0 ‘tkir jismlardan shikastlanish
Download 21.32 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesuvchi jismlardan jarohatlar.
0 ‘tkir jismlardan shikastlanish 0 ‘tkir jismlar o‘tkir uch, o‘tkir dam yoki ikkoviga ega boiadi. Jismning chekkalari bir-biri bilan burchak hosil qilib, bunda yoyning radiusi 0,1 mm va undan kichik boisa, 0‘tkir dam yoki uch deb hisoblanadi. 0 ‘tmas jismlardan farqli ravishda, o‘tkir jismlardan shikastlanishda to'qimalaming ajralishi birlamchi boiadi va ikkilamchi ravishda to'qimalaming ezilishi vujudga kelishi mumkin. 0 ‘tkir jismlar ta’sirida hamisha bevosita jarohatlar etkaziladi. Tuzilish xususiyatlari bo‘yicha kesuvchi, sanchuvchi, kesuvchi-sanchuvchi, chopuvchi, arralovchi va boshqa turdagi o‘tkir jismlar farqlanadi. Binobarin, bir jismda o'tkir jismlarga xos ikki va undan ortiq xususiyatlar mujassam boiishi mumkin. Misol uchun, xanjarda sanchuvchi, kesuvchi, arralovchi qismlar boiishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, ta’siming mexanizmiga qarab bir jism ta’sirida turli xil o'tkir jarohatlar (osh pichogining ta’sir burchagiga bogiiq ravishda - sanchma, kesma, sanchma-kesma yaralar) vujudga kelishi mumkin. 0 ‘tkir jismlar ta’sirida odatda yaralar hosil boiadi. Ammo m aium bir holatlarda o‘tkir jismlardan shilinma, qontalash, suyak sinishlari ham etkazilishi mumkin. Ko‘p holatlarda o'tkir jismlardan shikastlanishda kiyimlarda ham jarohatlar boiadi. Mazkur hodisalar bilan bogiiq sud-tibbiy ekspertizalarda jabrlangan shaxsning ko‘rigidan tashqari kiyimlaming tekshiruvi ham o‘tkaziladi. Shu sababli shikastlanishdan so‘ng tibbiy yordamga murojaat qilingan holatlarda jablanganlaming ustidagi kiyimlami iloji boricha avaylab echish, xona haroratida quritib, qog‘ozli o'ramga solish va ishni olib borayotgan tergovchi, surishtiruvchiga taqdim qilish zarur. Kesuvchi jismlardan jarohatlar. Bu turdagi jismlaming (ustara, uchsiz pichoq) o‘tkir dami ta’siridan kesma yaralar etkaziladi. Ushbu yaralar urchuqsimon, yarim oysimon shaklda, chetlari ochilib turadi, chekkalari yaqinlashtirilganda yoriqsimon shaklni oladi. Teri burmalari boigan sohalarda kesma yaralar siniq chiziq shaklda boiishi mumkin. Barcha yaralarda kabi kesma yaralarda ham chetlarining ochilish darajasi shikastlanish sohasidagi biriktiruvchi va mushak to'qimalari tolalarining yo‘nalishiga bogiiq. Yara va tolalaming yo‘nalishi qanchalik bir-biriga parallel b oisa, shunchalik chekkalar kamroq ochilib turadi. Kesma yaralaming chetlari va chekka devorlari tekis, shilinish alomatlarisiz, uchlari esa o‘tkir boiadi Yaralaming ta’sir oxiriga mos uchida qo'shimcha kesmalar bo'lishi mumkin va bunda jarohatning ushbu qismi “qaldirg‘och dumini” eslatadi. Kesma yaralar odatda chuqur boim aydi va tana bo‘shliqlariga o‘tmaydi. Boshlangich qismda yara tubining qiyalik darajasi kuchliroq, chuqurroq boiadi. Yaralaming uzunligi ulaming eni va chuqurligidan ancha katta boiadi. Kesma yaralar uchun tashqi qon ketish xos. Kesuvchi jism odatda tog‘ay, suyaklami to iiq kesib o‘tmaydi. Bunday holatlarda tog'ay, suyak usti pardalarda yuzaki yoriqsimon kesmalar vujudga keladi. Download 21.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling