Mavzu: Kiyim nuqsonlari. Reja: Konstruktiv nuqsonlar. Texnologik nuqsonlar


Download 129.83 Kb.
bet5/9
Sana23.02.2023
Hajmi129.83 Kb.
#1225718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish

Nazorat savоllari.
1.Kiyim konstruksiyalarining balansiga ta’sir etadigan nuqsonlar?
2.Detallarda bo‘sh taxlamalar va ularni bartaraf qilish usullari?
3.Detallarda qiya va yelpig‘ichsimon taxlamalar va ularni bartaraf qilish usullari?
4.Dinamikada kiyimning nuqsonlari va ularni bartaraf qilish usullari?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. S.U.Po’latova “Trikotaj buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish” Toshkent 2006
2. S.SH.Tashpulatov va b., “Keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash. Modellashtirish va badiiy bezash”,T, 2013
Qo’shimcha adabiyotlar:
1.F.Otaxonovava “Zamonaviy libosni modellashtirish”. Toshkent 2013 y
2.X.N. Komilova, N.K. Xamraeva «Kiyim loyixalash asoslari» Toshkent 2005

Mavzu: Tikuv buyumlarini ta’mirlash va yangilash.
Reja:
1.Kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish usullari .
2.Nuqsonlarni bartaraf etish usullari.
Tayanch iboralar: gorizontal, vertikal, qiya taxlama, g'ijimlar, burchak taxlamalari va dinamik nomoslik nuqsonlari , taranglik, keraksiz taxlamalar,
qiyshayishlar.
Kiyim loyihalashda qo'llanadigan konstruktorlik hisoblashlar odam tanasining tuzilishi, kiyim paketini tashkil etuvchi gazlamalarning xususiyatlari va boshqa omillar to'g'risida chegaralangan ma’lumotlarda asoslangan. Odam tanasining oqilona yoyilmasini tuzish shu qadar murakkabki, to'liq ma’lumotlarni yig'ilishiga sarflangan xarajatlar modellarni oson usullar orqali loyihalab, keyin ularni namunalarda aniqlashga nisbatan ancha-muncha oshadi. Shu bois hoziigi paytda yangi model namunasini benuqson tayyorlash konstruksiyalashning zarur
qismi hisoblanadi.
Konstruksiyaga o'zgarishlar kiritish nuqsonlarni paydo bo'lish sabablarini bilishni va ularni bartaraf etuvchi samarali choralarni birmabir tanlashni talab qiladi. Shu bois, konstruktor har xil nuqsonlarning tashqi belgilarini, ularni tahlil qilish yo'llarini, nuqsonlar sabablarini va tayyor kiyimda ularni bartaraf etadigan usullarini topa bilishi kerak. Tikuv buyumi benuqson bo'lishi uchun texnologik jarayonning barcha bosqichida nazorat kuchaytiriladi.
Nuqsonlarning sababi ko'p. Ular taranglik, g'ijim, keraksiz taxlamalar,
qiyshayishlar sifatida namoyon bo'lib, qomatda kiyim o'rnashuvini va muvozanatini buzadi. Kiyim nuqsonlarini osonroq aniqlash va bartaraf etish maqsadida ularning tasnifi tuzilgan 75.
Kiyimda uchraydigan nuqsonlar konstruktiv, texnologik va modellash nuqsonlari guruhlariga bo'linadi.

Download 129.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling