0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizom iy nom idagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 36.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Axborotli malaka—ta’lim va taibiya masalalariga axborotlami moslashtirish va talqin qilish malakasi. Axloq — shaxsning jamiyatga va boshqa kishilaiga nisbatan burchini belgilab beruvchi m e ’yorlar tizim i, m a’naviy xulq qoidalari, u ijtim oiy ong shakllaridan biridir. Bayon qilish — o ‘qituvchi tomonidan o ‘iganilayotgan material mazmunini izchil so‘zlab berish metodi. Bilish faoliyati — idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy faoliyat birligi. Boshqarish — tashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyat. Obyektni o ‘z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlii qilish va yakun yasash. Burch — muayyan axloqiy majburiyatlami his qilish, uning zarurligini anglash. Vazifa — maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining oydinlashtirilishi. Verbal — ifodali, og‘zaki. Guraanizm — 1) insonning insonga b o ‘lgan mehri-muhabbati, uning shani,qadrini hurmat qilish, kishi manfaatlari uchun qayg‘urish g‘oyalari bilan sug‘orilgan va kishilar o ‘rtasidagi tenglik, halollik, insoniy munosabat tamoyillariga asoslangan dunyoqarash; 2) insoniylik va insonparvarlik, insonlarning bunyodkoriigiga ishonch. Davlat ta’lim standarti — uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo‘yiladigan minimum talablar. Didaktika — ta’lim va o ‘qitish nazariyasi hamda o ‘qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi. Dolzarblikni asoslash — ta’lim va taibiya nazariyasi hamda amaliyotining istiqboldagi taraqqiyoti muammolarini o‘z vaqtida o ‘iganish hamda hal qilish zarurligini ko‘rsatish. Dunyoqarash — shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini aks ettiruvchi qarashlar, e ’tiqod ham da fikr-o‘ylar tizimi. Idrok etish malakasi — boshqa subyektning xususiyatlarini — uning muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo ‘lgan kasbiy - pedagogik malaka. Ideal — oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, guruhlaming xatti-harakatlari, intilishlari intihosi. Ijtimoiy idrok etish — kishilar tom onidan ijtimoiy obyektlaming idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi. Izohlash, tushuntirish — og‘zaki izoh, yoritilishi lozim b o ‘lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlii qilish. Ilmiy muammo (masala) — fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar. www.ziyouz.com kutubxonasi Ilmiy yangilik — m uayyan davrga nisbatan m a’lum boMmagan va pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinm agan nazariy, am aliy xulosalar. T a ’lim qonuniyatlari, uning tuzilmasi, m exanizm lari m azm uni, tam oyillari va texnologiyalari. Individuallik — shaxsning betakror biososiologik xususiyatlari. Intellekt — shaxsning turli faoliyat shakllarini m uvaffaqiyat bilan o ‘zlashtirishini belgilaydigan tug‘ma va o'zlash m a barcha aqliy qobiliyatlar majmui. Ishontira olish — axborot oqim ining shaxs to m onidan tanqiddan holi, erkin ravishda o ‘zlashishiga erishishni k o ‘zlagan ruhiy ta ’sir etish metodi. Ishonch hosil qilish — shaxsning m uayyan qoida va talablarini ongli ravishda o ‘zlashtirish vositasida tarbiyalash m etodi. Tegishli m a’lum otlar va argum entlarga asoslanib, shaxsning o ‘z hukm i ham da xulosalari to ‘g‘riligiga ishonchni yuzaga keltirish jarayoni va natijalari. Ichiqoralik — o ‘z g a la r i s te ’d o d in i k o ‘ ro lm a s lik va u la rn in g muvafaqqiyatsizligidan quvonish. Ichki pozitsiya (mavqe) — shaxsning kundalik ehtiyoji bilan uzviy b og‘liq va hayotining m uayyan davri faoliyatining asosiy m azm uni va y o ‘nalganligini belgilovchi ijtimoiy ko‘rsatkichlar tizimi. Istiqbolni belgilash malakasi — ijtimoiy bilish jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish. Kalokagatiya — g o ‘zallik, olijanoblik ham da jism oniy va m a’naviy boyliklar uyg‘unligi. Kasbiy — pedagogik muloqot — pedagog va tarbiyalanuvchining o ‘zaro zich ijtimoiy — psixologik aloqasi tizimi b o ‘lib, uning m azm uni axborotlar ayriboshlash, tarbiyaviy ta ’sir o‘tkazish, kom m unikativ vositalar yordam ida o ‘zaro m unosabatlam i tashkil etish hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik — bo‘lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jism oniy h am da ilm iy-nazariy va amaliy tayyorgarligi. Kasbiy bilimdonlik — pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur b o ‘lgan nazariy va am aliy tayyorlik birligi. Kibemetika — axborotlar alm ashish, ularni qayta ishlashni boshqarish haqidagi fan. Kognitiv — bilish jarayoni. Kollektiv — jam o a. U m um iy m aqsad y o ‘lida shaxslarning o ‘zaro m unosabatlari, tashkiliyligi va intilishlari bilan bir-biriga m onand tu rg ‘un sotsial (ijtimoiy) guruh. Kommunikatsiya — kishilam ing o ‘zaro n iu lo q o tlarid a ax b o ro tlar alm ashish tavsifi. Kommunikativ ko‘nikma — muomala qila olish, pedagogik texnika malaka va ko‘nikma tushunchasi. Kommunikativ faoliyat — pedagogning tarbiyalanuvchilar, boshqa www.ziyouz.com kutubxonasi pedagoglar, jamoatchilik vakillari, ota-onalar bilan maqsadga muvofiq tarzda o ‘matgan munosabatlari. Konstruktiv faoliyat — o ‘qituvchi faoliyatinig asosligini va puhtaligini o ‘zida konstruktiv mazmun (o‘quv materiallarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv — operativ (o ‘zining va talabaning xatti-harakatlarini rejalashtirish), konstruktiv - material (pedagogik jarayonning o ‘quv-material bazasini loyihalashtirish) ni birlashtiradi. Konflikt — zid qarashlar, fikrlar to ‘qnashuvi, jiddiy qarshilik, qizg‘in bahs. Kreativlik — betakror qadriyatlar yaratuvchi, nostandart yechimlar qabul qiluvchi individning botiniy qobiliyati. Kuzatish — biror pedagogik hodisa bo‘yicha konkret faktik material olish maqsadini ko‘zlagan idrok etishning shakli. Ko‘nikma — o ‘rganish natijasida qo‘lga kiritilgan, beixtiyor, avtomatik tarzda bajariladigan harakat. Ko‘nikmalar biror harakatni nazoratsiz, avtomatik tarzda bajarish qobiliyatlaridir. Ko‘rsatma — ehtiyojning mavjudligi va obyektiv vaziyat ham da uni qondirish bilan bogMiq ravishda oldindan shaxslarning m a’lum faolligini tayyorlash, ularni joylashtirish. Laboratoriya ishi — asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda talabalar bilan tajribalar o ‘tkazish, biror hodisani maxsus jihozlar yordamida o ‘iganish. Leksiya (ma’ruza) — odatda oliy o ‘quv yurtida biror fan mazmunini og‘zaki bayon qilishga asoslangan o ‘quv jarayoni, metodi. Maktabning ichki boshqaruvi — yuksak natijalarga erishish maqsadida b ilish n in g o b y ek tiv q o n u n la ri aso sid a y ax lit p ed ag o g ik ja ra y o n qatnashchilarining o ‘zaro maqsadli, ongli harakatlari. Malaka — shaxsning o ‘zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, m a’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyati. Malaka tavsiihomasi — o ‘qituvchining nazariy va amaliy bilimlariga qo ‘yiladigan umumiy talablar. Matematik va statistik metod — bu metod og‘zaki so‘rov va eksperiment natijalariga ishlov berishda, shuningdek, o ‘rganilayotgan hodisalar orasidagi miqdoriy aloqadorlikni o ‘rnatishda qo‘llaniladi. Mafkura — jam oat hayotining barcha sohalari uchun um umiy bo‘lgan g‘oya va qarashlar tizimi. Mashq — o ‘zining bilimlarini chuqurlashtirish hamda tegishli malaka va ko‘niknialar hosil qilish maqsadida harakatlami og‘zaki va yozma ravishda takroran amalga oshirish. Mashq qilish — o ‘quvchining o ‘z qobiliyatlari, bilim, m alaka va www.ziyouz.com kutubxonasi ko‘nikmalarini o ‘stirishga qaratilgan harakatlari. Maqsad — faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash. Maqtov — foydali ish qilgan shaxs va yoki, jam oani og‘zaki taqdirlash. Menejment — sotsial, shuningdek, ta’lim jarayonlarini boshqarish tamoyillari, metodlari, vositalari va shakllari majmuasi. Metod — 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi. Metodika — biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qoMlanadigan metodlar. Metodologiya — 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2) biror fanda, shujum ladan pedagogikada qoMlaniladigan metodlar. Mifologjya - Qadimgi dunyo xalqlarining dunyo, tabiat hodisalari, ularning paydo boMishi hamda, xudolar va qahramonlar haqidagi rivoyatlari, afsonalari. Bu afsonada qadimiy xalqlaming dunyo xamda xudolar haqidagi ibtidoiy tasawurlari aks etgan boMadi. Motiv — kishining m a’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos boMadigan kishining ichki faoliyat mazmuni. Motivatsiya — shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar to ‘plami boMib, u ayni zamonda kishi xulqini fiziologik va psixologik boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi. U faoliyatning yo‘nalishi, faolligi, uyg‘unligi ham da turg‘unligini belgilaydi. Muammoli o ‘qitish - o ‘quv mashg‘ulotini tashkil etish shakli boMib, unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida ta ’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar. Muammoli vaziyat - o ‘quv vaziyati boMib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi. Muloqotning yetakcbi tipi — rivojlanishning ma’lum bir davrida atrofdagi kishilar bilan muomalada yetakchilikqiladigan muloqot tipi boMib, uning natijasida shaxsning asosiy sifatlari shakllanadi. Munozara — 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama qilish, bahs; 2) muayyan muammo bo‘yicha fikr almashishga asoslangan ta’lim metodi. Nazariy bosqich - tadqiqot obyekti to‘g ‘risidagi amaldagi va istiqboldagi tasawurlar hamda ularga boMgan talab o ‘rtasidagi ziddiyatni yengish. Nazariy tahlii — pedagogik hodisalaming alohida jihatlari, belgilari, xususiyatlari o‘ziga xosligini aniqlash va tahlii etish. Obyekt — insonning, subyektning bilish predmeti va faoliyati. Odat — kishining m a ’lum e ’tiq o d lar, qadriyatlar yoki axloqiy m e’yorlardan kelib chiqib amalga oshiradigan ongli faoliyati. Pedagog — tarbiyachi, o ‘qituvchi, dars beruvchi. Pedagogika — yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan. Pedagogikada antropologik yondashuv — odam to‘g‘risidagi barcha fanlar www.ziyouz.com kutubxonasi ma’lumotlaridan muntazam foydalanish va pedagogik jarayonni tashkil etish hamda amalga oshirishda ulami hisobga olish. Pedagogikaning nazariy vazifasi — ilg‘or va yangi pedagogik tajribalarni o'rganish. Pedagogikaning texnologik vazifasi — diagnostik sath - pedagogik hodisalar holatini aniqlash; bashorat qilish sathi — pedagogik faoliyatni eksperimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish m odellarini o ‘rnatish; loyiha sathi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o‘quv reja, dastur, darslik va o ‘quv qo‘llanmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi - pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflektik tuzatma (korrektirovka) sathi - ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash. Pedagogika predmeti — maxsus institutlarda (oila, ta’lim va tarbiya, madaniyat muassasalari) maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon. Pedagogik jarayon — ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o ‘zaro munosabatlari. Pedagogik jarayon tamoyillari — pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo‘Iib, u pedagogik jarayonning yo‘nalishini ko‘rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi. Pedagogik ixtisoslik — ta’lim natijasi o‘laroq bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuidan iborat bir kasbiy guruh doirasidagi faoliyat turi. Pedagogik ixtisoslashish — pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning bir turi. Pedagogik malaka — muayyan toifadagi vazifalami hal qilish imkoniyatiga ega boMgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi. Pedagogik masala — pedagogik jarayonning asosiy birligi, o ‘ziga xos tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog‘liq tafakkur qilinadigan pedagogik vaziyat hamda ta ’lim qatnashchilarining m a’lum bir maqsadini ko ‘zlagan ta ’lim va tarbiyadagi m oddiylashtirilgan vaziyat xisoblanadi. Pedagogik mahorat — U pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), hamda pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezidir. Pedagogik muloqot — ta'lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari m azm unidan kelib chiqadigan o ‘zaro aloqalami o ‘rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qо ‘ 11 ab-quvva11 ashni tashkil etishning ko‘p qirrali jarayoni. Pedagogik takt — bolaiar faoliyatining turli doiralarida ular bilan www.ziyouz.com kutubxonasi muloqotda b o ‘lishning pedagogik tamoyili, o‘lchovi hamda o‘quvchilar bilan ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda to ‘g‘ri m uloqotda bo‘la olish malakasi. Pedagogik texnika — 1) har bir ta ’lim oluvchiga va jam oaga pedagogik ta ’sir o ‘tkazishda sam arali q o ‘llash u c h u n zarur b o ‘lgan m alaka va ko‘nikm alar majmuasi; 2) har bir ta ’lim oluvchi va jam oaning faolligini pedagogik jihatdan ta ’minlash uchun zarur b o ‘lgan malaka va ko‘nikmalar. Pedagogik texnologiya — 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o ‘zaro bog‘langan harakatlari tizimi; 2) ta ’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to ‘plamini q o ‘llash bilan bog‘liq b o ‘lgan pedagogning uzluksiz, o‘zaro shartlangan harakatlari tizimi; 3) pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qatiy ilm iy lo y ih a la sh tirilg a n pedagogik h a ra k a t; 4) t a ’lim sh a k lla rin i optimallashtirishga qaratilgan, texnika ham da inson omillari, uning o‘zaro hamkorligi asosida o ‘qitish jarayoni va bilimlami egallash, yaratish, qo‘llash ham da belgilashning tizimli metodi. Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta’limning o ‘zaro bog‘langan tashkiliy tuzilmasi. Pedagogik faoliyat — ta ’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi. Pedagogik o ‘yin — bilim olishga qaratilgan va m a’lum bir pedagogik natijani ko‘zlagan hamda ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshimvchi faoliyat turi. Pedagogning kommimikativ madaniyati — pedagogning kishilar bilan qisqa muddatda muloqot o ‘m ata olishi hamda ular bilan muloqot o ‘matishga bo ‘lgan doimiy intilishi. Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi) — pedagogning dunyoga, pedagogik voqelikka va pedagogik jarayonga bo‘lgan intellektual va hissiy munosabati. Pedagogik haqqoniylik — o ‘qituvchinig obyektivlik mezoni va uning m a’naviy tayyorgarlik darajasi. Proektiv malaka — malakaning maxsus turi bo‘lib, kutilgan pedagogik natijalami konkret ta ’lim va taibiya rejalarida aks ettiradi. Preskreptiv — m e’yoriy. Psixologjya — 1) shaxsning obyektiv borliqni faol aks ettirish jarayonini o ‘rganuvchi fan; 2) m a’lum bir faoliyat turining o ‘zaro shartlangan psixik jarayonlar to ‘plami; 3) psixika, xarakter xususiyati va ko‘ngil xazinasi. Ratsionalizasiya — metodlami yoki biror ish harakatni takomillashtirish. Releksatsiya — kuchli hayajon va jismoniy zo‘riqishdan so‘ng yengil tortish ham da tinchlanishning umumiy holati. Retrospektiv — o ‘tmishga m urajat etish. Refleksrv malaka — pedagogga nisbatan qo'llanadigan nazorat - baholash www.ziyouz.com kutubxonasi faoliyati. Refleksiya — takrorlash, aks ettirish, o ‘z harakatlari va holatlarini tahlii qilish. Rivojlanishning ehtimollik nazariyasi — shaxs psixikasi rivojlanishining har bir davrini tasodifiy faktlar yig(indisiga ko‘ra belgilashga asoslangan nazariya bo ‘lib, u awalgi rivojlanish davridagi erishilgan sathga nisbatangina bog'liq b o ‘ladi. Rol ijro etish — qatnashuvchilarning yakka va guruh bo'lib turli rollarda sahnaga chiqishi, obrazga kirishi. Ruhiy pedagogik tayyorgarlik — pedagogikaning metodologik asoslari va kategoriyalarini, shaxsning ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlarini hamda ta ’lim va taibiyaning mohiyati, maqsadi va texnologiyalarmi bilish. S ard o r—guruh a’zolariga lozim bo‘lgan vaziyatlarda sezilarli ta’sir оЧкага oladigan shu guruhning a ’zosi. Suggestiya — uqtirish, to ‘la ishonch hosil qilish. Suhbat — kuzatuv chog‘ida yetarli darajada aniq bo‘lmagan zarur axborotni olish uchun qo ‘llanadigan tadqiqot metodi. Tadqiqot obyekti — ziddiyat va muammoli vaziyat tug‘diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj obyekt. Tadqiqot predmeti — bevosita o ‘iganilishi lozim bo‘lgan va amaliy yoki nazariy jihatdan m uhim ahamiyat kasb etadigan obyektning mohiyati, xususiyati. T azyiq o ‘tk a z ish — u y a ltiris h , a y b d o rlik h issi b ila n k o ‘ngli cho‘kkanlarning fikri, hissiyoti, intilishi va maylini ulam ing ongidan xalos qilish. Talqin qilish — biror hodisa yoki narsani izohlash, tushuntirish. Takabbur — o ‘z manfaatlarini yuqori qo‘yuvchi, m anm an shaxs. Takt — misli ko‘rilmagan tarzda o ‘zini tuta bilish. T a’lim — 1) shaxsning jismoniy va m a’naviy shakllanishining yagona jarayoni, sotsial etalonlam ing ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan ham da tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlami egallash g‘oyaviy-axloqiy qadr, malaka, k o ‘nikma, axloq m e’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim. T a ’limning madaniy insonparvarlik vazifasi — U kishining hayot to ‘siqlarini yengishga yordam beradigan m a’naviy kuchi, qobiliyati, malakalari, tabiat va ijtimoiy hayotga moslashish vaziyatidagi xarakteri, m a’naviy masuliyatining shakllanishi, shaxsning, kasbiy takomili hamda shaxsning o ‘zi tom onidan amalga oshirilishini ta ’minlovchi imkoniyatlari kabilami o ‘z icliiga oladi. Shuningdek, u yana shaxsning intellektual va axloqiy erkinlikka, shaxsiy muxtoriyatga hamda baxtiga erishish uchun zarur bo ‘lgan vositalar va shaxsning individual ijodiy taraqqiy etishi borasidagi m a’naviy www.ziyouz.com kutubxonasi imkoniyatlarining ochilishi uchun sharoitlar yaratishi kabilami ham nazarda tutadi. Ta’lim turlari — sokratcha suhbat metodi, an ’anaviy ta’lim, izohli- namunali (illyustrativ) t a ’lim, bilimlami mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta ’lim, ta ’lim ni algoritmlash jarayoni, differensiasiyali, individual ta ’lim va boshqalar. Tarbiya — 1) shaxsning m a’naviy va jismoniy holatiga m untazam va maqsadga muvofiq ta’sir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va taibiyalanuvchilaming maxsus tashkil etilgan faoliyati. Taqlid qilish — biror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takroriash, aynan o ‘zlashtirish. Tafakkur — U inson aqliy faoliyatining oliy shakli bo‘lib, insonlami o ‘iab olgan dunyodagi o ‘zaro bog‘langan narsa va hodisalami bilish jarayonidir. Shuningdek, u yana m uhim hayotiy jarayonlarni his qilish va m uam m olam i hal qilish, m a’lum b o ‘lmagan voqea hodisalami qidirish hamda, kelajakni ko‘ra olish degani hamdir. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo‘Iadi. Temperament — 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jih atlarini bildiradigan tu rg ‘un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, tem p, psixik jarayonlar va holatlar ritmi. Test — 1) standart shakldagi topshiriqlar b o ‘lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o ‘tkaziladigan sinovdir; 2) aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalaniladigan tarqatma material, savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va m a’lum sifat baholarini oldindan berilgan b a’zi standart — test m e’yorlari bilan qiyosiy o ‘iganishga m o‘ljallangan psixologik tadqiqotlaming standartlashtirilgan metodi. Testdao o‘tkazish — ta ’lim oluvchining bilim va malakalarini, psixik rivojlanishi va ijtim oiy tajribasini aniqlash uchun savollar tizim ining qo‘yilishidir. Texnologiya — ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor m ahsulotlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ashyoning holati, xususiyati, shaklini o ‘zgartirish metodlari to ‘plami. Download 36.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling