Mavzu: Kiyim nuqsonlari. Reja: Konstruktiv nuqsonlar. Texnologik nuqsonlar
Kiyim konstruksiyalarining balansga
Download 129.83 Kb.
|
kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish
Kiyim konstruksiyalarining balansga
ta’sir etadigan nuqsonlari. Nuqson: yelkali kiyimda old bo‘lak etaklari ikki tomonga ochiladi, orqa ko'tarilgan, yon choklar orqa tomonga o‘tgan, old bo‘lakda o'mizdan markazga qiya taxlamalar yo'nalgan. Yubka va shimlarda old bo‘- lakda bel chizig‘ida ko‘ndalang taxlamalar, orqa bo'lak ko‘ tarilgan, qirqmalarning tomon lari ustma-ust chiqqan, yon choklar orqa tomonga surilgan (74-rasm). 74-rasm Sababi: kiyimning orqabo‘lagi kaltalashgan yoki old bo‘lagi uzunlashgan. Bartarqf etish: yelkali kiyimda chok haqi hisobiga orqa bo'lakning tepa qismi uzaytiriladi, orqa bo‘lak yon choklar bo‘ylab tepaga suriladi, old bo'lakning tepa qismi kaltalashtiriladi yoki barcha usullar bir vaqtda bajariladi (74-rasm, a). Belli kiyimlarda ham shu ishlar bajariladi: chok haqi hisobiga orqa bo‘lak uzaytiriladi, old bo‘lak kaltalashtiriladi, bel chizig‘i botiqroq o‘yiladi (74-rasmlar, b, v). Nuqson: yelkali kiyimda old bo‘laklar tepaga ko‘tarilgan va uchlari bir-birini ustiga chiqqan, yon chiziqlarga qiya taxlamalar yo'nalgan, orqa tomonda etagi oyoqlarga yopishib turadi, yoqa bo’yindan ajralib turadi, yon chiziqlar old tomonga surilgan. Belli kiyimlarda orqa qismi, bel chizig‘ida ko‘ndalang taxlamalar hosil qiladi, orqada qirqma tomonlari ochilib, old tomonga ustma-ust chiqadi (75-rasm). Sababi: kiyimning old qismi kaltaroq, orqa qismi esa uzun- roq. Bartaraf etish: yelkali kiyimlarda choklar haqi hisobiga old bo‘lakning tepa qismi uzaytiriladi, yoki u yon choklar bo‘yIab tepaga ko'tariladi, orqaning tepa qismi kaltalashtiriladi yoki barcha usullar bir vaqtda bajariladi (75-rasm, b). Belli kiyimlarda (yubka, shimlarda) ham shu kabi ishlar bajariladi. Yubkalarda choklar hisobiga old bo‘lak uzaytiriladi, shimlarda esa old detallari, orqa detal kaltalashtiriladi, bel chizig'i chuqurlashtiriladi yoki kiyimning orqa qismi yon choklar bo‘ylab past tomonga suriladi (75-rasm, v, g). Download 129.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling