20. Mavzu: Idrok xususiyatlari va turlari Glossariy Appersepsiya


Download 55.7 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi55.7 Kb.
#1203739
Bog'liq
20 idrok glossarihy


20. Mavzu: Idrok xususiyatlari va turlari
Glossariy
Appersepsiya.
Idrok obrazlari ularni vujudga keltiruvchi ob'yektlar va shaxsning o'zida bo'lgan bir qancha omillar bilan taqozo etiladi. Kishi psixik hayoti va shaxsiy xususiyatlarining idrokka ta'siri va unda aks etuvchi mazmunini appersepsiya deydilar. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma'lumotlari, turmush tajribalari, kasblar, sinfiy chiqishlaoi jihatidan turlicha idrok qiladilar. Kishinipg qaysi soxaga doir bilim va tajribasi qanchalik boy bo'lsa, uning shu soxadagi idroki xam to'liq chuqur va sermazmun bo'ladi.


Idrokning konstantligi.
Idrok qilinadigan ob'yektlar idrok qiluvchiga nisbatan ko'p xil sharoitlarga ega. Ularning turgan joyi, masofasi,fazodagi holati, yoritilganlik darajasi cheksiz har xil bo'ladi.Lekin predmetlarni shakli, xajmi va rang jixatiga nisbatan doimiylikda idrok qilamiz. Narsa-hodisalarni idrok qilish sharoiti o'zgarsayu, ulardan hosil bo'lgan obrazlarning o'z holicha saqlanib qolishi idrokning konstantligi deyiladi. Ko'rish idroklarida masofa, rang shakl, hajm konstantliklari ro'y beradi. Masalan; qalamni 20 sm va 1 m masofadan idrok qilish, doskani 1 m va 10 m, masofadaya idrok qilish, oq kog'oz yoki oq bo'rni quyoshda, xona ichida, karidorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko'z ro'parasiga tushgan suratiga aynan muvofiq ko'rmaydi, balki ular haqiqatdan mavjud bo'lsa shunday ko'radi. Bu kishining tajribasi, amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladin.


Illyuziya va gallyusinasiya
Bazi hollarda narsalar noto'g'ri idrok qilinadi. Narsalarni ana shunday noto'g'ri idrok qilishni sellyuziya deyiladi. Masalan: Aristotel illyuziyasida. Sergeley aynan bir xil bo'lgan 1 kg tarozi toshi 1 kg og'irrok idrok qilinadi. Sellyuziya hodisasi ayniqsa geometrik figuralarni idrok qilishda ko'p uchraydi: Idrok qilib turgaya shaxs psixikasida ro'y beradigan o'zgarishlar ham illyuziya hodisasini paydo qilishi mumkin. Masalan: o'rmondagi to'nkani biror yirtqich hayvon deb idrok qilish. Sellyuziyalar hosil bo'lishining sabablari bor. Chunonchi Aristotel illyuziyasida hajmi katta narsaga ko'proq o'rganib qolgan. Geometrik figuralarda qo'shimcha chiziqlar tatsir etadi. Ko'ruv illyuziyalari amaliy ishlarda katta ahamiyatga ega. Chunonchi harbiy ishlarda texnika joyni niqoblash shunga asoslanadi. Sellyuziyadan gallyusinasiyani farqlash lozim. Gallyusinasiya yo'q narsalarni idrok qilishdir. Masalan: yo'q narsalarni ko'rish, yo'q tovushlarni eshitish kabi.


Idrokning klassifikasiyasi.
Ma'lumki, idrok sezgi organlari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi organi ishtirok etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o'rinda turadi. Masalan: suratni idrok qilishda ko'rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi bosh o'rinda turadi. Idrok jarayoni qaysi sezgi organining yetakchilik o'ynashiga qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: ko'rish idroki, eshitish idroki, hid idroki, ta'm idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo'lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan: kinofilmni idrok qilishda kurish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar bir-biriga bog'liq. Ular muayyan makonda, ma'lum vaqtda sodir bo'ladilar. Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda, shakl, hajm va boshqa xossalarga egadirlar. Idrokni klassifikasiya qilishda materiyaning yashash formalari, fazo,vaqt, harakat asos qilib olinadi. Shunga ko'ra idrokning quyidagi turlarga ajratiladi:
.


1. Idrokning murakkabligi. Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi.
Download 55.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling