida
jarohatlanish va unda birinchi yordam ko`rsatish yo’llarini ko’rib chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati,
bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari, tanlangan ob’ektlar va tadqiqot
usullari, bitiruv malakaviy ishdagi ilmiy yangiliklar va natijalari, bitiruv malakaviy
ishining amaliy ahamiyati, bitiruv malakaviy ishning tuzilishi haqida umumiy
malumot, 2 ta bob va ularga tegishli paragraflardan, xulosa qismi, ishda
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda internet ma’lumotlaridan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: