5-amaliy mavzu: Bino konstruksiyalarining planli ijroiy s’yomkasi


Download 99.49 Kb.
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi99.49 Kb.
#1711737
  1   2
Bog'liq
OLIY GEODEZIYA 5AMALIY




5-AMALIY
Mavzu:Bino konstruksiyalarining planli ijroiy s’yomkasi

Ijroiy s’yomkada bino konstruksiyalarining fazoviy holati aniqlanib, ularning loyihaviy xolatdan chetlanishi xisoblanadi va ijroiy chizmasi tuziladi. Ijroiy s’yomka natijalari asosida montaj ishlarining sifati baholanadi va bino konstruksiyalarining ishga yaroqliligi aniqlanadi.


Tekshirilayotgan kattalikning turiga qarab ijroiy s’yomka planli va balandlik ijroiy s’yomkalariga bo‘linadi.
Bino ustunlarining planli ijroiy s’yomkasi
Planli ijroiy s’yomkada ustun o‘qlarini binoning loyixaviy o‘qlaridan chetlanishi aniqlanadi.
Ustunlarning loyihaviy holatdan chetlanishi, ularning yuqori va pastki kesimlarida binoning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha topiladi. YUqori kesim bo‘yicha topilgan chetlanish, ustunning tegishli o‘qlar yo‘nalishidagi qiyaligini xisoblash imkonini beradi.
Ustunlarning ijroiy s’yomkasi asosan yon tomonlama nivelirlash usulida bajariladi.
Buning uchun A-A o‘qini mahkamlovchi K va M (1-rasm) nuqtalaridan o‘qqa perpendikulyar teng kesmalar KK'=MM'=a o‘lchab qo‘yilib, A-A o‘qqa parallel bo‘lgan K'M' chizig‘i hosil qilinadi. Bu nuqtalardan biriga, misol uchun K' nuqtaga teodolit o‘rnatilib, M' nuqtaga vizirlanadi. So‘ngra ustunning yuqori va pastki qismlariga gorizontal o‘rnatilgan reykalardan byu va bp sanoqlari olinadi. Sanoqlar reykaning qora b' va qizil b'' tomonlaridan olinadi. Sanoqlar to‘g‘riligi ularning haqiqiy farqi:
F= b'- b" (1)
bilan nazariy farqni Fn solishtirish orqali teshiriladi. Joydagi ishlar ustunlarning har ikkala tomonidan l1 va l2 masofalarni o‘lchash bilan tugatiladi.
Barcha o‘lchash natijalari millimetr birligida ijroiy s’yomka jurnaliga yoziladi(2-rasm). Ustunning yuqori kesimida reykaning qora va qizil tomonidan olingan sanoqlar chiziq yuqorisiga, pastki kesimidan olingan canoqlar chiziq pastiga yoziladi, masalan b'yu=0195, b"yu= 4980, b'p=0201, b"p= 4987.
Planli ijroiy s’yomka natijalarini ishlash, sxema chizishdan boshlanadi. Buning uchun chizma qog‘ozga ixtiyoriy masshtabda bino va ustunlarning o‘qlari tushiriladi.
Ish natijalarini chizmada bemalol va ravshan ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi uchun ustunlar o‘lchamlarini kattalashtirib tasvirlash maqsadga muvofiqdir.
Ijroiy s’yomka jurnalida keltirilgan o‘lchash natijalaridan foydalanib, ustun o‘qining bino o‘qidan chetlanishlari yuqori Δyu va pastki Δp kesimlarda, reykaning qora Δ' va qizil Δ" tomonlari bo‘yicha hisoblab topiladi.

Download 99.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling