Mavzu: Kiyim nuqsonlari. Reja: Konstruktiv nuqsonlar. Texnologik nuqsonlar
Download 129.83 Kb.
|
kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstruktiv nuqsonlar
Mavzu: Kiyim nuqsonlari . Reja: 1.Konstruktiv nuqsonlar. 2. Texnologik nuqsonlar. 3. Modellash nuqsonlari. Tayanch iboralar: gorizontal, vertikal, qiya taxlama, g'ijimlar, burchak taxlamalari va dinamik nomoslik nuqsonlari , taranglik, keraksiz taxlamalar, qiyshayishlar. Kiyim loyihalashda qo'llanadigan konstruktorlik hisoblashlar odam tanasining tuzilishi, kiyim paketini tashkil etuvchi gazlamalarning xususiyatlari va boshqa omillar to'g'risida chegaralangan ma’lumotlarda asoslangan. Odam tanasining oqilona yoyilmasini tuzish shu qadar murakkabki, to'liq ma’lumotlarni yig'ilishiga sarflangan xarajatlar modellarni oson usullar orqali loyihalab, keyin ularni namunalarda aniqlashga nisbatan ancha-muncha oshadi. Shu bois hoziigi paytda yangi model namunasini benuqson tayyorlash konstruksiyalashning zarur qismi hisoblanadi. Konstruksiyaga o'zgarishlar kiritish nuqsonlarni paydo bo'lish sabablarini bilishni va ularni bartaraf etuvchi samarali choralarni birmabir tanlashni talab qiladi. Shu bois, konstruktor har xil nuqsonlarning tashqi belgilarini, ularni tahlil qilish yo'llarini, nuqsonlar sabablarini va tayyor kiyimda ularni bartaraf etadigan usullarini topa bilishi kerak. Tikuv buyumi benuqson bo'lishi uchun texnologik jarayonning barcha bosqichida nazorat kuchaytiriladi. Nuqsonlarning sababi ko'p. Ular taranglik, g'ijim, keraksiz taxlamalar, qiyshayishlar sifatida namoyon bo'lib, qomatda kiyim o'rnashuvini va muvozanatini buzadi. Kiyim nuqsonlarini osonroq aniqlash va bartaraf etish maqsadida ularning tasnifi tuzilgan 75. Kiyimda uchraydigan nuqsonlar konstruktiv, texnologik va modellash nuqsonlari guruhlariga bo'linadi. Konstruktiv nuqsonlar kiyimning o'lchamiva shakli qomat shakliga mos emasligidan paydo bo'ladi. Ular kiyim muvozanatini buzib gorizontal, vertikal, qiya taxlama, g'ijimlar, burchak taxlamalari va dinamik nomoslik nuqsonlari sifatida namoyon bo'ladi. Download 129.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling