O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


Download 72.8 Kb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi72.8 Kb.
#1028284
  1   2   3   4
Bog'liq
ped 2-2-Mustaqil ish -



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
TT va KT fakulteti sirtqi TT 11-18- guruh talabasi
Hayitmurodov Obidning Pedagogika. Psixologiya fanidan

2-MUSTAQIL ISHI



Qarshi 2021


Mavzu : Psixologik va pedagogik ko‘nikmalar.


Reja:

  1. Psixologik va pedagogik ko‘nikmalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Ta’lim xodimlari oldiga qo’yilgan vazifalardan biri har tomonlama yetuk, barkamol shaxsini tarbiyalash va ularga bilim berish asosida kasb-hunarga yo’naltirish hamda mustaqil hayotga tayyorlashdir. Bunday mas’uliyatli vazifalarni bajarish uchun o’quvchi shaxsini har tomonlama chuqur o’rganish zarur. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, layoqati va boshqa individual sifatlari shakllanishining psixologik qonuniyatlarini bilishi hamda ulardan ta’lim jarayonini tashkil etishda to’g’ri foydalana olishi lozim. Bunda psixologik – pedagogik tashxis daftari yordam beradi, chunki mazkur daftar o’qituvchiga har bir o’quvchining individual psixologik xususiyatlarini, ko’nikma va malakalarini, qobiliyat va layoqatlarini aniqlash, uning rivojlanish dinamikasini kuzatish hamda zarur hollarda oquvchiga korrektsion yordam ko’rsatish imkonini beradi.


Joylarda tashxis daftarini yuritishda bir qator qiyinchiliklar va tushunmovchiliklar vujudga kelganligi sababli, mazkur tashxis daftarini yuritish bo’yicha tavsiya ishlab chiqildi.
Tavsiyalarda daftarning bandlarini to’ldirishda qanday ko’rsatkichlarga ahamiyat berish kerak hamda qanday tashxis metodikalaridan foydalanish mumkinligi ko’rsatildi va daftarni yuritish namunasi etiboringizga havola etildi.
Birlamchi tashxis bolani 1-sinfga qabul qilish vaqtida o’tkaziladi. Mana shu tashxis natijalari hamda sentyabr oyida olib borilgan psixologik – pedagogik kuzatuvlar asosida o’quvchilar bilan I-II o’quv choraklarida “Psixologik salomatlik” maktabi korrektsion Dasturi asosida rivojlantiruvchi mashg’ulotlar olib boriladi. II chorak oxirida olti yoshli o’quvchilarning maktabga moslashuvi chuqurlashtirilgan psixologik – pedagogik tashxis yordamida o’rganiladi. Shuningdek, mazkur tashxis ishlarini yetti yoshli o’quvchilar bilan ham o’tkazish tavsiya qilinadi. Mazkur daftar maktab shifokori, maktab logopedi, sinf rahbari hamda maktab psixologi hamkorligida to’ldiriladi:
PPT daftarining 1- bandida ko’rsatilgan ma’lumotlarni, maktab shifokori, bolaning salomatlik kartasida ko’rsatilgan xulosalar asosida to’ldirib boradi;
PPT daftarining 2- bandini (nutqi)- bolaning nutqi qay darajada rivojlanganligini, nutqida nuqsonlari mavjudligi, ulani korreksiyaga muhtojligi haqidagi ma’lumotlarni, va birgalikda to’ldirib borishadi. Bolaning barcha psixologik jarayonlarining rivojlanganlik darajasi haqida maktab psixologi yil davomida o’tkazgan psixologik metodikalari yordamida to’plangan ma’lumotlarni daftarga qayd qilib boradi;
PPT daftarining 3- bandida so’ralgan ma’lumotlarni sinf rahbari bolaning yil davomida namoyon bo’lgan sifatlari va hususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan to’ldirib boradi;
sinf rahbari yil davomida bola bilan ishlash jarayonida aniqlagan natijalari va xulosasini daftarning 4- bandida qayd etib boradi;
Umumiy tavsiyalarni yil oxirida maktab psixologi va sinf rahbari birgalikda daftarga qayd qilishlari lozim.
Olti yoshli hamda yetti yoshli o’quvchilarning maktabga moslashuv dinamikasini aniqlashda va psixologik – pedagogik tashxis xulosasini chiqarishda quyidagi ko’rsatkichlarga ahamiyat berish kerak:
1.Salomatligi – maktab shifokori bolaning salomatlik kartasida ko’rsatilgan ma’lumotlarni yozib boradi.
2.Oilasidagi shaxslararo munosabatlar – ushbu ma’lumotlarni sinf rahbari bolaning ota-onasi bilan o’tkazgan suhbatlari, ota-onalar yig’ilishlarida, sinf soatlarda bildirgan fikr- mulohazalari, ota – onalarning bola hayotidagi ishtirokidan kelib chiqib to’ldirishi lozim.
3.O’quv fanlarni o’zlashtirishi- bolaning yil davomida fanlardan olgan chorak baholari bilan to’ldirishi lozim.
4.Yoqtirgan (yoqtirmagan) fanlari- bolaning chorak baholariga qarab, fanlarda ishtiroki, qiziqishlari va harakatlaridan kelib chiqib to’ldirilishi lozim.
5.Qiziqishlari- bolaning o’z hohishi bilan qatnashgan maktab va maktabdan tashqari to’garaklari, fan olimpiadalarida ko’rsatgan natijalariga qarab to’ldiradi.
6.-7 Qanday kasblarga moyil- maktab psixologi o’quv yili davomida sinf bilan o’tkazgan
kasbiy o’yinlari, suhbatlari, test, kasblar haqida yozgan insho va bayonlari asosida chiqargan natija va hulosalarga qarab to’ldiriladi.
8. O’quvchining yaqqol ifodalangan xarakter xususiyatlari- sinf rahbari yil davomida bolaning turli xil tadbirlarda, jamoat ishlarida, sport musobaqalarida va atrofdagilar bilan munosabatlaridan kelib chiqib to’ldirishi lozim.
9. Tuzatishni, yahshilshni talab etadigan xususiyatlari- sinf rahbari bolaning hatti harakatlarida kuzatgan kamchilik yoki nuqsonlarini (uyatchanlik, tajovvuskorlik, sirlilik, giper aktivlik, passivlik …) maktab psixologiga yozma ravishda bildirib, bolaning ota-onasini ogohlantirgan holda, bolaga maktab psihilogini biriktirishi lozim va daftarga qayd qilib qo’yish kerak bo’ladi.
10-11. Shunga ko’ra maktab psixologi bola bilan ishlash davomida qo’llagan psixologik metodikalari natija va hulosalarini daftarga qayd etib borish lozim.
12. Dastlabki kasbiy maslahat- maktab psixologi bolaning test natijasiga va barcha o’tkazgan metodikalariga qarab natija va xulosalarni daftarga qayd qilib boradi.

Download 72.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling