Mavzu: Kiyim nuqsonlari. Reja: Konstruktiv nuqsonlar. Texnologik nuqsonlar


Download 129.83 Kb.
bet3/9
Sana23.02.2023
Hajmi129.83 Kb.
#1225718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. S.U.Po’latova “Trikotaj buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish” Toshkent 2006
2. S.SH.Tashpulatov va b., “Keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash. Modellashtirish va badiiy bezash”,T, 2013
Qo’shimcha adabiyotlar:
1.F.Otaxonovava “Zamonaviy libosni modellashtirish”. Toshkent 2013 y
2.X.N. Komilova, N.K. Xamraeva «Kiyim loyixalash asoslari» Toshkent 2005

Mavzu:Kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish usullari .
Reja:
1. Kiyim konstruksiyalarining balansga ta’sir etadigan nuqsonlari.
2.Nuqsonlarni bartaraf etish usullari.

Tayanch iboralar: ko‘ndalang taxlamalar, yon choklar orqa tomonga surilgan, kaltalashtiriladi, bel chizig‘i botiqroq o‘yiladi, bel chizig'i chuqurlashtiriladi, bo‘sh gorizontal taxlamalar, bo‘sh vertikal taxlamalar.

Kiyim konstruksiyalarining balansga
ta’sir etadigan nuqsonlari.


Nuqson: yelkali kiyimda old bo‘lak
etaklari ikki tomonga ochiladi,
orqa ko'tarilgan, yon choklar orqa
tomonga o‘tgan, old bo‘lakda o'mizdan markazga qiya taxlamalar yo'nalgan.
Yubka va shimlarda old bo‘-
lakda bel chizig‘ida ko‘ndalang
taxlamalar, orqa bo'lak ko‘
tarilgan, qirqmalarning tomon
lari ustma-ust chiqqan, yon
choklar orqa tomonga surilgan (74-rasm). 74-rasm
Sababi: kiyimning orqabo‘lagi kaltalashgan yoki old bo‘lagi uzunlashgan.


Bartarqf etish: yelkali kiyimda chok haqi hisobiga orqa bo'lakning tepa qismi uzaytiriladi, orqa bo‘lak yon choklar bo‘ylab tepaga suriladi, old bo'lakning tepa qismi kaltalashtiriladi yoki barcha usullar bir vaqtda bajariladi (74-rasm, a). Belli kiyimlarda ham shu ishlar bajariladi: chok haqi hisobiga orqa bo‘lak uzaytiriladi, old bo‘lak kaltalashtiriladi, bel chizig‘i botiqroq o‘yiladi (74-rasmlar, b, v).


Nuqson: yelkali kiyimda old bo‘laklar tepaga ko‘tarilgan va uchlari bir-birini ustiga chiqqan, yon chiziqlarga qiya taxlamalar yo'nalgan, orqa tomonda etagi oyoqlarga yopishib turadi, yoqa bo’yindan ajralib turadi, yon chiziqlar old tomonga surilgan. Belli kiyimlarda orqa qismi, bel chizig‘ida ko‘ndalang taxlama­lar hosil qiladi, orqada qirqma tomonlari ochilib, old tomonga ustma-ust chiqadi (75-rasm).


Sababi: kiyimning old qismi kaltaroq, orqa qismi esa uzun- roq.


Bartaraf etish: yelkali kiyim­larda choklar haqi hisobiga old bo‘lakning tepa qismi uzaytiriladi, yoki u yon choklar bo‘yIab tepaga ko'tariladi, orqaning tepa qismi kaltalashtiriladi yoki barcha usullar bir vaqtda bajariladi (75-rasm, b). Belli ki­yimlarda (yubka, shimlarda) ham shu kabi ishlar bajariladi. Yubkalarda choklar hisobiga old bo‘lak uzaytiriladi, shimlar­da esa old detallari, orqa detal kaltalashtiriladi, bel chizig'i chuqurlashtiriladi yoki kiyim­ning orqa qismi yon choklar bo‘ylab past tomonga suriladi (75-rasm, v, g).

Detallarda bo‘sh taxlamalar


Nuqson: orqa yoki old bo‘lakning o‘rta qismida, yoqa ostida (85-rasm), yubkaning tepa qismida, shimning o‘rta choki sohasida (86-rasm) bo‘sh gorizontal taxlamalar yuzaga kelgan.
Sababi: detaining ayrim uchastkalarida bo‘ylama o'Ichamlar kattalashgan.
Bartaraf etish: detaining nuqsonli uchastkalari kichraytiriladi.




Download 129.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling