0 ‘quvchi m a’naviy kamolotining asosi b o ‘lgan tafakkur va
Download 29.5 Kb.
|
0 ‘quvchi m a’naviy kamolotining asosi b o ‘lgan tafakkur va faoliyatdagi mustaqilligining darajasi uy vazifalarini bajarishda ham namoyon b o ia d i. Uy vazifalari bajarilishidagi eng muhim shart unda dars va darslikdagi haqiqatlaming takrorlanmaslik ke- rakligidir. Aks holda, o ‘quv materialini ko‘r-ko‘rona eslab qolish holati yuz beradi. Uy vazifalari o ‘quvchining sinfdagi faoliyatidan shunisi bilan farq qiladiki, unda barcha topshiriqlar o ‘quvchining o ‘zi tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. T a’limning bu turidan darsda shakllangan mustaqil fikrlash faoliyatini yana-da mustah- kamlash va rivojlantirish uchun foydalanish juda muhim. Afsuski, ta’lim amaliyotida o ‘quvchilaming uy vazifalarini pedagogik jihat- dan to ‘g ‘ri tashkil etish bilan yetarli darajada shug‘ullanilmaydi. Har darsda o ‘quvchilarga uy vazifalari topshiriladi, lekin ulami qanday bajarish mumkinligi nisbatan kengroq o ‘rgatilmaydi. 0 ‘quvchi uy vazifasiga keyingi darsda o ‘qituvchi nimani so‘rashi mumkinligidan kelib chiqib yondashadi. K o‘pchilik o ‘quvchilar og‘zaki uy vazifalarini tayyorlashda berilgan matnni bir-ikki marta qayta o ‘qiydilar. B a’zilari hatto o ‘qimaydilar ham. Darslikda matn qanday berilgan b o isa , shunday qayta hikoya qila dilar. Darsga tayyorlikning oMchovi matnni qayta hikoyalashdan iborat bo‘lib qoladi. О ‘qilgan matn ustida mulohaza yuritilmay, matn mazmunini eslab qolishgagina tirishiladi. Uy vazifasini m a iu m reja asosida tayyorlash ham o ‘quvchilarning faol fikriy mustaqilligini oshiradi. Uy vazifasini tayyorlashni to ‘g ‘ri y o ig a qo‘ya bilgan o ‘quvchi undan mustaqil mulohaza talab qiladigan m ashg‘ulotlarga o ‘ziga ishongan holda qatnashadi. Uy vazifalarini m a’lum reja asosida bajarish bolalar- dan o ‘quv materialiga ongli ravishda yondashishni talab qiladi. Yaxshi tuzilgan reja o ‘quvchining faoliyatini tizimga soladi, zarur materialni ajratib olishga o ‘rgatadi, muhim jihatlam i ochishga va to‘g ‘ri xulosalar chiqarishga undaydi. 0 ‘z fikrini muayyan tizim- da bayon etishga o ‘rgatadi. Uy vazifalarini og‘zaki tarzda bajar- ishda 0‘quvchilar matn yuzasidan darslikdagi savol-topshiriqlar- ga murojaat qilmaydilar, ular bilan ishlamaydilar. 0 ‘qituvchilar ham uy vazifasini so‘rashda ko‘pda bunga e ’tibor qilmaydilar. 0 ‘quvchilardan uy vazifasini so‘rash jarayonida nafaqat ulaming olgan bilimlarini aniqlash, balki bu bilimlami kengaytirish, chuqur- lashtirish va tizimga solish bo‘yicha keyingi ishlar ham tekshirilishi kerak. Bu bilan o ‘quvchilaming mustaqil ishlashlari va o ‘qiganlari asosida mulohaza yuritishlariga keng imkoniyat yaratiladi. Har qanday yozuvchi umrbayonining davrlar b o ‘yicha o ‘z ta- rixi bor. Bu ham o ‘z navbatida muhokama yoki uy vazifasi uchun mavzu bo‘ladi va maxsus savollar ko‘magida amalga oshiriladi. Agar adibning tarjimai holidan qandaydir mustaqil qismlami ajra tib olib, uni o ‘zgacharoq tarzda shakllantirish uy vazifasi sifatida topshirilsa, 0‘quvchilar yodlab olingan siyqa iboralami qo‘llamay, material mazmuni ustida o ‘ylashga, berilgan savollar ustida mulo haza yuritishga harakat qiladilar. Bu, so‘zsiz, ulaming fikr musta- qilligini faollashtiradi. Uy vazifalarini og‘zaki so‘rashning faqat o ‘quvchi xotira siga tayanib javob berishi talab etiladigan tarzda tashkil qilinishi natijasida vazifa so‘rash o ‘qituvchi bilan bitta o ‘quvchi orasidagi alohida suhbatga aylanib qolib, sinfdagi boshqa 0‘quvchilar unda ishtirok etmaydilar. Uy vazifalarini darsda ko‘tarilgan asosiy savol muhokamasi natijasiga qarab shakllantirish o ‘quvchilami darsda o ‘rgangan bilimlarini mustaqil ravishda guruhlashga, undan muhi- mini ajratishga, o ‘qituvchining talablariga mos keladigan dalillar topishga o ‘rgata boradi. Ulaming oldida mustaqil mulohaza yuri- tishni talab qiladigan yangi savollar paydo bo‘ladi. Dalillar kelti rish uchun nafaqat faktlar izlashga, balki ulami o ‘z so‘zlari bilan yetkazishga ham harakat qiladilar. Bu holat ham ta’limiy, ham tar- biyaviy jihatidan o ‘ta muhim hisoblanadi. 0 ‘quvchilar fikrlarini o ‘z so‘zlari bilan ifodalagan joyda tafakkur faoliyati mustaqilligi tarbiyalanmasligi mumkin emas. 0 ‘rganiladigan o ‘quv materialini bilishga qiziqish uyg‘otish uchun detallami qayta ishlash bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Uy 265 vazifasi topshirilganda o ‘quvchilaming fikrini uyg‘otish, hodisa ning sabablarini aniqlash va uni tushuntirishga yo‘naltirish kerak. Bunga erishish uchun ulaming oldiga o ‘ylashga y o ‘naltiradigan: «(Asardagi biror holatni, masalan, Sandro bilan Jo‘hadzening vatanga muhabbatini yoki turk zobiti bilan bulg‘or qizning vatansuyarligi darajasini... singari), Sizning nazaringizda qanday talqin qilish mumkin?», «Nega shunday (masalan, Kumushbibining halokati) boMgani sabablari haqida o ‘ylab ko‘ring», «Shu vaziyatda (masalan, Humoyunning halokati tayin ekanini ko‘rib turganingizda) Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?» singari savol- topshiriqlar uy vazifasi sifatida berilishi maqsadga muvofiqdir. Uyga vazifani so‘rash jarayonida ham o ‘ylashga undovchi qo‘shimcha savollar qoilan m as ekan, o'quvchilarda tashabbuskorlik, onglilik, topqirlik kabi sifatlar shakllantirilmaydi, ular mustaqil fikrga ega bo‘lolmaydilar. Uy vazifasini so‘rash jarayonida o ‘quv materialini taqqoslash va umumlashtirishni talab qiladigan savollami o ‘rtaga tashlash muhim ahamiyat kasb etadi. 0 ‘quvchilar oldiga bunday savol lar qo‘yish ulaming mustaqil fikrlash va ijodkorlik imkoniyat larini kengaytiradi. 0 ‘quvchilami o ‘z mustaqil fikrini aytishga yo‘naltiradigan topshiriqlar berish oldindan m a’lum narsalami tak- rorlamaslikni, o ‘rganilganlar orasidan darsliklarda yo‘q yangilikni topishni talab qiladi. Talab qilinayotgan narsani o ‘rganilganlari orasidan mustaqil tahlillash va taqqoslash orqali topish aqlning an- chagina zo‘riqishini talab qiladi. Uy vazifasini so‘rash jarayonida ham o ‘qituvchi javobning o ‘zi bilan chegaralanib qolmasligi, is- bot talab qilishi kerak. 0 ‘qituvchilik san’ati bolalarni mulohazalar yuritish yo‘li bilan xulosaga, natijaga yetaklashdan iboratdir. Har safar, uy vazifasini so‘rashda o ‘quvchilaming oldiga taqqoslash va umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar ulaming aqli- ni zo‘riqtiradi. 0 ‘quvchilar tafakkuri ulardan o ‘rganganlarining muhimini ajratish so‘ralganda yana-da ijodiy ishlaydi. Muhim nar sa o ‘quvchilaming o ‘zlari aytganlari orasidan qidiriladi. Uy vazifalarini bajarish jarayonida yuz bergan qiyinchiliklami bartaraf qilish nafaqat o ‘ quv materialini o ‘zlashtirishdagi birtom on- lamalikni hal etishda ko‘maklashadi, balki unda o ‘quvchilaming bilimini boyitadigan yangi yo‘nalishlar ham ochiladi. Bunday uy vazifalari o ‘quvchilarda mustaqil umumlashmalami talab qiladi gan nisbatan qiyin o ‘quv topshiriqlarini bajarish va o ‘rganilayotgan hodisaga mustaqil yondashish tajribasini shakllantiradi. 266 0 ‘qituvchining uy vazifasini so‘rashda o ‘rganilgan materialni qayta tiklashga yo‘naltirilgan savollari ta ’sirida o ‘quvchilar aqliy faoliyati muayyan qolipda shakllanib qolishi mumkin. 0 ‘qituvchi savollami asar matniga tayanib, undan uzoqlashmagan holda tuzsa, o'quvchilar ham o 'z javoblarini darslikdagi tayyor javoblar usti- ga quradi. Bunday so‘rovlar o ‘quvchini o ‘quv materialini yodlab olishga, fikrlami kitob tili bilan so‘zm a-so‘z bayon etishga o ‘rgatib qo‘yishi mumkin. Agar darslarda uy vazifalarini so‘rash darsning ijodiy qismiga aylantirilsa, y a’ni o ‘quvchining hodisa tahlili va u bilan bog‘liq faktlami umumlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari, imkoniyatlari hi sobga olinsa, uy vazifasini so‘rash jarayonining samaradorligi ham sezilarli darajada ortadi. Uy vazifasini so'rash jarayonida o'quvchilar ko'pincha u yoki bu hodisani bayon qiladilar, lekin unga baho bermaydilar. Bu shundan dalolat beradiki, o'qituvchi ulardan shunday bahoni, munosabatni hech qachon talab qilmagan. Sababi, buni o'qituvchining o 'zi ham bilmaydi. O'quvchilarda vo- qea-hodisani baholash, unga o 'z munosabatini bildirish ko'nikm asi shakllantirilmagan. Uy vazifalarini so'rash paytida o'quvchiga mustaqil mulohaza yuritish talab qilinadigan savollar berilishi uning aqliy faoliyatini tezlashtiradi. Berilgan savollarga o'quvchilar yaxshi tanlangan dalillar orqali javob berishga erishsa, bunday savollar ulaming o'zlariga ham katta ijobiy ta’sir ko'rsatadi. O'quvchilarga uyda bajarish uchun beriladigan yozma ishlar- ning ko'pchiligi takrorlardan iborat bo'ladi - o'quvchilar bir-bir- laridan ko'chiradilar. K o'pchilik o'quvchilam ing boshqa yo'li ham yo'q. Ular nimani, qanday yozishni bilmaydilar. O 'quvchilar bun- ga o'rgatilmagan. Aytadigan gaping bo'lm aganida oq qog'oz bilan yuzma-yuz, yolg'iz qolishdan azobli narsa yo'q. O'quvchi bunday uni qiynaydigan vaziyatlarda uzoq qolishni istamaydi. Shuning uchun oson yo'lni - ko'chirm achilikni ixtiyor etadi. Takrorlash darslari uy vazifasini so'rashdan o'rganilgan o'quv materialini umumlashtirishning nisbatan yuqoriligi bilan farq qiladi. Bunday sharoitda o'quvchilam ing mustaqil fikrlashi- ni shakllantirish va rivojlantirish uchun o'qituvchilar savol va topshiriqlami oddiy darslardagiga nisbatan muammoliroq tarzda qo'yadi. O 'quvchilam ing javoblari va izlanishlari ham shunga yarasha bo'ladi. O'qituvchi qanchalik bilimdon, saviyasi ne qadar baland bo'lsa, tarbiyalagan o'quvchilarini ham o'zining darajasida yuqorilatib boraveradi. 267 0 ‘quvchilaming uyda ishlashlarini tashkil eta bilmaslik ham bolalaming bilim olishiga, o ‘z kamolotini ta ’minlash y o ‘lida be vosita ishtirok etishiga halaqit bermoqda. 0 ‘qituvchilaming yangi- langan pedagogik tafakkur talablariga moslashishi juda sekin kechyapti. Tarbiyalovchilar qolipga tushib qolgan o ‘qitish usul- laridan voz kecholmayaptilar. Gap shundaki, mamlakatni buyuk kelajak sari yetaklash ham, uni tubanlik q a’riga tortish ham o ‘sib kelayotgan avlodning, millatning qo‘lida. Millatning saviyasi ko‘tarilmasa, mamlakat rivojlangan davlatlar safiga chiqolmaydi. 0 ‘qituvchi ko‘tarilmasa, millat ko‘tarila olmaydi. Millatni m a’nan ham, aqlan ham ko‘taradigan o‘qituvchi b o ‘ladi. 0 ‘qituvchining shaxsi, dunyoqarashi, saviyasi, bilim darajasi, millat va mamlakat- ning taqdirini belgilaydi. T a’lim-tarbiya jarayonida o ‘quvchilaming uy ishlarini to ‘g ‘ri tashkil etish o ‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri. T a’limda o ‘quvchilaming uy vazifalarini pedagogik jihatdan to ‘g ‘ri tashkil etish yo‘llari bilan ilmda ham, amaliyotda ham ye tarli darajada shug‘ullanilmayapti. Uy vazifalarini tashkil etishning pedagogik, psixologik va ilmiy-metodik asoslari ishlanmagan. Shu bois pedagogik y o ‘nalishdagi oliy o ‘quv yurtlari ta ’limida ham uy vazifalarini tashkil etish borasida talabalarga yetarli darajada bilim berilmaydi. 0 ‘qituvchilar uchun bu borada ilmiy asoslangan na- zariy-metodik, amaliy tavsiyalar yo‘q. T a’lim amaliyotida o ‘quvchiga bo‘lgan talabchanlik bolani ka- molot sari yetaklashning qat’iy mezonlari asosida uni o ‘z-o‘zini rivojlantirishga undashi kerak. Bolani tarbiyalash, o ‘qitish emas, uni kattalar ko‘magida o ‘zini o ‘zi tarbiyalaydigan, bilimlami o ‘zi izlanib o ‘zlashtiradigan vaziyatga solish lozim. 0 ‘quvchilariga im kon qadar ko‘p va chuqur bilim bera oladigan o ‘qituvchi yaxshi o ‘qituvchi emas. Istiqlol davri milliy tarbiyashunosligida sinfdagi har bir o ‘quvchini o ‘z-o‘zini tarbiyalashi va bilimlami o ‘zlashtirishi y o iid a faol, tinimsiz ishlata oladigan, ulami mustaqil fikr sohibi b o iish in i ta’minlaydigan, o ‘quvchi shaxsida o ‘z qarashlarini asos- lay oladigan hamda himoya qila biladigan, o ‘mi kelganda g ‘oyalari uchun kurashishga qodir insonni tarbiyalashni biladigan ustoz yax shi o ‘qituvchi hisoblanadi. Bilimlami o ‘zlashtirishda bolalar mehnatiga, bu yo‘lda ular ning erkinligiga e ’tibor qilmaslik maktab va o ‘qituvchining eng katta xatosi hisoblanadi. 0 ‘quvchini mehnat qilishga majbur etish, 268 unga mehnat qilib bilim olishdan zavq olish mumkinligini, mehnat- ning ehtiyojga aylanishi uni har qanday qaramlikdan qutqarishini anglatish tarbiyashunoslik maqsadining asosidir. Adabiyot darslari jarayonida 0‘quvchilar mehnati haqida qayg‘urganda uning qaysi turi besamar ketmasligi, qay yoshdagi bola qanday qiyinchiliklarni yengib o ‘ta olishi mumkinligini, mehnatning qanaqasi oson-u qaysi biri azobli ekanini aniqlab olmoq o ‘qituvchining asosiy vazifalari- dan biridir. Shu m a’noda, 0‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylab beril gan uy vazifalari kattagina ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. 0 ‘quvchining ichki qiziqishlarini qondirishni k o ‘zlab beril gan uy vazifalari uning darsda olgan bilimlari, ko‘nikma, malaka va m a’naviy sifatlarini mustahkamlash, rivojlantirish, takomillashti- rishga yordam beradi. Bilimlarning sifatini oshirishga asos bo‘ladi. To‘g ‘ri berilgan uy vazifalari o ‘sib kelayotgan avlodni bilim olish jarayonida imkon qadar mustaqil ishlashga, erkin faoliyatga, bili mini chuqurlashtirishga o ‘rgatadi. Bundan tashqari, pedagogik, psixologik va ilmiy-metodik asoslarga tayanib berilgan uy vazifalari o ‘quvchilar shaxsiyatida ziyraklik va erkinlik tarkib topishiga ko'maklashadi. Ularda aniq- lik va batartiblik, mehnatsevarlik, qat’iyatni rivojlantirishga asos bo‘ladi. 0 ‘quvchining o ‘z xatti-harakatlarida aniqlikka erishishiga ko‘maklashadi. Faoliyatida duch kelgan qiyinchiliklarni yengib o ‘ta olish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish hamda o ‘z xatti-hara- katini nazorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi. Uy vazifalari ulami to ‘g ‘ri tashkil qila bilgandagina o‘quvchilaming m a’naviy shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aks holda ular salbiy natijalami ham keltirib chiqaradi. Agar uy vazifalari o ‘quvchilarga metodik jihati- dan puxta o ‘ylanmay berilsa, ular o ‘quvchilarni qalbakilikka, top shiriqlami yuzaki bajarishga o'rgatadi, o ‘qishga va o ‘quvchining shakllanishiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Ulami yolg‘onga o ‘rgatadi, bola uchun ortiqcha, samarasiz mehnat bo'ladi. Uy vazifalari o'quvchilam ing ruhan rivojlanishi va o'qishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatishi uchun ulaming qat’iy m e’yorini belgilash, uyda ishlash uchun topshiriqlar berishni va ulami nazorat qilishni metodik ji- hatidan oqilona tashkil qila bilish lozim. Ko'pchilik o'qituvchilar o'quvchilam ing shaxsi, tabiati, intellektual imkoniyatlari, oilaviy sharoitiga e ’tibor bermaydilar, ulaming mustaqil mehnatini tash kil qilish metodikasidan bexabarlar va beriladigan uy vazifalarini 269 yoki haddan oshirib yuboradilar yoki juda jo ‘nlashtirib qo‘yadilar. Buning natijasida o ‘quvchilar noto‘g ‘ri ishlaydilar. B a’zida uyga sinfda ishlanmagan, 0 ‘qituvchi tomonidan ifodali o ‘qilmagan ba diiy matnlar yodlashga topshiriladi. 0 ‘tilmagan mavzularda refe- ratlar yozish talab qilinadi. Bunday topshiriqlar berila turib hatto ularni yozishda foydala nish mumkin bo‘lgan manbalar ham ko‘rsatilmaydi. G o ‘yo bu bi lan ustozlar o ‘quvchilarini o ‘z o ‘quv fanlari bo'yicha ko‘proq ish- lashga majbur qiladiganday b oiad ilar. Ko‘pincha o ‘qilgan asarlar yuzasidan uyga beriladigan vazifalar bir-biridan farq qilmaydi va ular o ‘quvchilaming uy vazifalarini bajarishga bo‘lgan qiziqishla- rini so‘ndiradi. Uyga topshiriq berishdan oldin, uning uchun asosiy bo'lgan didaktik talablar ishlab chiqilishi kerak. Har bir topshiriq o ‘quvchi uchun tushunarli va uning mustaqil ravishda bajarish im- koniyatlari doirasida bo‘lishiga harakat qilinishi lozim. Uy vazi falarini bajarishga o ‘quvchi sinfda o ‘qituvchi tomonidan alohida tayyorlanadi, manbalar k o ‘rsatiladi, lozim bo‘lganda ishlash uchun yo‘nalish beriladi. Sinfda uy vazifasini olgan o ‘quvchining topshiriqni bajarishga qiziqishi va ehtiyoji, uni mustaqil ravishda bajarish y o ‘llari haqida tushunchaga ega b o iish i lozim. Bugungi maktab amaliyotida uy vazifalari sinfdagi 0 ‘quv- chilaming ko‘pchiligiga moslashtirilgan holda, umumiy tarzda beriladi. Uyga topshiriqlar berishda o ‘quvchilarga xos bo ‘lgan xususiy jihatlar, alohida o ‘quvchilaming ishlash imkoniyatlari inobatga olinmaydi. Bu o ‘z-o‘zidan uy vazifasini bajarishda salbiy natija beradi. 0 ‘qituvchi tomonidan bir soatga m o‘ljallab berilgan uy vazifasini o ‘quvchilaming ayrimlari 30 - 40 daqiqada, b a’zilari bir soatda, bir qismi esa 1,5 soatda bajaradi. Bugungi o ‘qituvchi o ‘quvchilaming individual xususiyatlari - kimning tez ishlashi-yu kimning sekin ishlashi, birovning o ‘ta shiddatli fikrlashi-yu qay bir o ‘quvchi tafakkuri jarayonining sustroq ekanini inobatga olmaydi. Uy vazifasini tekshirish asnosida uning qanday bajarilganiga - ishning puxtaligi, mavzuning anglanganlik darajasiga e ’tibor qilmaydi. Bajarilgan ishning saviyasi, mohiyatiga kirib o ‘tirmaydi. «B ajarildim i-bajarildi»qabilidaish tutadi. Aslida uyga beriladigan topshiriqlami ham, sinfda bajariladigan ishlami ham har bir o ‘quvchining individual xususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini inobatga olgan holda tashkil etish lozim. Toki, birining qobiliyati o'rtachalarning qurboni bo‘lmasin, ikkinchisining qo‘lidan kelmaydigan ishni bajarolmay g ‘ururi, sha’ni yaralanmasin. Mammaga bir xil vazifa berib, uning bajarilishini barchadan birday talab qilish, uni bajara olmagan o ‘quvchilami «ikki»lar bilan jazolash bugungi milliy pedagogikaning maqsadiga to ‘g ‘ri kelmaydi. 0 ‘qituvchining shaxsiy tajribasi, o ‘quvchilarga ziyraklik va e ’tibor bilan munosabatda bo lishi, o ‘z ishiga ijodiy yondashuvi, shu bilan birga, boshqa o ‘quv fanlari bo‘yicha uyga berilgan vazi- falar hajmini kuzatib borishi unga o ‘z o ‘quv fani bo‘yicha uy ish- larini to‘g ‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Odatda maktabda uy vazifalari shoshilib, ko‘pincha qo‘ng‘iroqdan keyin beriladi. Uy vazifasini fikri tarqalganda, shovqin ichida, tanaffus boshlanganda olgan o ‘quvchilaming ko‘pchiligi nafaqat uni qanday bajarishni bilmaydi, balki b a’zida uyga nima berilganini to ‘liq tasavvur ham qilolmaydilar. Bu hoi uy vazifalarining qoniqarsiz bajarilishiga olib keladi yoki talab qilingan ish u yoqda qolib, butunlay boshqa- cha bajariladi yoxud ko‘chiriladi. Uy vazifalari barcha 0‘quvchilar diqqati bir joyga jamlangan- da berilishi maqsadga muvofiq. Berilayotgan uy ishlari 0‘qituvchi tomonidan aniq shakllantiriladi, darstaxtaga qisqa tarzda yoziladi. Uy vazifalarining kundalikka yoki daftarga yozdirilsa, uni ba- jarishda chalkashliklarga y o ‘l qo‘yilmaydi. Uy vazifasi, asosan, sinfda o ‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi va o ‘tilgan mavzu barcha 0 ‘quvchilar tomonidan yetarli darajada o ‘zlashtirilgandan so‘ng beriladi. Uy ishlarida sinfda o ‘tilgan mavzu mutlaqo takrorlanmay- di. Uy vazifalari darsning boshida, o ‘rtasida, oxirida ham berilishi mumkin. Faqat o'quvchilam ing diqqati chalg‘imasdan avval be- rilsa, bas. 0 ‘quvchilami uy vazifalarini bajarish ishlarini rejalashtirib olishga o ‘rgatish ham ulaming tafakkur va faoliyat mustaqilligini ta’minlashda o ‘ziga yarasha ahamiyat kasb etadi. 0 ‘qituvchilar nazarida bu m a’lum darajada murakkab fikriy faoliyat bo‘lgani uchun ham o ‘quvchilarga nisbatan sodda reja tuzishni taklif qiladilar. Hatto, shuning o‘zi ham ulami o ‘zgalaming tayyor likrlarini takrorlashdan chekintiradi, mustaqil ravishda fikr aytishga vo'naltiradi.U y vazifalarini m a’lum reja asosida bajarish o ‘quvchini o'quv materialiga ongli va tizimli ravishda yondashishga o ‘rgatadi. 271 Yaxshi tuzilgan reja o ‘quvchining faoliyatini tartibga soladi, zarur materialni ajratib olishga o ‘rgatadi, muhim jihatlam i ochishga va to ‘g ‘ri xulosalar chiqarishga undaydi. 0 ‘z fikrini muayyan tizimda bayon etishga y o ‘naltiradi. Uy vazifasini m a’lum reja asosida tayyorlash o ‘quvchining aqliy faolligini ham oshiradi. U mustaqil mulohaza talab qiladigan muhokamalarga o ‘ziga ishongan holda faol kirishadi. 0 ‘quvchining darsda, uyda, sinfdan va maktabdan tashqari har bir ishni reja aso sida bajarishi uning vaqtini tejaydi, fikrlari va faoliyatini tartibga soladi. M a’lumki, har bir o ‘quvchining kundalik uy vazifasini bajarishda o ‘z uslubi b o ‘ladi: ayrimlar avval qiyin darslami ba- jaradi, keyin nisbatan osonlariga kirishadi. B a’zilar buning aksini qilishadi. Shu tarzda o ‘quvchilar faoliyatida oson va qiyin vazifalar o ‘rin almashib turadi. 0 ‘quvchi m a’lum tajriba orttirgandan so‘ng ba’zi ishlarga sarflanadigan vaqtni ham avvaldan belgilab oladigan bo‘ladi. Boshida rejalashtirish m a’lum aqliy zo‘riqish va vaqtni ta lab qiladi. Asta-sekin bu ishga kam vaqt sarflana borib, u vazifani bajarish jarayoni bilan uyg‘unlashib ketadi. Reja bilan ishlashga o ‘rgatishdan maqsad o ‘quvchini topshiriq- ni yaxshiroq bajarish, vaqtdan unumli foydalanishga o ‘rgatish va ishida tartib bo‘lishiga erishishdan iborat. Mana shu jihatlar - ishni rejalashtirish tamoyili o ‘quvchining «men»iga, tabiatiga singishi- ga, bu yumush bolaning maktab hayotidagi asosiy ishlaridan biri bo‘lishiga erishish kerakligini taqozo etadi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, adabiyot o ‘qituvchilarining ko‘pchiligi hali o ‘quvchilarga dars maqsadi va rejasini bayon etishga odatlanganlaricha yo‘q. 0 ‘rganiladigan mavzu rejasining darsda o ‘qituvchi tomonidan bayon etilishi o ‘quvchi diqqatini mav- zuning muhim o ‘rinlariga tortadi, unda mana shu muhim narsani o ‘zlashtirib olishga ehtiyoj uyg‘otadi. Shu tariqa tashkil etilgan darsda o ‘qituvchi javob beradigan o ‘quvchini ham berilajak ja- vobini rejalashtirib olishga, undagi muhim jihatlar va xulosalami ajrata bilishga yo‘naltiradi. Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling