Davlatning
markazlashtirilishi
hammad Islom, keyinchalik uning o‘g‘li Abubakr Sa’d Buxoroda
shayxulislom lavozimida faoliyat yuritdilar.
1556-yilda Navro‘z Ahmadxon vafot et-
gach, Ab dull axon II darhol Karmana va
Shahrisabzda o’z hukmronligini tikladi. Mu
hammad Islomning ko‘magi bilan esa Buxoro taxtini egalladi va uning
poytaxt maqomini qayta tikladi. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni
istamagan Samarqand, Toshkent, Sayram, Turkiston va Farg‘ona qilich
kuchi bilan bo‘ysundirildi. Biroq raqiblarining taxtga yoshi katta
shayboniy o4tirmadi-ku, deb qilishi mumkin bo‘lgan ta’nalariga o4rin
qoldirmaslik uchun bir oila doirasida bo‘lsa-da, dastlab amakisi Pir-
muhammad Ini, uning vafotidan so‘ng esa otasi Iskandarxonni taxtga
o‘tqazdi.
1583-yilda otasi vafot etgach, Abdullaxon II rasman xon deb
e’lon qilindi.
Shu tariqa, Abdullaxon II Movarounnahrda o‘z hokimiyatini to‘la
o‘matdi. Shuningdek, Xuroson tarkibidagi, lekin shayboniylar qo‘lida
qolgan Balx, Maymana, Badaxshonda markaziy hokimiyatga qarshi
ko‘tarilgan isyonlarni bostirdi.
Safaviylarga qarshi olib borilgan kurash natijasida Xurosonning
sharqiy qismi egallandi. Binobarin, butun Movarounnahr, Xorazm va
Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan hududlar yagona hukmdor
qo‘li ostida birlashtirildi. Shu tariqa, Abdullaxon II ning jasoratli ku-
rashi natijasida XVI asr oxirida Buxoro xonligi markazlashgan ulkan
davlatga aylandi. Bunday ulkan natijaga buyuk Amir Temurdan keyin
Abdullaxon II erisha oldi, xolos.
Rossiyada bu davlatga nisbatan bekorga „Великая Бухария44 (Bu
yuk Buxoro) iborasi qo‘llanilmagan edi.
_
_
Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish ja-
Shayhomylar sulolasi
ray 0njda
shayboniy sultonlarning markaziy
hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga
qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib
bordi. Bu maqsad yo‘lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Biroq
Abdullaxon II qanchalik urinmasin, ichki nizolarga to4la barham bera
olmadi. Toj-u taxt masalasida hatto o4zining o‘g‘li Abdulmoimin bilan
kelisha olmadi. U valiahd sifatida Balx viloyatini boshqarar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |