Kattalarga, atrofdagilarga, tengdoshlariga munosabati birgina yaqin o’rtog’i bor, saranjom – sarishtalik va tartib – intizomni xush ko’rmaydi. Atrofdagilarga munosabati salbiy, tezda urushib ketadi. Tanbehlarga o’ta agressiv munosabat bildiradi.Mashg’ulot va topshiriqlarni bajarishda mas’uliyatni his qilmaydi, yutuqqa intilmaydi. Jamoaviy hamkorlik va yangi ijtimoiy muhitga moslashish ko’nikmalariga ega emas
Vatanparvarligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida tushunchaga ega; O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bu asosiy qonun, 8 dekabr -Konstitutsiya kuniligini, Davlat ramzlari haqida tushunchaga ega. Madhiyani yoddan biladi. Buyuk ajdodlarimiz, mashhur shaxslardan Alisher Navoiy, A. Temur, Ulug’bek, Boburni biladi. Vatanparlik, botirlik va mardlik tushunchalarini sharhlay olishga va misol keltirishga qiynaladi.
Milliy an’analar va qadriyatlar to’g’risida ilk tushunchaga ega. Badiiy kitoblarni qiziqib o’qiydi, ijobiy va salbiy qahramonlarni ajrata oladi.
Mehnatsevarligi Sinf xonasini yig’ishtirishga yordam beradi, lekin tengdoshlari bilan birgalikda ishlashni yoqtirmaydi. Uy – ro’zg’or yumushlarida kattalarga ularning qistovi bilan hohishsiz yordam beradi Mehnat qilishni yoqtirmaydi va o’zgalar mehnatini qadrlamaydi O’qishga munosabati salbiy, maktabga o’z hohishi bilan kelmaydi, darslarni o’z vaqtida va mustaqil bajarmaydi, darslarda passiv ishtirok etadi
Boshqa sifatlari turli narsalarni yasashni va qismlarga ajratishni yoqtiradi, uzoq vaqtgacha kek saqlaydi. Tez hafa bo’ladi. O’z kamchiliklarini sezmaydi. O’z xatolarida boshqalarni ayblaydi. Qahri qattiq, o’z imkoniyatlarini yuqori baholaydi. Boshqalardan yordam kutmaydi va so’ramaydi.
4.Pedagogik korreksiya (tuzatish)ni talab etadigan sifatlari:
Bolada o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholash, boshqalarning fikr -mulohazasini to’g’ri qabul qilishga va boshlqalarni hurmat qilishga, bir ishni oxiriga yetkazishga o’rgatish, sabr – chidamli va kechirimlilik his – tuyg’ularini tarbiyalash.
1 – 3 – sinflarda o’quvchilar bilan psixologik – pedagogik tashxis otkazishda quyidagi tashxis metodikalaridan foydalanish mumkin;
Sezgi ‘Sehrli xaltacha” metodikasi -bola xaltadagi predmetlarni sifat ko’rsatkichlariga qarab (hajm, og’irligi, o’lchami))teri – taktil sezgisi orqali nimaligini topa olishi kerak
“Piramidkani yig” metodikasi – bola ko’zi bog’langan holda piramida doirachalarini ketma- ketlikda va katta – kichikligiga rioya qilib to’g’ri terishi talab qilinadi.
Qumli qog’ozdan yasalgan harflarni ko’zni yumib tanish.
Idrok ‘Qismlardan butun yasa” metodikasi – 6 – 8 qismga bo’lingam syujetli rasmni 2 – 3 daqiqa ichida yig’ishi kerak
“Yetishmayotgan elementni top’” metodikasi bola predmetining yetishmayotgan qismini topishikerak.
“Predmetning elementidan o’zini top” metodikasi. Turli tasvirlar ichidan harf, raqamlarni tanish
Do'stlaringiz bilan baham: |