Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni tovush talaffuzini yaxshilashga qaratilgan web dasturiy ta’minot


Download 206.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2023
Hajmi206.13 Kb.
#1139618
Bog'liq
4278-Article Text-8357-1-10-20221027



Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni tovush talaffuzini 
yaxshilashga qaratilgan WEB dasturiy ta’minot 
 
Sh.Q.Nematov 
Y.M.Kamolova 
yulduzkhonk5155@gmail.com 
R.M.Nazirov 
Toshkent davlat texnika universiteti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb bo’lgan nutqida nuqsoni 
bo’lgan bolalarda nutqni rivojlantirish uchun zamonaviy yechimlar haqida qisqacha 
nazariy ma’lumot berilgan. 
Kalit so’zlar: spektral tahlil, nutqning buzilishi, talaffuz, nutq nuqsonlari, web 
platforma. 
WEB software aimed at improving the pronunciation of 
speech in children with speech defects 
Sh.Q.Nematov 
Y.M.Kamolova 
starkhonk5155@gmail.com 
R.M.Nazirov 
Tashkent State Technical University 
Abstract: This article provides brief theoretical information about modern 
solutions for the development of speech in children with speech impairments, which 
are relevant today. 
Keywords: spectral analysis, speech disorder, pronunciation, speech defects, web 
platform. 
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni davolashda 
avvalo talaffuzni o’rganish va yaxshilash uchun kompyuter texnologiyalari usullaridan 
foydalanishni maqsad qilib qo’ygan. Hozirgacha nutqning fonetik talaffuzini o’rganish 
uchun maxsus ishlab chiqilgan metodlardan foydalaniladi. Ovozli talaffuz holatini 
o’rganishda buzilgan tovushlar soni aniqlanadi, so’ngra nutqdagi turli xil nuqsonlarni 
(unli va undoshlarning talaffuzi, so’zlarni aytishning qisman yoki to’liq 
qobiliyatsizligi) bartaraf etish uchun oldindan tayyorlangan maxsus mavzuga 
asoslangan rasmlar va albomlar qo’llaniladi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
179


Insonlar bir birlari bilan muomilaga kirishar ekan, ularning asosiy ko’zlagan 
maqsadlaridan biri o’zaro bir biriga ta’sir ko’rsatishdir. Ammo ko’pgina nutqida 
nuqsoni bo’lgan bolalarning o’ziga nisbatan bo’lgan ishonchsizligi bunga imkon 
bermaydi va o’z fikrlarini ham nutqida aniq bayon ettirishga (nuqsonlari sababli) 
qiynalishadi.[1]
Texnologiyalarning jadal rivojlanishi va ko’pgina dasturiy ta’minotlarning 
yaratilishi yuqoridagi masalaga yechim topishga imkon beradi. Shu kabi 
muammolarga “Otsimo” mobil ilovasi bolalarning nutq ko’nikmalarini yaxshilashi 
mumkin bo’lgan aniq nutq faoliyatini ta’minlash uchun ovoz va nutqni spektral taxlil 
qila oladigan texnologiyadan foydalanadi. 
Otsimo nutqning kechikishi, duduqlanish, apraksiya, afaziya va artikulyatsiya 
kabi muammolarga duch kelgan yosh bolalar uchun mo’ljallangan. 
Dastur mobil qurilmalar uchun mo’ljallangan. 
“Proloquo2Go” gapira olmaydigan yoki tushunishga muhtoj bo’lgan yoshlar va 
kattalar uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minot bo’lib faqat IOS tizimida ishlaydi. U 
tabiiy tovushli ovozlarga ega va boshlang’ich va ilg’or kommunikatorlarni qo’llab-
quvvatlaydi.
Ko’pgina ota-onalar, o’qituvchilar va terapevtlar Proloquo2Go-ni ajoyib 
xususiyatlari tufayli tanlashadi. Uning qulayliklaridan biri gapirishni istagan 
so’zingizga biriktirilgan rasmga teginish orqali muolaja davom etadi. Faqat bu emas, 
foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida ikkita tildan foydalanishlari mumkin, bu ularga 
ikki tilda gapirish imkonini beradi. [2] 
www.bibusha.ru web sayti bolalar uchun mo’ljallangan web platforma bo’lib, 
bolalar o’zlariga kerakli ma’lumot va bilimlarni ota onalari bilan birgalikda turli xil 
o’yinlar o’ynab olishlari mumkin. 
Bibushani “Nutqida nuqsoni bor bolalar” uchun ham nutqni rivojlantirishga 
yordam beradigan qiziqarli bo’limlari mavjud. Bu bo’limda bola o’rganayotgan so’zini 
rasm va audio xolida o’rganadi.[3] qisman yechim bo’lishi mumkin. Shu bois quyida 
yuqorida nomi keltirilgan dasturiy ta’minotlarni avzal jihatlarini umumlashtirgan va 
mobil texnologiyalardan foydalangan holda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar va 
kattalardagi eshitish idrokini va to’g’ri talaffuzni rivojlantirish uchun amaliy WEB 
platformaning ishlash tamoyili va olinadigan natijalar yoritib beriladi. Ushbu WEB 
dastur “Eshit, eshitganni tushun va gapir” metodologiyasini [4] mobil texnologiyalar 
asosida modernizatsiya qilishga asoslangan platforma xisoblanadi. Eshitishda nuqsoni 
bo’lgan odamlar uchun tovushlarini tanib olishni o’rganish, mos keladigan tovushlarni 
doimiy va takroriy tinglash, bu tovushlarni tushunish, bu tovushlardan amaliyotda 
foydalanish va talaffuz qilish zarurati mavjud. Taklif etilayotgan WEB platforma ulkan 
imkoniyatlar ochadi, chunki deyarli barcha odamlar mobil qurilmalarga ega va taklif 
qilingan metodologiyadan hamma joyda foydalanish mumkin. Eshitishda nuqsoni 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
180


bo’lib implantatsiyadan keyin notanish tovushlarni tanib olish murakkab ish 
hisoblanib, bu masalani yechish uchun bir qancha zamonaviy kompyuter dasturlar 
mavjud. Bunday dasturlardan foydalanish talaygina qiyinchiliklarni yaratadi, masalan, 
barchada kompyuter tizimlari mavjud emas, bunday dasturlarni bepul topishni deyarli 
iloji ham yo’q, dasturlardan istalgan joyda foydalanishning iloji yo’q, dasturga 
yaratuvchilar tomonidan yangilanishlar kiritilsa albatta foydalanuvchilar dasturni qayta 
yuklashlari zarur bo’ladi va dasturlar internet tarmog’isiz ishlasa uning malumotlar 
bazasi katta hajmni egallaydi bu esa o’z navbatida foydalanuvchiga noqulaylik 
yaratadi. Bunday kamchiliklarni cheklab o’tgan xolatda yuqorida keltirilgan 
dasturlarga yordamchi bo’lgan WEB platformaning ishlash tamoyillari va qulayliklari 
haqida qisqacha malumotlar keltiriladi. Biz taqdim etadigan platforma global tarmoqda 
sof O’zbek tilida yaratiladi. Platformaning ishlash tamoillari quyidagicha: 
Reabilitatsiya jarayonidagi bemorlarga notanish tovushlarni tanitish idrok etish va 
muloqotda foydalanish uchun shifokorlar va yordamchi dasturlar bilan birga 
foydalaniladi, WEB platforma o’z bazasidagi tovushlarni rasmlar bilan birgalikda 
tovushli ko’rinishda foydalanuvchiga taqdim etadi.
Foydalanuvchi bemor berilgan tasvirni ovozli ko’rinishda qabul qiladi [5] va bir 
necha bor qayta qayta tinglaydi va tovush nimani ifodalayotganini idrok etadi. 
Foydalanuvchi tovush mazmunini tushunganiga amin bo’lsa va bu tovushni talaffuz 
qilmoqchi bo’lsa, bu tovushni bazadagi tovush bilan solishtirish imkonini yaratuvcha 
"Tovushni tahlil qilish" tugmasi orqali tahlil qilishi mumkin. Tahlil natijasi yaxshi yoki 
A’lo darajada deb topilsa keyingi tovushga o’tishi va mashqlarni davom ettirishi 
mumkin. Qayd etish lozimki bolalarda tovushlarni o’zlashtirish uchun qo’shimcha 
o’yinli mashqlar yaratilishi ko’zda tutilgan.
Web platformaning qulayliklari va yutuqlari quyidagilardir. 
Platforma global internet tarmog’ida mobil wap versiyada ishlaydi va bu versiya 
internet trafigini bir necha 10 mb/sek dan bir necha 10 kb/sek gacha kamaytiradi. 
Bunday kamayish foydalanuvchiga nima beradi? Foydalanuvchi bu orqali platformani 
internet tezligi juda past hududlarda qiyinchiliksiz va tezkor ishlatish imkoniyatini 
yaratadi. Web platforma o’z bazasiga ega bo’lib foydalanuvchining o’zlashtirish 
darajasi va qaysi bosqichdaligi albatda saqlanadi. Saytda bo’ladigan har qanday 
o’zgarishlar foydalanuvchilarga noqulaylik yaratmaydi va hech qanday yuklashlarni 
talab qilmaydi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida platformada idrokni 
mustaxkamlovchi o’yinli dasturlar, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni davolash 
maskanlari va ularga biriktirilgan shifokorlar, nutqni rivojlantiruvchi logopedlarning 
ma’lumotlari keltiriladi.Web dasturiy taminotning eng avfzal tarafi shundaki, saytdan 
bepul, qiyinchiliksiz va sof O’zbek tilida foydalanish mumkin. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
181


1-rasm www.starcoch.uz yaratilayotgan web platformaning kirish qismi 
Web platformaning asosiy maqsadi reabilitatsiya jarayonidagi bemorlarni tezroq 
sog’lomlashtirishdir. Yuqori natijalarga erishish uchun har ikki tamonni ham 
mashaqqatli mehnat kutadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. https://uz.denemetr.com/docs/768/index-94668-1.html 
2. https://alldigitalschool.com/top-10-best-speech-therapy-apps-for-2020/ 
3. http://bibusha.ru 
4. https://journals.uni-lj.si/slovenscina2/article/view/6930 
5. https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1742-6596/2131/3/032108/pdf 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
182

Download 206.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling