0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta sug’urta turlari Xorijda sug’urta klassifikatorining tarkibi Javoblar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish


Download 55.15 Kb.
bet13/20
Sana04.01.2023
Hajmi55.15 Kb.
#1078821
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta

11-modda. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari, shuningdek sug‘urta bozorining yuridik shaxs bo‘lgan boshqa professional ishtirokchilari qonunlarda nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58—72-moddalariga qarang.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta sug‘urta brokyerlari, adjastyerlar, aktuar tashkilotlar, sug‘urta syurveyyerlari, assistanslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin bir haftalik muddatda bu haqda maxsus vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor qiladi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
12-modda. Sug‘urtalovchilarning ustav fondi
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-192-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 508-modda)
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan shakllantiriladi.
Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining boshlang‘ich ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar muassislar tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi va qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondining eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 55.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling