1. Eksperiment tadqiqotlarning turi Eksperimentning reja-dasturi Eksperimentni o‘tkazish
Download 16.11 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperimental tadqiqotlarning turi.
5-Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar.Eksperimental tadqiqotlarga qo’yilgan talablar. Reja: Reja: 1.Eksperiment tadqiqotlarning turi 2.Eksperimentning reja-dasturi 3.Eksperimentni o‘tkazish Tayanch so‘z va iboralar: Eksperiment, laboratoriya eksperimenti, ishlab chiqarish eksperimenti, dala sinovlari, oddiy esperiment, eksperiment metodologiyasi, eksperiment reja dasturi, eksperiment metodikasi, omillar soni, vosita, ko‘rgazmali shakl, mehnat talablilik, sub’ektiv ta’sir, kuzatish daftari. Eksperimental tadqiqotlarning turi. Eksperimental tadqiqotlar yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usullaridan biridir.Eksperiment o’tkazishdan bosh maqsad nazariy qoidalarni tekshirish ya‘ni ishchi gipotezani tasdiqlash hamda ilmiy tadqiqot mavzusini yanada kengroq va chuqurroq o’rganishdir. Eksperimentlar tabiiy va sun‘iy bo’lishi mumkin. Tabiiy eksperimentlar ishlab chiqarish, turmush va h.k.larda ijtimoiy hodisalarni o’rganish maqsadida o’tkaziladi. Sun‘iy eksperimentlar esa texnika va boshqa fanlarda keng qo’llaniladi. O’rganilayotgan ob‘yekt yoki jarayon modelining xususiyatiga, eksperimentlarni tanlash va o’tkazishga bog’liq holda ular laboratoriya va ishlab chiqarish turiga bo’linadi. Laboratoriya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma va stendlarda namunaviy asboblar va tegishli apparatlar yordamida o’tkaziladi. Ular harajatni kam qilgan holda qimmatli ilmiy axborotni olish imkonini beradi. Ammo, eksperimental tadqiqotlarning bunday turi hamma vaqt ham jarayon yoki ob‘yekt haqidagi ma‘lumotlarni to’liq aks ettira olmaydi. Ishlab chiqarish eksperimentlari atrof muhitdagi turli tasodifiy omillarni hisobga olgan holda, mavjud sharoitlarda o’tkaziladi. Ular laboratoriya eksperimentlariga qaraganda murakkab bo’lib, tajribalar naturalarda (real jarayon yoki ob‘yektlarda) olib borilganligi uchun xajmdor hisoblanadi, shu sababdan o’tkazishdan avval puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi. Ekspluatatsiya qilinadigan ob‘yektning turli dala sinovlari ham ishlab chiqarish eksperimentlariga kiradi. Tegishli metodika va shakl bo’yicha tashkilotlar, muassasalar yoki korxonalardan tadqiq etilayotgan u yoki bu masala bo’yicha materiallar to’plash ham ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi hisoblanadi. Eksperimental tadqiqotlarni samarali o’tkaziщ uchun eksperiment metodologiyasi ishlab chiqiladi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi: eksperimentni reja-dasturini ishlab chiqish; o’lchamlarni baholash va eksperiment o’tkazish vositalarini tanlash; eksperimentni o’tkazish; eksperiment natijasida olingan ma‘lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish. 2. Eksperimentning reja dasturi Eksperimentning reja-dasturi–eksperimental tadqiqotlarning metodologik asosidir. Reja-dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi: tadqiqot mavzularining ro’yxati va ishchi gipotezaning mazmuni; eksperiment metodikasi va uni bajarish uchun zarur materiallar, asboblar, qurilmalar va h.k.lar ro’yxati; bajaruvchilar ro’yxati va ularning kalendar ish rejasi; eksperimentni bajarish uchun harajatlar ro’yxati. Eksperiment metodikasi deb metodlar, eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq bajarish usullarining majmuiga aytiladi. Umumiy tarzda u o’z ichiga quyidagilarni oladi: eksperimentning maqsad va vazifasini; omillarni tanlash va ularning o’zgarish darajasini; vositalar va o’lchashlar intervalini asoslashni; eksperimentning mohiyati va tartibining bayonini; eksperiment natijalarini ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslashni. Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani tahlil qilish asosida aniqlanadi. Vazifa aniq bo’lishi, ularning soni uncha ko’p bo’lmasligi lozim: oddiy eksperiment uchun - 3...4, majmua eksperiment uchun esa - 8...10 ta. O’rganilayotgan jarayon yoki ob‘yektga ta‘sir etuvchi omillarni tanlash qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha omillar mazkur eksperiment uchun avval muhimlik darajasiga ko’ra saralanadi, so’ngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi. Omillar soni uncha ko’p bo’lmaganda (3 gacha) ularning muhimlik darajasi bir omilli eksperiment bo’yicha aniqlanadi (bitta omil qolganlar muhim bo’lganda o’zgaradi). Agar omillar soni katta bo’lsa, yuqorida ko’rib o’tilganidek, ko’p omillik tahlil qo’llaniladi. O’lchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, o’lchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi. Qoidaga ko’ra, tajribalarda mamlakatimizda va chet ellarda yalpi ishlab chiqariladigan standart o’lchash vositalaridan foydalaniladi. Ayrim hollarda, kamyob o’lchov asboblari va apparatlari qo’lbola tarzda bunyod etiladi. Eksperimentni o’tkazishning mazmun va tartibi - metodikaning markaziy qismi hisoblanadi. Unda eksperiment o’tkazish jarayoni to’la loyihalashtiriladi: kuzatish va o’lchash operatsiyalarini amalga oshirishning ketma-ketligi tuziladi; eksperiment o’tkazishning tanlangan vositalarini hisobga olgan holda har bir operatsiya ayrim-ayrim holda mufassal tavsiflanadi. operatsiyalarning sifatini nazorat qilishda qo’llanadigan usullar tavsiflanadi; kuzatish va o’lchash natijalarini yozish uchun daftar tutiladi. Eksperimental ma‘lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslash metodikani muhim bo’limi hisoblanadi. Eksperiment natijalari namoyish etishning ko’rgazmali shakliga keltirilishi lozim, ya‘ni jadvallar, grafik, nomogrammalar va h.k. tarzida, toki ularni qiyoslash va tahlil qilish mumkin bo’lsin. Bunda alohidagi e‘tibor natijalarni ishlab chiqishning matematik usullariga ya‘ni empirik bog’liqlik, omillar va chiqish parametrlari o’rtasidagi aloqa approksimatsiyasi, mezonlar, ishonchli intervallar o’rnatish va boshqalarga qaratiladi. Eksperimentning metodikasi ishlab chiqilgandan so’ng, eksperimental tadqiqotning hajmi va mehnat talabliligi aniklanadi. Ular nazariy ishlanmalarning chuqurligi va qabul qilingan o’lchash vositalarining tavsifiy ko’rsatkichlariga ya‘ni aniqlik darajasi, ishonchliligi, tezkorligi, harakatlanishi va h.k. ga bog’liq. Tadqiqotning nazariy qismi qanchalik aniq ifodalangan bo’lsa, eksperimentning hajmi va mehnat talabliligi shuncha kam bo’ladi. Tabiiyki, hajm va mehnat talablilik eksperimentning turiga bog’liq. Dala sinovlari, qoidaga ko’ra, ko’p mehnat talabdir. 3. Eksperimentni o’tkazish Eksperimentni o’tkazish - ilmiy tadqiqotning eng muhim va ancha mehnat talab etadigan bosqichidir. Eksperimentlar tasdiqlangan reja-dastur va eksperiment metodikasiga muvofiq o’tkaziladi. Tadqiqotchi eksperimentga kirishar ekan, sinovlarni o’tkazish metodikasi va ketma-ketligini tugal aniqlashi lozim. Eksperimental tadqiqotlar o’tkazish jarayonida quyidagi bir qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim: eksperimentchi o’lchash natijalariga sub‘ektiv ta‘sir ko’rsatishga yo’l qo’ymay, tadqiq etilayotgan jarayon yoki ob‘yekt parametrining barcha tavsifini vijdonan qayd etishi lozim; eksperimentchi ehtiyotsizlikka yo’l qo’yishi mumkin emas, chunki bu hol ko’pincha katta xatoliklarga va natijalarni soxtalashtirishga, oqibatda esa, eksperimentlarni takrorlashga olib keladi; eksperimentchi albatta kuzatish va o’lchash daftarini yuritishi kerak, uni tartibli va hech qanday tuzatishlarsiz to’ldirib borish lozim; eksperiment jarayonida uni bajaruvchi o’lchash vositalari ishini, ular to’g’ri ko’rsatayotganligini va qurilma, jihoz, stend va h.k.lar ishining barqarorligini hamda atrof muhit holatini muntazam kuzatishi, ish zonasiga begonalarni kiritmasligi shart. eksperimentchi o’lchov vositalarini, ular to’g’riligini nazorat qilgan holda ishchi nazoratni muntazam o’tkazishi kerak; o’lchashlarni o’tkazish bilan bir vaqtda tajribani bajaruvchi olingan natijalarni muntazam ravishda dastlabki ishlab chiqish va tahlil qilishdan o’tkazishi lozim. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, eksperimentni to’g’rilash, metodikani yaxshilash va eksperiment samaradorligini oshirishga imkon beradi; eksperimentchi texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong’inni oldini olish bo’yicha yo’riqnomalarning talablariga amal qilishi lozim. Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ayniqsa ishlab chiqarish eksperimentini o’tkazayotgan xollarda amal qilish kerak. Download 16.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling