0 ‘quvchi m a’naviy kamolotining asosi b o ‘lgan tafakkur va


Download 29.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi29.5 Kb.
#1416474

0 ‘quvchi m a’naviy kamolotining asosi b o ‘lgan tafakkur va 
faoliyatdagi mustaqilligining darajasi uy vazifalarini bajarishda 
ham namoyon b o ia d i. Uy vazifalari bajarilishidagi eng muhim 
shart unda dars va darslikdagi haqiqatlaming takrorlanmaslik ke- 
rakligidir. Aks holda, o ‘quv materialini ko‘r-ko‘rona eslab qolish 
holati yuz beradi. Uy vazifalari o ‘quvchining sinfdagi faoliyatidan 
shunisi bilan farq qiladiki, unda barcha topshiriqlar o ‘quvchining 
o ‘zi tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. T a’limning bu turidan 
darsda shakllangan mustaqil fikrlash faoliyatini yana-da mustah- 
kamlash va rivojlantirish uchun foydalanish juda muhim. Afsuski, 
ta’lim amaliyotida o ‘quvchilaming uy vazifalarini pedagogik jihat- 
dan to ‘g ‘ri tashkil etish bilan yetarli darajada shug‘ullanilmaydi. 
Har darsda o ‘quvchilarga uy vazifalari topshiriladi, lekin ulami 
qanday bajarish mumkinligi nisbatan kengroq o ‘rgatilmaydi.
0 ‘quvchi uy vazifasiga keyingi darsda o ‘qituvchi nimani 
so‘rashi mumkinligidan kelib chiqib yondashadi. K o‘pchilik 
o ‘quvchilar og‘zaki uy vazifalarini tayyorlashda berilgan matnni 
bir-ikki marta qayta o ‘qiydilar. B a’zilari hatto o ‘qimaydilar ham. 
Darslikda matn qanday berilgan b o isa , shunday qayta hikoya qila­
dilar. Darsga tayyorlikning oMchovi matnni qayta hikoyalashdan 
iborat bo‘lib qoladi. О ‘qilgan matn ustida mulohaza yuritilmay, 
matn mazmunini eslab qolishgagina tirishiladi.
Uy vazifasini m a iu m reja asosida tayyorlash ham 
o ‘quvchilarning faol fikriy mustaqilligini oshiradi. Uy vazifasini 
tayyorlashni to ‘g ‘ri y o ig a qo‘ya bilgan o ‘quvchi undan mustaqil 
mulohaza talab qiladigan m ashg‘ulotlarga o ‘ziga ishongan holda

qatnashadi. Uy vazifalarini m a’lum reja asosida bajarish bolalar- 


dan o ‘quv materialiga ongli ravishda yondashishni talab qiladi. 
Yaxshi tuzilgan reja o ‘quvchining faoliyatini tizimga soladi, zarur 
materialni ajratib olishga o ‘rgatadi, muhim jihatlam i ochishga va 
to‘g ‘ri xulosalar chiqarishga undaydi. 0 ‘z fikrini muayyan tizim- 
da bayon etishga o ‘rgatadi. Uy vazifalarini og‘zaki tarzda bajar- 
ishda 
0‘quvchilar matn yuzasidan darslikdagi savol-topshiriqlar- 
ga murojaat qilmaydilar, ular bilan ishlamaydilar. 0 ‘qituvchilar 
ham uy vazifasini so‘rashda ko‘pda bunga e ’tibor qilmaydilar. 
0 ‘quvchilardan uy vazifasini so‘rash jarayonida nafaqat ulaming 
olgan bilimlarini aniqlash, balki bu bilimlami kengaytirish, chuqur- 
lashtirish va tizimga solish bo‘yicha keyingi ishlar ham tekshirilishi 
kerak. Bu bilan o ‘quvchilaming mustaqil ishlashlari va o ‘qiganlari 
asosida mulohaza yuritishlariga keng imkoniyat yaratiladi.
Har qanday yozuvchi umrbayonining davrlar b o ‘yicha o ‘z ta- 
rixi bor. Bu ham o ‘z navbatida muhokama yoki uy vazifasi uchun 
mavzu bo‘ladi va maxsus savollar ko‘magida amalga oshiriladi. 
Agar adibning tarjimai holidan qandaydir mustaqil qismlami ajra­
tib olib, uni o ‘zgacharoq tarzda shakllantirish uy vazifasi sifatida 
topshirilsa, 
0‘quvchilar yodlab olingan siyqa iboralami qo‘llamay, 
material mazmuni ustida o ‘ylashga, berilgan savollar ustida mulo­
haza yuritishga harakat qiladilar. Bu, so‘zsiz, ulaming fikr musta- 
qilligini faollashtiradi.
Uy vazifalarini og‘zaki so‘rashning faqat o ‘quvchi xotira­
siga tayanib javob berishi talab etiladigan tarzda tashkil qilinishi 
natijasida vazifa so‘rash o ‘qituvchi bilan bitta o ‘quvchi orasidagi 
alohida suhbatga aylanib qolib, sinfdagi boshqa 
0‘quvchilar unda 
ishtirok etmaydilar. Uy vazifalarini darsda ko‘tarilgan asosiy savol 
muhokamasi natijasiga qarab shakllantirish o ‘quvchilami darsda 
o ‘rgangan bilimlarini mustaqil ravishda guruhlashga, undan muhi- 
mini ajratishga, o ‘qituvchining talablariga mos keladigan dalillar 
topishga o ‘rgata boradi. Ulaming oldida mustaqil mulohaza yuri- 
tishni talab qiladigan yangi savollar paydo bo‘ladi. Dalillar kelti­
rish uchun nafaqat faktlar izlashga, balki ulami o ‘z so‘zlari bilan 
yetkazishga ham harakat qiladilar. Bu holat ham ta’limiy, ham tar- 
biyaviy jihatidan o ‘ta muhim hisoblanadi. 0 ‘quvchilar fikrlarini 
o ‘z so‘zlari bilan ifodalagan joyda tafakkur faoliyati mustaqilligi 
tarbiyalanmasligi mumkin emas.
0 ‘rganiladigan o ‘quv materialini bilishga qiziqish uyg‘otish 
uchun detallami qayta ishlash bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Uy
265

vazifasi topshirilganda o ‘quvchilaming fikrini uyg‘otish, hodisa­


ning sabablarini aniqlash va uni tushuntirishga yo‘naltirish kerak. 
Bunga erishish uchun ulaming oldiga o ‘ylashga y o ‘naltiradigan: 
«(Asardagi biror holatni, masalan, Sandro bilan Jo‘hadzening 
vatanga muhabbatini yoki turk zobiti bilan bulg‘or qizning 
vatansuyarligi darajasini... singari), Sizning nazaringizda qanday 
talqin qilish mumkin?», «Nega shunday (masalan, Kumushbibining 
halokati) boMgani sabablari haqida o ‘ylab ko‘ring», «Shu 
vaziyatda (masalan, Humoyunning halokati tayin ekanini ko‘rib 
turganingizda) Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?» singari savol- 
topshiriqlar uy vazifasi sifatida berilishi maqsadga muvofiqdir. Uyga 
vazifani so‘rash jarayonida ham o ‘ylashga undovchi qo‘shimcha 
savollar qoilan m as ekan, o'quvchilarda tashabbuskorlik, onglilik, 
topqirlik kabi sifatlar shakllantirilmaydi, ular mustaqil fikrga ega 
bo‘lolmaydilar.
Uy vazifasini so‘rash jarayonida o ‘quv materialini taqqoslash 
va umumlashtirishni talab qiladigan savollami o ‘rtaga tashlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. 0 ‘quvchilar oldiga bunday savol­
lar qo‘yish ulaming mustaqil fikrlash va ijodkorlik imkoniyat­
larini kengaytiradi. 0 ‘quvchilami o ‘z mustaqil fikrini aytishga 
yo‘naltiradigan topshiriqlar berish oldindan m a’lum narsalami tak- 
rorlamaslikni, o ‘rganilganlar orasidan darsliklarda yo‘q yangilikni 
topishni talab qiladi. Talab qilinayotgan narsani o ‘rganilganlari 
orasidan mustaqil tahlillash va taqqoslash orqali topish aqlning an- 
chagina zo‘riqishini talab qiladi. Uy vazifasini so‘rash jarayonida 
ham o ‘qituvchi javobning o ‘zi bilan chegaralanib qolmasligi, is- 
bot talab qilishi kerak. 0 ‘qituvchilik san’ati bolalarni mulohazalar 
yuritish yo‘li bilan xulosaga, natijaga yetaklashdan iboratdir. Har 
safar, uy vazifasini so‘rashda o ‘quvchilaming oldiga taqqoslash va 
umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar ulaming aqli- 
ni zo‘riqtiradi. 0 ‘quvchilar tafakkuri ulardan o ‘rganganlarining 
muhimini ajratish so‘ralganda yana-da ijodiy ishlaydi. Muhim nar­
sa o ‘quvchilaming o ‘zlari aytganlari orasidan qidiriladi.
Uy vazifalarini bajarish jarayonida yuz bergan qiyinchiliklami 
bartaraf qilish nafaqat o ‘ quv materialini o ‘zlashtirishdagi birtom on- 
lamalikni hal etishda ko‘maklashadi, balki unda o ‘quvchilaming 
bilimini boyitadigan yangi yo‘nalishlar ham ochiladi. Bunday uy 
vazifalari o ‘quvchilarda mustaqil umumlashmalami talab qiladi­
gan nisbatan qiyin o ‘quv topshiriqlarini bajarish va o ‘rganilayotgan 
hodisaga mustaqil yondashish tajribasini shakllantiradi.
266

0 ‘qituvchining uy vazifasini so‘rashda o ‘rganilgan materialni 


qayta tiklashga yo‘naltirilgan savollari ta ’sirida o ‘quvchilar aqliy 
faoliyati muayyan qolipda shakllanib qolishi mumkin. 0 ‘qituvchi 
savollami asar matniga tayanib, undan uzoqlashmagan holda tuzsa, 
o'quvchilar ham o 'z javoblarini darslikdagi tayyor javoblar usti- 
ga quradi. Bunday so‘rovlar o ‘quvchini o ‘quv materialini yodlab 
olishga, fikrlami kitob tili bilan so‘zm a-so‘z bayon etishga o ‘rgatib 
qo‘yishi mumkin.
Agar darslarda uy vazifalarini so‘rash darsning ijodiy qismiga 
aylantirilsa, y a’ni o ‘quvchining hodisa tahlili va u bilan bog‘liq 
faktlami umumlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari, imkoniyatlari hi­
sobga olinsa, uy vazifasini so‘rash jarayonining samaradorligi 
ham sezilarli darajada ortadi. Uy vazifasini so'rash jarayonida 
o'quvchilar ko'pincha u yoki bu hodisani bayon qiladilar, lekin 
unga baho bermaydilar. Bu shundan dalolat beradiki, o'qituvchi 
ulardan shunday bahoni, munosabatni hech qachon talab qilmagan. 
Sababi, buni o'qituvchining o 'zi ham bilmaydi. O'quvchilarda vo- 
qea-hodisani baholash, unga o 'z munosabatini bildirish ko'nikm asi 
shakllantirilmagan. Uy vazifalarini so'rash paytida o'quvchiga 
mustaqil mulohaza yuritish talab qilinadigan savollar berilishi 
uning aqliy faoliyatini tezlashtiradi. Berilgan savollarga o'quvchilar 
yaxshi tanlangan dalillar orqali javob berishga erishsa, bunday 
savollar ulaming o'zlariga ham katta ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
O'quvchilarga uyda bajarish uchun beriladigan yozma ishlar- 
ning ko'pchiligi takrorlardan iborat bo'ladi - o'quvchilar bir-bir- 
laridan ko'chiradilar. K o'pchilik o'quvchilam ing boshqa yo'li ham 
yo'q. Ular nimani, qanday yozishni bilmaydilar. O 'quvchilar bun- 
ga o'rgatilmagan. Aytadigan gaping bo'lm aganida oq qog'oz bilan 
yuzma-yuz, yolg'iz qolishdan azobli narsa yo'q. O'quvchi bunday 
uni qiynaydigan vaziyatlarda uzoq qolishni istamaydi. Shuning 
uchun oson yo'lni - ko'chirm achilikni ixtiyor etadi.
Takrorlash darslari uy vazifasini so'rashdan o'rganilgan 
o'quv materialini umumlashtirishning nisbatan yuqoriligi bilan 
farq qiladi. Bunday sharoitda o'quvchilam ing mustaqil fikrlashi- 
ni shakllantirish va rivojlantirish uchun o'qituvchilar savol va 
topshiriqlami oddiy darslardagiga nisbatan muammoliroq tarzda 
qo'yadi. O 'quvchilam ing javoblari va izlanishlari ham shunga 
yarasha bo'ladi. O'qituvchi qanchalik bilimdon, saviyasi ne qadar 
baland bo'lsa, tarbiyalagan o'quvchilarini ham o'zining darajasida 
yuqorilatib boraveradi.
267

0 ‘quvchilaming uyda ishlashlarini tashkil eta bilmaslik ham 


bolalaming bilim olishiga, o ‘z kamolotini ta ’minlash y o ‘lida be­
vosita ishtirok etishiga halaqit bermoqda. 0 ‘qituvchilaming yangi- 
langan pedagogik tafakkur talablariga moslashishi juda sekin 
kechyapti. Tarbiyalovchilar qolipga tushib qolgan o ‘qitish usul- 
laridan voz kecholmayaptilar. Gap shundaki, mamlakatni buyuk 
kelajak sari yetaklash ham, uni tubanlik q a’riga tortish ham o ‘sib 
kelayotgan avlodning, millatning qo‘lida. Millatning saviyasi 
ko‘tarilmasa, mamlakat rivojlangan davlatlar safiga chiqolmaydi. 
0 ‘qituvchi ko‘tarilmasa, millat ko‘tarila olmaydi. Millatni m a’nan 
ham, aqlan ham ko‘taradigan o‘qituvchi b o ‘ladi. 0 ‘qituvchining 
shaxsi, dunyoqarashi, saviyasi, bilim darajasi, millat va mamlakat- 
ning taqdirini belgilaydi.
T a’lim-tarbiya jarayonida o ‘quvchilaming uy ishlarini to ‘g ‘ri 
tashkil etish o ‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri. 
T a’limda o ‘quvchilaming uy vazifalarini pedagogik jihatdan 
to ‘g ‘ri tashkil etish yo‘llari bilan ilmda ham, amaliyotda ham ye­
tarli darajada shug‘ullanilmayapti. Uy vazifalarini tashkil etishning 
pedagogik, psixologik va ilmiy-metodik asoslari ishlanmagan. Shu 
bois pedagogik y o ‘nalishdagi oliy o ‘quv yurtlari ta ’limida ham uy 
vazifalarini tashkil etish borasida talabalarga yetarli darajada bilim 
berilmaydi. 0 ‘qituvchilar uchun bu borada ilmiy asoslangan na- 
zariy-metodik, amaliy tavsiyalar yo‘q.
T a’lim amaliyotida o ‘quvchiga bo‘lgan talabchanlik bolani ka- 
molot sari yetaklashning qat’iy mezonlari asosida uni o ‘z-o‘zini 
rivojlantirishga undashi kerak. Bolani tarbiyalash, o ‘qitish emas, 
uni kattalar ko‘magida o ‘zini o ‘zi tarbiyalaydigan, bilimlami o ‘zi 
izlanib o ‘zlashtiradigan vaziyatga solish lozim. 0 ‘quvchilariga im­
kon qadar ko‘p va chuqur bilim bera oladigan o ‘qituvchi yaxshi 
o ‘qituvchi emas. Istiqlol davri milliy tarbiyashunosligida sinfdagi 
har bir o ‘quvchini o ‘z-o‘zini tarbiyalashi va bilimlami o ‘zlashtirishi 
y o iid a faol, tinimsiz ishlata oladigan, ulami mustaqil fikr sohibi 
b o iish in i ta’minlaydigan, o ‘quvchi shaxsida o ‘z qarashlarini asos- 
lay oladigan hamda himoya qila biladigan, o ‘mi kelganda g ‘oyalari 
uchun kurashishga qodir insonni tarbiyalashni biladigan ustoz yax­
shi o ‘qituvchi hisoblanadi.
Bilimlami o ‘zlashtirishda bolalar mehnatiga, bu yo‘lda ular­
ning erkinligiga e ’tibor qilmaslik maktab va o ‘qituvchining eng 
katta xatosi hisoblanadi. 0 ‘quvchini mehnat qilishga majbur etish,
268

unga mehnat qilib bilim olishdan zavq olish mumkinligini, mehnat- 


ning ehtiyojga aylanishi uni har qanday qaramlikdan qutqarishini 
anglatish tarbiyashunoslik maqsadining asosidir. Adabiyot darslari 
jarayonida 
0‘quvchilar mehnati haqida qayg‘urganda uning qaysi 
turi besamar ketmasligi, qay yoshdagi bola qanday qiyinchiliklarni 
yengib o ‘ta olishi mumkinligini, mehnatning qanaqasi oson-u qaysi 
biri azobli ekanini aniqlab olmoq o ‘qituvchining asosiy vazifalari- 
dan biridir. Shu m a’noda, 
0‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylab beril­
gan uy vazifalari kattagina ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb 
etadi. 0 ‘quvchining ichki qiziqishlarini qondirishni k o ‘zlab beril­
gan uy vazifalari uning darsda olgan bilimlari, ko‘nikma, malaka va 
m a’naviy sifatlarini mustahkamlash, rivojlantirish, takomillashti- 
rishga yordam beradi. Bilimlarning sifatini oshirishga asos bo‘ladi. 
To‘g ‘ri berilgan uy vazifalari o ‘sib kelayotgan avlodni bilim olish 
jarayonida imkon qadar mustaqil ishlashga, erkin faoliyatga, bili­
mini chuqurlashtirishga o ‘rgatadi.
Bundan tashqari, pedagogik, psixologik va ilmiy-metodik 
asoslarga tayanib berilgan uy vazifalari o ‘quvchilar shaxsiyatida 
ziyraklik va erkinlik tarkib topishiga ko'maklashadi. Ularda aniq- 
lik va batartiblik, mehnatsevarlik, qat’iyatni rivojlantirishga asos 
bo‘ladi. 0 ‘quvchining o ‘z xatti-harakatlarida aniqlikka erishishiga 
ko‘maklashadi. Faoliyatida duch kelgan qiyinchiliklarni yengib 
o ‘ta olish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish hamda o ‘z xatti-hara- 
katini nazorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.
Uy vazifalari ulami to ‘g ‘ri tashkil qila bilgandagina 
o‘quvchilaming m a’naviy shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aks holda ular salbiy natijalami ham 
keltirib chiqaradi. Agar uy vazifalari o ‘quvchilarga metodik jihati- 
dan puxta o ‘ylanmay berilsa, ular o ‘quvchilarni qalbakilikka, top­
shiriqlami yuzaki bajarishga o'rgatadi, o ‘qishga va o ‘quvchining 
shakllanishiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Ulami yolg‘onga o ‘rgatadi, 
bola uchun ortiqcha, samarasiz mehnat bo'ladi. Uy vazifalari 
o'quvchilam ing ruhan rivojlanishi va o'qishiga ijobiy ta ’sir 
ko'rsatishi uchun ulaming qat’iy m e’yorini belgilash, uyda ishlash 
uchun topshiriqlar berishni va ulami nazorat qilishni metodik ji- 
hatidan oqilona tashkil qila bilish lozim. Ko'pchilik o'qituvchilar 
o'quvchilam ing shaxsi, tabiati, intellektual imkoniyatlari, oilaviy 
sharoitiga e ’tibor bermaydilar, ulaming mustaqil mehnatini tash­
kil qilish metodikasidan bexabarlar va beriladigan uy vazifalarini
269

yoki haddan oshirib yuboradilar yoki juda jo ‘nlashtirib qo‘yadilar. 


Buning natijasida o ‘quvchilar noto‘g ‘ri ishlaydilar. B a’zida uyga 
sinfda ishlanmagan, 
0
‘qituvchi tomonidan ifodali o ‘qilmagan ba­
diiy matnlar yodlashga topshiriladi. 0 ‘tilmagan mavzularda refe- 
ratlar yozish talab qilinadi.
Bunday topshiriqlar berila turib hatto ularni yozishda foydala­
nish mumkin bo‘lgan manbalar ham ko‘rsatilmaydi. G o ‘yo bu bi­
lan ustozlar o ‘quvchilarini o ‘z o ‘quv fanlari bo'yicha ko‘proq ish- 
lashga majbur qiladiganday b oiad ilar. Ko‘pincha o ‘qilgan asarlar 
yuzasidan uyga beriladigan vazifalar bir-biridan farq qilmaydi va 
ular o ‘quvchilaming uy vazifalarini bajarishga bo‘lgan qiziqishla- 
rini so‘ndiradi. Uyga topshiriq berishdan oldin, uning uchun asosiy 
bo'lgan didaktik talablar ishlab chiqilishi kerak. Har bir topshiriq 
o ‘quvchi uchun tushunarli va uning mustaqil ravishda bajarish im- 
koniyatlari doirasida bo‘lishiga harakat qilinishi lozim. Uy vazi­
falarini bajarishga o ‘quvchi sinfda o ‘qituvchi tomonidan alohida 
tayyorlanadi, manbalar k o ‘rsatiladi, lozim bo‘lganda ishlash 
uchun yo‘nalish beriladi. Sinfda uy vazifasini olgan o ‘quvchining 
topshiriqni bajarishga qiziqishi va ehtiyoji, uni mustaqil ravishda 
bajarish y o ‘llari haqida tushunchaga ega b o iish i lozim.
Bugungi maktab amaliyotida uy vazifalari sinfdagi 
0
‘quv- 
chilaming ko‘pchiligiga moslashtirilgan holda, umumiy tarzda 
beriladi. Uyga topshiriqlar berishda o ‘quvchilarga xos bo ‘lgan 
xususiy jihatlar, alohida o ‘quvchilaming ishlash imkoniyatlari 
inobatga olinmaydi. Bu o ‘z-o‘zidan uy vazifasini bajarishda salbiy 
natija beradi. 0 ‘qituvchi tomonidan bir soatga m o‘ljallab berilgan 
uy vazifasini o ‘quvchilaming ayrimlari 30 - 40 daqiqada, b a’zilari 
bir soatda, bir qismi esa 1,5 soatda bajaradi. Bugungi o ‘qituvchi 
o ‘quvchilaming individual xususiyatlari - kimning tez ishlashi-yu 
kimning sekin ishlashi, birovning o ‘ta shiddatli fikrlashi-yu qay bir 
o ‘quvchi tafakkuri jarayonining sustroq ekanini inobatga olmaydi. 
Uy vazifasini tekshirish asnosida uning qanday bajarilganiga
- ishning puxtaligi, mavzuning anglanganlik darajasiga e ’tibor 
qilmaydi. Bajarilgan ishning saviyasi, mohiyatiga kirib o ‘tirmaydi. 
«B ajarildim i-bajarildi»qabilidaish tutadi. Aslida uyga beriladigan 
topshiriqlami ham, sinfda bajariladigan ishlami ham har bir 
o ‘quvchining individual xususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini 
inobatga olgan holda tashkil etish lozim. Toki, birining qobiliyati o'rtachalarning 
qurboni bo‘lmasin, 
ikkinchisining 
qo‘lidan 
kelmaydigan ishni bajarolmay g ‘ururi, sha’ni yaralanmasin. 
Mammaga bir xil vazifa berib, uning bajarilishini barchadan 
birday talab qilish, uni bajara olmagan o ‘quvchilami «ikki»lar 
bilan jazolash bugungi milliy pedagogikaning maqsadiga to ‘g ‘ri 
kelmaydi.
0 ‘qituvchining shaxsiy tajribasi, o ‘quvchilarga ziyraklik va 
e ’tibor bilan munosabatda bo lishi, o ‘z ishiga ijodiy yondashuvi, 
shu bilan birga, boshqa o ‘quv fanlari bo‘yicha uyga berilgan vazi- 
falar hajmini kuzatib borishi unga o ‘z o ‘quv fani bo‘yicha uy ish- 
larini to‘g ‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Odatda maktabda uy 
vazifalari shoshilib, ko‘pincha qo‘ng‘iroqdan keyin beriladi. Uy 
vazifasini fikri tarqalganda, shovqin ichida, tanaffus boshlanganda 
olgan o ‘quvchilaming ko‘pchiligi nafaqat uni qanday bajarishni 
bilmaydi, balki b a’zida uyga nima berilganini to ‘liq tasavvur ham 
qilolmaydilar. Bu hoi uy vazifalarining qoniqarsiz bajarilishiga 
olib keladi yoki talab qilingan ish u yoqda qolib, butunlay boshqa- 
cha bajariladi yoxud ko‘chiriladi.
Uy vazifalari barcha 
0‘quvchilar diqqati bir joyga jamlangan- 
da berilishi maqsadga muvofiq. Berilayotgan uy ishlari 
0‘qituvchi 
tomonidan aniq shakllantiriladi, darstaxtaga qisqa tarzda yoziladi. 
Uy vazifalarining kundalikka yoki daftarga yozdirilsa, uni ba- 
jarishda chalkashliklarga y o ‘l qo‘yilmaydi. Uy vazifasi, asosan, 
sinfda o ‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi va o ‘tilgan mavzu barcha 
0
‘quvchilar tomonidan yetarli darajada o ‘zlashtirilgandan so‘ng 
beriladi. Uy ishlarida sinfda o ‘tilgan mavzu mutlaqo takrorlanmay- 
di. Uy vazifalari darsning boshida, o ‘rtasida, oxirida ham berilishi 
mumkin. Faqat o'quvchilam ing diqqati chalg‘imasdan avval be- 
rilsa, bas.
0 ‘quvchilami uy vazifalarini bajarish ishlarini rejalashtirib 
olishga o ‘rgatish ham ulaming tafakkur va faoliyat mustaqilligini 
ta’minlashda o ‘ziga yarasha ahamiyat kasb etadi. 0 ‘qituvchilar 
nazarida bu m a’lum darajada murakkab fikriy faoliyat bo‘lgani 
uchun ham o ‘quvchilarga nisbatan sodda reja tuzishni taklif 
qiladilar. Hatto, shuning o‘zi ham ulami o ‘zgalaming tayyor 
likrlarini takrorlashdan chekintiradi, mustaqil ravishda fikr aytishga 
vo'naltiradi.U y vazifalarini m a’lum reja asosida bajarish o ‘quvchini 
o'quv materialiga ongli va tizimli ravishda yondashishga o ‘rgatadi.
271

Yaxshi tuzilgan reja o ‘quvchining faoliyatini tartibga soladi, zarur 


materialni ajratib olishga o ‘rgatadi, muhim jihatlam i ochishga va 
to ‘g ‘ri xulosalar chiqarishga undaydi. 0 ‘z fikrini muayyan tizimda 
bayon etishga y o ‘naltiradi.
Uy vazifasini m a’lum reja asosida tayyorlash o ‘quvchining 
aqliy faolligini ham oshiradi. U mustaqil mulohaza talab qiladigan 
muhokamalarga o ‘ziga ishongan holda faol kirishadi. 0 ‘quvchining 
darsda, uyda, sinfdan va maktabdan tashqari har bir ishni reja aso­
sida bajarishi uning vaqtini tejaydi, fikrlari va faoliyatini tartibga 
soladi. M a’lumki, har bir o ‘quvchining kundalik uy vazifasini 
bajarishda o ‘z uslubi b o ‘ladi: ayrimlar avval qiyin darslami ba- 
jaradi, keyin nisbatan osonlariga kirishadi. B a’zilar buning aksini 
qilishadi. Shu tarzda o ‘quvchilar faoliyatida oson va qiyin vazifalar 
o ‘rin almashib turadi. 0 ‘quvchi m a’lum tajriba orttirgandan so‘ng 
ba’zi ishlarga sarflanadigan vaqtni ham avvaldan belgilab oladigan 
bo‘ladi. Boshida rejalashtirish m a’lum aqliy zo‘riqish va vaqtni ta­
lab qiladi. Asta-sekin bu ishga kam vaqt sarflana borib, u vazifani 
bajarish jarayoni bilan uyg‘unlashib ketadi.
Reja bilan ishlashga o ‘rgatishdan maqsad o ‘quvchini topshiriq- 
ni yaxshiroq bajarish, vaqtdan unumli foydalanishga o ‘rgatish va 
ishida tartib bo‘lishiga erishishdan iborat. Mana shu jihatlar - ishni 
rejalashtirish tamoyili o ‘quvchining «men»iga, tabiatiga singishi- 
ga, bu yumush bolaning maktab hayotidagi asosiy ishlaridan biri 
bo‘lishiga erishish kerakligini taqozo etadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, adabiyot o ‘qituvchilarining 
ko‘pchiligi hali o ‘quvchilarga dars maqsadi va rejasini bayon 
etishga odatlanganlaricha yo‘q. 0 ‘rganiladigan mavzu rejasining 
darsda o ‘qituvchi tomonidan bayon etilishi o ‘quvchi diqqatini mav- 
zuning muhim o ‘rinlariga tortadi, unda mana shu muhim narsani 
o ‘zlashtirib olishga ehtiyoj uyg‘otadi. Shu tariqa tashkil etilgan 
darsda o ‘qituvchi javob beradigan o ‘quvchini ham berilajak ja- 
vobini rejalashtirib olishga, undagi muhim jihatlar va xulosalami 
ajrata bilishga yo‘naltiradi.
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling