0 ‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog‘ ini surishtirma


Download 20.15 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi20.15 Kb.
#199621
  1   2
Bog'liq
Fonetikadan 2019DTM testi 24 ta


Fonatika

1. 0 ‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog‘ ini



surishtirma.

Ushbu gapda tarkibidagi barcha undoshlari

jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan so‘z

qanday sintaktik vazifa bajargan?

A) kesim B) undalma

C) ega D) to‘ldiruvchi

2. Qaysi gapdagi ega vazifasidagi so‘z tarkibida

ishtirok etgan undoshlarning barchasi jarangli

til undoshlari sanaladi?

A) Ilm olish oson ish emas, unga har kim

chidayvermaydi.

B) Javohir yo‘lda adashib qolgan bir cholni

ko‘rib qoldi.

C) Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga

yo‘rg‘alar.

D) Shunda botir o‘g‘lonlar yurt himoyasiga

otlanibdilar.

3. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha

undoshlari jarangli til undoshlariga mansub

bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang.

1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi;

5) jigarrang; 6) diyor.

A) 1, 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 6

C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6

4. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha

undoshlari jarangli til undoshlariga mansub

bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang.

1) yig‘in; 2) tushuncha; 3) ozg‘in; 4) g‘ildirak;

5) ezgu; 6) yog‘li.

A) 1, 3, 6 В) 1, 2, 4, 5, 6

С) 1, 3, 5, 6 D) 2, 4, 5

5. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar

birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.

1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz;

5) tonggi; 6) osmonga.

A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 6

С) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 6

6. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar

birikmasi ishtirok etmagan so‘zlarni aniqlang.

1) sening; 2) donga; 3) shtanga; 4) qonguncha;

5) yengil; 6) ko‘ngach.

A) 2, 3, 5, 6 В) 1, 3, 4, 5

C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4,

7.Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til

orqa burun undoshi qatnashgan?

A) so‘nggi, kongress, tungi

B) jarang, singil, bugungi

C) tong, shtanga, ko‘rdingiz

D) tongi, yengildi, dengiz


8. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan

bir nechta kalitga ega bo'lishdir.

Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi

qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid?

A) ravish, fe’l, ot

B) ravish, ot

C) fe’l, ot, olmosh

D) ot, olmosh

9. Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va



iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning,

balki butun jamiyatning katta boyligidir.

Ushbu gapdagi ot yasovchi qo‘shimchalar

tarkibida nechta til oldi jarangli undosh

ishtirok etgan?

A) 3 ta B) 2 ta

C) 6 ta D) 1 ta

10. Sovuqdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan cho‘pon

uzoqdan miltiqning ovozini eshitdi.

Ushbu gapda qatnashgan taqlid so‘z

tarkibidagi undoshlar haqida berilgan qaysi

ma’lumot to‘g‘ri emas?

A) Jarangsiz lab undoshi ishtirok etgan.

B) Til oldi undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan.

C) Chuqur til orqa undoshi 2 o‘rinda

ishtirok etgan.

D) Jarangli undoshlar ishtirok etgan.

11.Qaysi javobda berilgan ma’lumot to‘g‘ri

emas?


A) g‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga

jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi

qo‘shilganda asos va qo‘shimcha

talaffuzida tovush o‘zgarishi kuzatilsada,

imloda tovush o‘zgarishi bilan

yozilmaydi.

B) Ko‘rsatish olmoshlariga egalik

qo‘shimchalari qo‘shilganda talaffuz va

imloda bir undosh orttirilishini kuzatish

mumkin.


C) -a fe’l yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilishi

ta’sirida so‘z asosi imlosida bir unlining

tushib qolishini kuzatish mumkin.

D) -yap zamon shaklini hosil qiluvchi

qo‘shimcha undosh bilan tugagan fe’l

asoslariga qo‘shilganda -avap holida

talaffuz qilinadi va -avap holida yoziladi.

12. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl

yasovchi qoshimcha ta’sirida tovush

o'zgarishi bilan yozilgan so‘z yasovchi

qo‘shimcha qatnashgan?

1) Sayroqi qushlar makoni bo‘lgan bu

bog‘ endi xunuk manzara kasb etgan edi;

2) Unsin xola ko'rpaning chiroyli qavig‘iga

qarab o‘z ishidan mamnun bo‘lardi;

3) U mayda tishli taroq bilan sochini avaylab

taradi; 4) U do‘stiga qaynoq tilaklarini izhor

qilmoqchi edi; 5) Nursultonning quvnoqligi

atrofdagilarning ham kayfiyatini ko'tardi.

A) 2, 5 В) 1, 3, 5

C) 2, 3, 4 D) 2, 4

13. Quyidagi qaysi vazifani bajaruvchi

qo‘shimcha birgina til oldi jarangli undosh

bilan ifodalanishi mumkin?

A) fe’lning kelasi zamon shaklini hosil

qiluvchi qo‘shimcha

B) fe’lning harakat nomi shaklini hosil

qiluvchi qo‘shimcha

C) fe’lning birgalik nisbati shaklini hosil

qiluvchi qo‘shimcha

D) I shaxs birlikdagi egalik qo'shimchasi



14. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi

qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan

yoziladigan yasama so‘zlar qatori berilgan?

A) tirnoq, chelak, parrak

B) qiliq, istak, elak

C) so‘roq, terak, ko‘zoynak

D) bo‘yoq, ittifoq, qiziq

15. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi

qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan

yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan?

A) bilak, qovoq, chelak

B) axloq, tirnoq, pishloq

C) yurak, buyruq, kerak

D) sovuq, sana, o‘ym

16. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini

farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki

jarangsizligiga ko‘ra. ham til qismlarining

harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?

A) hayron-hayvon B) paxta-taxta

C) qadoqchi-qaroqchi D) chayla-qayla



17. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini

farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki

jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining

harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?

A) talaba-g‘alaba B) burun-butun

C) do‘ppi-lo‘ppi D) qovun-sovun



18. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning

ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar

ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham

til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir

turga mansub emas?

A) qayla-qayra B) narvon-karvon

C) quduq-quruq D) dutor-duchor

19. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini

farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli

yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining

harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?

A) tuzmoq-suzmoq B) ziyon-ziyod

C) jon-don D) g‘ildira-shildira



20. Hayotimizda kitobning ahamiyati


Download 20.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling