Detallarda bo‘sh taxlamalar
Nuqson: orqa yoki old bo‘lakning o‘rta qismida, yoqa ostida (85-rasm), yubkaning tepa qismida, shimning o‘rta choki sohasida (86-rasm) bo‘sh gorizontal taxlamalar yuzaga kelgan.
Sababi: detaining ayrim uchastkalarida bo‘ylama o'Ichamlar kattalashgan.
Bartaraf etish: detaining nuqsonli uchastkalari kichraytiriladi.
85-rasm. 86-rasm. 87-rasm.
Nuqson: yelkali kiyimlarda o‘miz chizig‘i bo‘ylab old va orqa bo'laklarda bo‘sh vertikal taxlamalar (87-rasm) mavjud.
Sababi: detallar ortiqcha kengaytirilgan yoki o‘miz- ning egriligi yetarli emas.
Bartaraf etish: old yoki orqa bo'laklarning eni kichraytiriladi, o‘mizning egriligi to‘g‘rilanadi.
Detallarda qiya va yelpig‘ichsimon taxlamalar
Nuqson: ko‘krakdan o‘miz va yon choklar tomoniga qorin markazidan yon tomonlariga yo‘nalgan yelpig‘ichsimon taxlamalar (89-rasm) mavjud.
Sababi: vitachkalar kengligi yetarli emas.
Bartaraf etish: ko‘krak vitachkasi kengaytiriladi, qorin chiqqanligini hisobga olgan holda vitachka quriladi.
Nuqson: bel chizig‘ida yon qirqimlari oldida, bo‘rt- ma choklar yoki vitachkalar yonida yelpig‘ichsimon taxlamalar (90-rasm) mavjud.
Sababi: bel chizig'i ko'proq o‘yilgan.
Bartaraf etish: choklar hisobiga yon choklarning botiqligi kamaytiriladi; siluetini saqlab qolish maq- sadida qo‘shimcha choklar va vitachkalar kiritiladi.
Dinamikada kiyimning nuqsonlari
Nuqson: qo’llarni old tomonga ko'tarish qiyinlashgan.
Sababi: orqa yelka toraygan (91-rasm, a) yoki o‘mizning pastki qismi torroq (91-rasm, b), orqa o‘mizi ortiqcha chuqurlashtirilgan yoki yeng qiyamasi tirsak tomonda ko‘p o‘yilgan, yeng qiyamasi toraytirilgan (91-rasm, v), old bo‘lagining yeng o‘mizi yetarlicha o‘yilrnagan yoki o‘miz torroq (91-rasm, g).
Bartaraf etish: toraytirilgan detallarning eni kengaytiriladi va o‘miz yoki qiyamaning chiziqlari to‘g‘rilanadi. 0‘miz chuqurlashtiriladi yoki kengaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |