Illyustrativ foto


Download 13.95 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi13.95 Kb.
#1538095
Bog'liq
Реклама




Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda turizm sohasi rivojlangani sari turizm xizmatlari va ularning sifatiga doir masalalar mohiyati ortib borayotgani kuzatilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini Sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (DUK) tomonidan turizm sohasida standartlashtirishga doir savollarga oydinlik kiritildi.
Standart nima?
Standart standartlashtirish obyektiga qoʻyiladigan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan meʼyorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi meʼyoriy hujjat hisoblanadi. U inson faoliyatining barcha sohalari - fan texnika, sanoat, qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, qurilish, transport va boshqalarga taalluqli.
Kim tomonidan yuritiladi?
Turizm sohasida standartlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qoshidagi “Turizm sohasida standartlashtirish boʻyicha Texnik qoʻmita” tomonidan ishlab chiqiladi. Texnik qoʻmita kotibiyati “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK tomonidan yuritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilgandan soʻng standartlashtirish sohasida ham katta ishlar amalga oshirildi va yangi standartlar ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda. Turizm sohasiga oid standartlar Bugungi kunga qadar turizm sohasida standartlashtirish boʻyicha Texnik qoʻmita tomonidan 11 davlat standarti ishlab chiqildi va oʻrnatilgan tartibda “Oʻzstandart” Agentligi tomonidan roʻyxatga olindi. Bular:
Oʻz DSt ISO 18513 - “Turizm xizmatlari. Mehmonxona va turistlarni joylashtirish vositalarining boshqa turlari. Atamashunoslik”;
Oʻz DSt 3220 - “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar”;
Oʻz DSt 3296 - “Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va oʻxshash joylashtirish vositalari.Tasniflash tizimi”;
Oʻz DSt ISO 14785 - “Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari. Talablar”;
Oʻz DSt 3331 - “Turizm xizmatlari.Turizm sohasida navigatsiya tizimining axborot belgilari.Umumiy talablar”;
Oʻz DSt 3334 - “Turizm xizmatlari.Musulmon mehmondoʻstligi. Talablar”; Oʻz DSt 3336 - “Turizm xizmatlari. Tourist-friendly. Talablar”;
Oʻz DSt ISO 13009 - “Turizm xizmatlari. Plyaj faoliyatiga doir talablar va tavsiyalar”;
Oʻz DSt ISO18065 - “Turizm xizmatlari. Qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarning maʼmuriyati tomonidan taqdim etiladigan, umumiy foydalanish uchun turizm xizmatlari. Talablar”;
Oʻz DSt 3417 - “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalarida xizmat koʻrsatadigan xodimlarga doir umumiy talablar”;
Oʻz DSt 3418 - “Turizm xizmatlari. Turoperator va turagentlar xodimlariga doir umumiy talablar”.
Turizm sohasida standartlashtirish boʻyicha soʻnggi yangiliklar
Texnik qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan yangi standartlar xodimlarga oiddir, bular:
Oʻz DSt 3417:2019 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalarida xizmat koʻrsatadigan xodimlarga doir umumiy talablar”.
Standart turli xil va toifadagi joylashtirish vositalarida xizmat koʻrsatadigan xodimlarga doir umumiy talablarni belgilaydi. Unda xodimlarni tasniflash, ularni baholashning asosiy va qoʻshimcha mezonlari, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga doir umumiy talablar va qoʻshimcha talablar mavjud.
Oʻz DSt 3418:2019 “Turizm xizmatlari. Turoperator va turagentlar xodimlariga doir umumiy talablar”.
Ushbu standart mulkchilik shakli va faoliyatning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, turoperatorlar va turagentlarning xodimlariga doir umumiy talablarni belgilaydi. Turoperator va turagentlar xodimlarini tasniflash, ularni baholash mezonlari, umumiy va qoʻshimcha talablar hamda xodimlarining funksiyalari va lavozimlari boʻyicha maʼlumotlarni nazarda tutadi.
Bundan tashqari mavjud standartlar ham takomillashtirib borilmoqda, jumladan:
Oʻz DSt 3296:2018 “Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va oʻxshash joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi”
Ushbu davlat standartiga ham jahon tajribasi hamda mehmonxona biznesi rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi 4095-sonli “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi qoplash va “royalti franchayzing” toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida qisman moliyalashtirish boʻyicha subsidiyaga talabgor mehmoxonalarga “yulduz” berish, yaʼni toifasini aniqlashda tadbirkorlarga juda koʻp qulayliklar yaratildi. Jumladan 3 va 4 “yulduz” toifasiga ega boʻlgan mehmonxonalarning barcha nomerlarida toʻliq vannali sanuzel mavjud boʻlishi majburiy edi, kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, nomerlarda vanna yoki dush oʻrnatish mumkin.
Nomerlarda bidelar yoki gigiyenik dushlarga boʻlgan talab ham kamaytirildi, 3 va 4 “yulduz” toifasiga ega boʻlgan mehmonxonalarning 75 foiz nomerlarida ularning mavjud boʻlishi yetarli boʻldi. Bundan tashqari, nomerda foydali maydon yuzasini oshirish maqsadida sanuzel maydoniga, televizor oʻlchamiga va jihozlar soniga boʻlgan talab ham kamaytirildi. Mehmonxona tomonidan koʻrsatilishi lozim boʻlgan xizmatlar, jumladan chiptalarni bron qilish, avtomobil ijarasi, valyuta almashtirish, doʻkon va savdo shoxobchalari, kimyoviy tozalash xizmatlari ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida koʻrsatilishi mumkin.


Download 13.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling