0 ‘qish darslarida mustaqil ishlar


Download 6.77 Kb.
Sana28.09.2023
Hajmi6.77 Kb.
#1688923
Bog'liq
0 ‘QISH DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLAR


0 ‘QISH DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLAR

Mustaqil ishm ashqning faol turi bo'lib, uni bajarish jarayonida


o'quvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o'rganadilar. Bir
vaqtning o'zida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli
maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur ham da katta ahamiyatgaega.
O'qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxm iniy
tayyorlanadi, albatta. O'quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda
topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil
ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va o'quvchilar saviyasiga
mos bo'lishi lozim. Mustaqil ish turlari h ar xil bo'lib, uni tanlashda
o'quvchilam ing tayyorgarligi, o'qiladigan m atnning xarakteri, asam i
o'rganish bosqichi hisobga olinadi.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o‘qish. 1-sinfda bu m ashqni topshirishdan oldin
ayrim so'zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o'qishni mashq
qildirish maqsadga muvofiq. O 'quv yilining ikkinchi yarm idan boshlab
ichda o'qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni
o'qish va o'z so'zi bilan gapirib berish, m atndan o'qituvchi bergan
savolga javob bo'ladigan o'rinni topish kabi topshiriqlar berilishi
mumkin.
2. O'qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu
mashq bolalami diqqat-e’tibor bilan o'qishga o'rgatadi; bu ish turidan
oz komplektli m aktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham
yordam beradi. M ashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: aw alo'quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning m azm unini o'zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g'oyasini bilib oladilar, voqeahodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishlarini tushunadilar. Bunda ,,Nega?“ , „N im a uchun?" kabi savollardan foydalaniladi. M asalan,
www.ziyouz.com kutubxonasi
4-sinf „O 'qish kitobi“dagi „Davlat“ ertagi matni ustida ishlaganda
„Ertakda Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima
uchun ?“ savoli beriladi, bu savol hikoyaning asosiy m azm unini aniqlashga ham yordam beradi. 2-sinfdan boshlab bolalar nima uchun
hikoya, she’r shunday nomlanganini aytib berishga o'rganadilar.
3. 0 ‘qilgan asar mazmunini to‘Iiq anglash, bilib olish uchun
o‘qituvchi topshirig'ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi
mumkin:
— o'qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering.
(„O m onatga xiyonat", 4-sinf)
— o'qing va nima uchun hunarsiz kishi o'limga yaqinligini tu ­
shuntirib bering. („H unarsiz kishi o'lim ga yaqin", 4-sinf) va hokazo.
Ba’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:
a) m atnning ayrim o'rinlaridan foydalanib (ko'chirm a olib) qayta
hikoyalash;
b) hikoyani bir sujet chizig'i asosida qayta hikoyalash;
d) m atnni qisqartib qayta hikoyalash;
e) m atnning shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va boshq.
4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1) o'qilgan matnga oid rasm chizish;
2) rasmga matndagi so'zlar yoki o'z so'zi bilan sarlavha qo'yish;
3) o'qituvchi tom onidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib
reja tuzish;
4) m atnni qismlarga bo'lish va har bir qismga sarlavha qo'yish va
hokazo.
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o'quvchilam ing tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil
mashqni to 'g 'ri tashkil qilish uchun material tanlashda o'qituvchiga
yordam beradi.
Download 6.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling