Bajardi: Ro'ziqulova H. Tekshirdi: Pardayeva G
Download 1.33 Mb.
|
idrok
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biz fazoni qanday idrok qilamiz
Bajardi: Ro'ziqulova H. Tekshirdi: Pardayeva GIdrokda obekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani turlicha idrok qiladilar, bunga sabab nima? Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma’lumotlari, turmush tajribalari, kasblari, sinfiy chiqishlari, temperament, xarakter, qobiliyat va qiziqishlarida ko'rinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab, har xil idrok qiladilar Biz fazoni qanday idrok qilamiz?Fazoni biz uning hamma uch o'lchovida ko'rish, teri sezgilari va muskul-harakat organlari yordami bilan idrok qilamiz. Fazo munosabatlarini, narsalarning shaklini, narsalarning hajmi va katta-kichikligini biz asosan ko'z bilan ko'rib idrok qilamizFazoni biz uning hamma uch o'lchovida ko'rish, teri sezgilari va muskul-harakat organlari yordami bilan idrok qilamiz. Fazo munosabatlarini, narsalarning shaklini, narsalarning hajmi va katta-kichikligini biz asosan ko'z bilan ko'rib idrok qilamizFazoni bir ko'zimiz bilan hamda ikki ko’zimiz bilan idrok qilishimiz nima deb ataladi? Fazoni biz bir ko'zimiz bilan ham ko'rib, ya’ni monokulyar, ikki ko'zimiz bilan ham ko'rib, ya’ni binokulyar idrok qilamiz. Vaqtni tez yoki sekin o'tayotgandek sezishimizga sabab nima? Vaqt bizga «sekin o'tayotgandek» yoki «tez o'tayotgandek» tuyuladi. Buning sababi shunda ekanki, har birining davomi ob’yektiv suratda bir xilda bo'lgan vaqt bolagini, ya’ni soat, daqiqa, soniya va hokazoni hamisha bir xilda sezavermas ekanmiz. Ba’zan biz «bir soat bir yilga o'xshab ketdi», ba’zan esa «uch soat ko'z ochib yumguncha o'tib ketadi», «bir kun bir daqiqaday o'tib ketdi» deb gapiramiz. Vaqtni tez yoki sekin o'tayotgandek sezishimiz shu paytda siz kechirayotgan psixik jarayonlarga bog'liq bo'ladi. Yaqqol voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a'zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta'sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi necha xil ko’rinishga ega? 3 xil ko’rinishga ega: a) yo’q narsalarning ko’zga ko’rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi; v) yo’q sharpalar, hidlar sezilishi Attraksiya frans. attraction"-o’ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma'nosini beradi Attraksiya insonni (o’zi bilan o’zga o’rtasidagi munosabatda namoyon bo’lib,) o’ziga mahliyo qilish, qalbni "jiz" ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko’rinish (yasnovidenie) deb atalib, voqelik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko’rish, yaqqol g’oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyusinasiya (lotincha alahlash, bosinqirash, valdirlash, ya'ni yo’q narsalarning ko’rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha "illusio“ xato, adashish, yanglishish degan ma'noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction"-o’ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma'nosini beradi), yaqqol ko’rinish (ruscha "yasnovidenie"-yaqqol oldindan ko’rish, yaqqol g’oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalar orqali nomlanadi. Illyuziya hissiy a'zolarimizga bevosita ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning noto’qri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayondir. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling