0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. Sultonov ekologiya va atrof-muhitni
urinishlami antik faylasuf Aristotel (Eramizdan avvalgi 384-322-
Download 3.71 Kb. Pdf ko'rish
|
urinishlami antik faylasuf Aristotel (Eramizdan avvalgi 384-322- y.) asarlarida uchratish mumkin. U 500 dan ortiq hayvon turlarining yashash tarzi to'g'risida yozib, unda ekologiyaga oid ko'plab fikrlam i olg'a suradi. Aristotelning shogirdi, «Botanikaning otasi» Teofrast Erezeyskiy (Eramizdan avvalgi 371-280-y.) esa o'simliklarning turli sharoitlarda o ‘zgarishi, ularning qiyofasi va xususiyatlari tuproq hamda iqlim ga bogMiqligi to'g'risidagi m a’lumotlami yozib qoldirgan. X V II-X V III asrlardagi e k o lo g ik m a ’lum otlar tirik organizmlarni ayrim guruhlarini o ‘rganishga qaratilgan edi. J.Byuffonning ishlarida( 1707-1778) hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri masalasi ko'tarilgan. J.B.Lamark (1774— 1892) dastlabki evolutsion ta’limotni o'rtaga tashladi va o ‘simlik hamda hayvonlarning evolutsion o ‘zgarishlarida eng muhim omil bu tashqi tabiiy muhit ta’siri deb hisobladi. XIX asrdagi ekologik ma’lumotlar (A. Gumbold) o'simliklar geografiyasida yangi ekologik yo'nalishni keltirib chiqardi. 1859- yilda Ch. Darvin «Tabiiy tanlash yo'li bilan turlarning kelib www.ziyouz.com kutubxonasi chiqishi» asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan m uhit o 'rta sid a g i har qanday qaram a-qarshiliklarnin g ko‘rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi. A .N .Beketov (1825-1902) o'simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlari ularning geografik tarqalishi bilan bog'liqligini hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun aham iyati katta ek an lig in i k o'rsatd i. 1877-yilda nem is gidrobiologi K.Myobius biosenozlar haqidagi tasavvurlarim asoslab berdi. O 'sim lik lar jam oasi haqidagi t a ’lim o tg a G .F.M orozov va V.N.Sukachev asos soldilar. Rus olimlari V .N .Sukachev, B .A .K eller, V.V .O lexin, V .G .R am enskiy, A.Shinnikov va chet ellik olimlardan F.Kelementes, K.Raunkier, T.Dyu Rie, I.Braun-Blanke va boshqalaming fitotsenologik ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Umumiy ekologiyaning rivojlanishida R.N.Kashkarovning «Muhit va jamoa» deb nomlangan O'rta Osiyo universitetida o ‘qigan m a ’ruzalari keyinchalik «H ayvonlar ek ologiyasi asoslari» nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo'lib qoldi. O'rta asrning 30-yillaridan boshlab ekologiyada yangi davr «Populyatsiyalar ekologiya»sini tadqiq qilish boshlandi. Uning asoschisi ingliz olimi Ch.Elton hisoblanadi. Hayvonlarning m orfolog ik va ev o lu tsio n ek ologiyasin i rivojlantirishga M .S .G ily a ro v va S .S .S h vars katta hissa q o 'sh d ila r. I.S.Serebryakov tomonidan gulli o'simliklarning hayot shakllari tasnifoti ishlab chiqildi. 1940-yillarning boshlarida tabiiy tizimlarni o'rganish jarayonida yangi yo'nalish kelib chiqdi. 1935-yilda ingliz olimi A .T en sli ek otizim lar, 1942-yilda esa V .N .S u k a ch ev biogeotsenozlar haqidagi ta’limotni ilgari surdilar. 1950-yilning boshlarida G.Odum, Yu.Odum, R. Uitekker, R.M argalef va boshqalar biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar. Ekologik ta ’limotning 0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistondagi taraqqiyoti. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olim lardan Muhammad Muso al-Xorazm iy, Abu Nasr www.ziyouz.com kutubxonasi Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar, ular hali ekologiya fan sifatida alohida shakllanmagan davrlardayoq tabiat va undagi muvozanat, o ‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e ’zozlashga oid qimmatli ekologik fikrlami aytganlar. Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy (782-847) 847-yilda «Kitob surat al-arz» nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, qita’lar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar, o ‘rmonlar va undagi o ‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, boshqa tabiiy resurslar - yerning asosiy boyliklari ekanligi haqida ma’lumotlar keltirgan. 0 ‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (870-910) ilmiy- falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlarida tabiatshunoslik ilmi, ilm iy-am aliy faoliyat va hunarmandchilik masalalari yoritilgan. Forobiy «Insoniyatning boshlanishi haqida kitob», «Hayvon a ’zolari to ‘g‘risidagi kitob», shuningdek, «Odam a’zolarining tuzilishi» kabi asarlarida odam va hayvonlarning ayrim a ’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari, ularning o ‘xshashligi va farqlari haqidagi m a’lumotlar keltirilgan. Forobiy tabiatda m avjud narsalarni tab iiy va inson q o ‘li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarga ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan degan xulosaga keladi. Inson omilining ta’siri katta ekanligini, tabiiy va sun’iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha baholagan. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotda ro‘y beradigan hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan bog‘lab tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarni quyoshning ta’siri bilan izohlaydi. Uning fikricha, inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to‘g ‘ri o ‘rgana oladi. U yer yuzida o'simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan, lekin o'simlik va hayvonlar cheksiz ko'payishga intiladilar va shu maqsadda kurashadilar, «Ekin ekish va nasi qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi», deb bashorat qiladi. Garchi dunyo cheklangan bo‘lsa-da, kunlar o'tishi bilan bu ikki o'sish natijasida ko'payish cheklanmaydi. Agar o'simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o'sishiga sharoit bo'lm ay, www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ‘sishdan to‘xtasa ham boshqalarida bu holat kuzatilmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga yo‘qolib ketmaydilar, balki ularning biri yo‘qolsa ham, u o ‘z o ‘xshashini qoldirib ketadi. B e r u n ^ ' a s a r l a r id a o ‘simlik va h a y v o n la r n in g b io lo g ik xususiyatlari, ularning tarqalishi va x o ‘jalikdagi ahamiyati haqida m a ’lumotlar beriladi. Beruniyning ilmiy qarashlari asosan «Saydana», «Mineralogiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida o ‘z aksini topgan. «Qadimgi a v l o d l a r d a n q o lg a n y o d g o r lik la r » a s a r i d a o ‘sim lik va hayvonotlarning tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq- a tv o rin i yil fasllarining o ‘zgarishi bilan bogMiq ravishda o ‘zgarishi misollar bilan tushuntirilgan. Beruniy yer qiyofasining o ‘zgarishi o ‘simlik va hayvonot dunyosining o ‘zgarishiga, tirik organizmlarning turli hayoti yer sayyorasi tarixi bilan bo g‘liq boMishi kerak deb hisoblaydi. Qumni kovlab, uning orasidan chig‘anoqni topish mumkin, deydi alloma. Buning sababi shuki, bu qumlar qachonlardir okean tubi boMgan deb xulosa qiladi. Beruniyning «Saydana» nomli asarida 1116 xil dori-darmonlar tavsiflangan. Ularning 750 tasi turli o ‘simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinishini bayon etgan. Beruniy o ‘zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari asosida tabiatdagi hodisalar m a ’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, ularni tashqaridan t a ’sir etuvchi har qanday kuch o ‘zgartirish qobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi. Abu All ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga yuksak hissa q o ‘shgan olim lardan biridir. Uning 450 dan ortiq asarlari m a ’lum. Bizgacha ulardan 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» nomli shox asari tibbiyot ilmining qomusi b o ‘lib, u o ‘rta asr tibbiyot ilmi taraqqiyotining oliy c ho ‘qqisi hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit t a ’siri muhimligini bilgan alloma, ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya’ni, u kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi. Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari - «Kitob ash-shifo», ya’ni «Davolash kitobi»da bayon etilgan. Bu asarda materiva. fazo. vaqt. shakl, harakat. borliq kabi falsafiy tushunchalar. shuningdek. matematika, kimyo, botanika. www.ziyouz.com kutubxonasi zoologiya, geologiya, astronom iya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) ning nom i aytilganda ko‘pchilik uni shoir deb biladi. Ammo Bobur faqat sho irgin a b o ‘lmay, balki p o d s h o h , s a rk a r d a , tarixchi va m ashshoq, ovchi va b o g ‘bon. sayyoh va tabiatshunos ham b o ‘lgan. « B o b u rn o m a » u n ing eng yirik asaridir. A sarda Boburning k o ‘rgan-kechirganlari, yurgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonlari, o ‘simliklari va boshqalar tasvirlangan. Unda yer, suv, havo, turli xil tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari k o ‘plab topiladi. 0 ‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov va Ye.P.Korovin hisoblanadilar. 1930-yillarda ular tomonidan «Muhit va jamoa», « 0 ‘rta Osiyo va Qozog'iston c h o ‘lla rin in g tu rla ri va u l a r d a n x o ‘j a l i k d a fo y d a la n is h istiqbollari», «Cho‘llardagi hayot» kabi ilmiy asarlar chop etildi. Bu asarlarda ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari o ‘z aksini topgan. 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida o ‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. Keyinchalik bu ishlarni amalda O.X.Hasanov, R.S. Vernik va boshqalar davom ettirdilar. 1959-yilda janubi-g‘arbiy Qizilqum cho‘l stansiyasi. I960- yilda Nurota chala cho‘l stansiyasi tashkil etilib, u yerdagi ozuqa o ‘s im lik la ri u s tid a e k o lo g ik , fiz io lo g ik va b io lo g ik yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va bu ishlar hozir ham davom ettirilmoqda. F .N .K a s h k a r o v 0 ‘zb ek isto n d ag i h a y vonot dunyosini o ‘rganish ishlariga ham muhim hissa qo'shgan. 1950-yildan boshlab uning ishlari 0 ‘zbekiston F a nlar akademiyasining zoologiya va parazitologiya instituti olimlari V.A.Selevin, T.Z.Zohidov, I.l.Kolesnikovlar tom onidan davom ettirildi. Institut olimlari tomonidan olib boriladigan asosiy tadqiqot y o ‘nalish i 0 ‘z b e k is to n h a y v o n o t o l a m in in g u m u m iy qonuniyatlarini o ‘rganishga qaratilgan. 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari T.Z.Zohidov, A .M .M uham - madiyev, muxbir a ’zolaridan V.V.Yaxontov. M.A.Sultonov, www.ziyouz.com kutubxonasi R .O .O l im j o n o v k a b i o lim la r 0 ‘z b e k is t o n d a z o o lo g iy a tad qiqotlarining rivojlanishiga o ‘z hissalarini q o ‘shganlar. Jumladan, M.A.Sultonovning «Hasharotlar ekologiyasi»(1963), T.Z.Zohidovning «Qizilqum cho‘lining biosenozlari» (1971) kabi asarlarini k o ‘rsatib o ‘tish mumkin. K eyingi y illa rd a in stitu t o lim lari « H a y v o n o t olam ini q o ‘riqlash va undan samaraii foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» dasturiga oid tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar. Undan k o ‘zda tutilgan maqsad kuzatuv tadqiqotlari natijalari - m o n ito rin g m a ’l u m o tla m i tahlil qilish va ta rtib g a solish, genofondni saqlash imkoniyatlarini o ‘rganish, hayvonot olamini q o ‘riqlashdan iboratdir. Tekshiruv savollari 1. Ekologiyani qanday fan deb tushunasiz? 2. Ekologiya fani rivojini tahlil eting va undagi asosiy davrlarni tavsiflang. 3. Eko lo giyanin g y o ‘nalishlari, b o ‘lim va tarm oqlarini t a ’riflang. 4. Fanning vazifalarini tahlil eting. 5. Ekologik t a ’limotning rivojlanishiga xorijiy olimlarning q o ‘shgan hissalari haqida nimalar deya olasiz? 6. E k o l o g ik t a ’lim o tn i n g 0 ‘rta O siy o, j u m l a d a n , 0 ‘zbekistondagi taraqqiyotini tahlil eting. 1.3. Ekologiyaning asosiy tushunchalari Muhit tushunchasining turli ilmiy m a ’nolari mavjud. Uning ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kabi bir necha turlari farqlanadi. Ekologiyada muhit deb tirik organizmlarni o'rab turuvchi va ular bilan doimo о ‘zar о munosabatda bo(luvchifizik qurshovni yoki tabiatning bir qismini tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, muhitni tirik organizmlarni o ‘rab turgan, o ‘zaro bir-biri bilan bo g ‘liq shart-sharoitlar va t a ’sirlar majmui deb ham qarash m u m k in . E k o l o g iy a d a m u h it tu s h u n c h a s i k o ‘proq tirik organiVmlarga nisbatan q o ‘llaniladi. shuning uchun uni hayot m uhiti deb ham yuritiladi. Turli tabiiy omillar majmuidan tashkil www.ziyouz.com kutubxonasi topgan m uhitni tabiiy hayot m uhiti , inson m ehnati tufayli o ‘zgartirilgan yoki yaratilgan m uhitni s u n iy hayot m uhiti deyiladi. Hozirgi paytda bu ikki m uhitni bir-biridan keskin chegaralar bilan ajratish mushkul va amalda mumkin emas. Shunga ko‘ra ularni birgalikda olib ekologik muhit deb ataladi. Umuman olganda, ekologiyada muhit, hayot muhiti, ekologik muhit, b a ’zi hollarda atrof-muhit, tabiat tushunchalari ham bir- biriga yaqin m a ’nodosh tushunchalar sifatida talqin etiladi. Hayotiy shart-sharoitlariga ko‘ra tirik organizmlar tabiatdagi to‘rtta hayot muhitida yashay oladilar. Bular havo, suv, tuproq va tirik organizm lardan iborat muhitlardir. Hayot muhiti o ‘z navbatida ichki omillar xarakteriga qarab bir necha maydaroq muhitlarga yoki yashash m uhitlariga b o ‘linadi. Masalan, suv muhitida chuchuk suv, sho‘r, k o l m a k va oqar, chuqur va sayoz, iliq va sovuq suvli kabi yashash muhitlarini farqlash mumkin. Hayot muhiti o ‘zining turli unsurlari va jarayonlari orqali tirik organizmlar bilan bevosita yoki bilvosita o ‘zaro munosabatda b o ‘lib turadi. Bu t a ’sirlar tarkibi, tuzilishi, xususiyatlari va boshqa jihatlariga k o ‘ra nihoyatda xilma-xil b o la d i. Hayot muhiti vaqt va m akonda ko ‘pdan-ko‘p harakatdagi elementlar, hodisalar, shart-sharoitlardan tashkil topadi. Hayot muhitining tirik organizmlarga t a ’sir k o ‘rsatuvchi elementlari ekologik om illar deyiladi. M u h itn ing org an izm g a t a ’siri aynan shu ekologik omillar orqali amalga oshadi. Organizmlarning hayot tarzi, qiyofasi, xususiyatlari ana shu omillarga k o ‘p jihatdan b o g liq b o lad i. Organizmlar omillarga turli reaksiyalar orqali o ‘zaro moslashadilar. Ammo, bu moslashish bir tomonlama jarayon emas, balki organizmlar muhitni, to ‘g‘rirog‘i, ekologik omillarni m a ’lum darajada o ‘zlariga moslab o ‘zgartiradilar ham. M u h it bilan o r g a n iz m o rasidagi o 'z a r o m oslashish turli ko‘rinishlarda namoyon boiishi mumkin. Uning morfologik, fiziologik, xulqiy (etologik) shakllari ajratiladi. Organizmning muhitga moslashuvini adaptatsiya deyiladi va u organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ekologik omillar tabiati va xususiyatlariga k o ‘ra bir necha guruh va guruhchalarga boiinadi. ya'ni tasniflanadi. Ulardan eng maqbuli sifatida quyidagi tasnifni keltirish mumkin: www.ziyouz.com kutubxonasi 1. A b io tik om illar - n o o rg a n ik (o ‘lik) ta b ia tn in g tirik organizmlarga t a ’sirini ifodalovchi omillar b o ‘lib, ular 4 ta guruhchaga b oiinadi: a) iqlim omillari - yorug lik, harorat, namlik, shamol, bosim va boshqalar bilan b o g liq t a ’sirlar; b) edafik yoki edafogen omillar - tuproqning xususiyatlari bilan b o g liq t a ’sirlardir; d) orografik omillar - hududning yer yuzasi tuzilishi, relyefi bilan b o g liq t a ’sirlar; e) gidrologik omillar - suvning xususiyatlari bilan b o g liq t a ’sirlar. 2. Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga o ‘zaro t a ’sirini ifodalovchi omillar b o i ib , ularni 3 ta guruhchaga ajratish mumkin: a) fitogen omillar - o ‘simliklar bilan b o g liq t a ’sirlar; b) zoogen omillar - hayvonot dunyosi bilan b o g liq t a ’sirlar; d) m ik rb io g e n o m illa r - quyi d a r a j a d a g i tirik organizmlar (mikroblar, bakteriyalar, mikroskopik o ‘simliklar, zam b u ru g la r) bilan b o g liq t a ’sirlar. 3. Antropogen om illar - jam iy at (inson)ning turli ishlab chiqarish faoliyatlari bilan bogliq ta’sirlar. Antropogen omillarni m a ’lum m a ’noda biotik omillar guruhiga mansub deb qarash ham mumkin. Ammo, inson ongli faoliyatining atrof-muhitga, jum lad an , tirik tabiat (organizm)ga t a ’siri boshqa biologik mavjudotlarnikiga nisbatan beqiyosdir. Ayniqsa, hozirgi davrda yerdagi hayot taqdiri k o ‘p jih a td a n insonga b o g l i q b o i i b q o lm o q d a . Shuning uchun a n tro p o g e n om illarni a lo h id a chuqurroq o ‘rganish va unga yetarli ahamiyat berish muhim ekologik zaruratlardan biridir. Ekologik omillarning turi va ularning organizmga t a ’sir darajasi cheksiz b oiishi mumkin, ammo muayyan organizm uchun omillarning son va miqdoriy k o ‘rsatkichlari m a ’lum chegaraga ega bolad i. Har bir organizm turi uchun asosiy rol o ‘ynovchi yoki unchalik ahamiyatga ega b o lm agan omillarni farqlash mumkin. Organizmlar uchun har bir omilning qulaylik nuqtasi va chegarasi turlicha b o lad i. E k o lo g iy a d a o r g a n iz m n in g ekologik vale ntlig i d e g a n tushuncha bor. Bu m a’lum turning turli omillarga makon va vaqt jihatidan chidamlilik doirasining kengligi bilan xarakterlanadi. Y a ’ni, tur qanchalik k o ‘p hududlarda uzoq vaqt yashashga moslasha olgan b oisa uning ekologik valentligi shuncha yuqori www.ziyouz.com kutubxonasi deb baholanadi va bunday turlarni evritori (yunoncha eurys - keng. topos - joy) turlar deyiladi. Moslashish doirasi tor(keng tarqala olmaydigan) turlarni stenotop (yunoncha stenos - tor. t o p o s - jo y ) turlar deyiladi va bunday turlarni ekologik valentligi kichkina deb baholanadi. Har qanday omil organizmga ma'lum miqdor va qiymat chegarasida ijobiy ta'sir ko'rsata oladi. Omil i n te n s iv lig in in g ortishi yoki pasay ish i o rg a n iz m d a turli o'zgarishlarni yuzaga keltirib chiqaradi. Omilning ta'sir doirasida organizmning bardoshlilik darajasiga qarab normal hayot ( vital) va nobud b o 'lish fle tal) zonalari farqlanadi. N obud bo'lish zonasiga o'tish n in g minimal va maksimal n uqtalari kritik n u qtalar yoki chid am lilik chegaralari deyiladi. O m ilning organizmga eng qulay t a ’sir etish nuqtasi optimum deyiladi. Populyatsiya - fransuzcha rorulations so'zidan olingan bo'lib. xalq, aholi degan ma'nolarni bildiradi. Bu atama XVIII asrning oxirlaridan boshlab. to XX a srning 40-50-yillariga q a d a r biologiya fanida har q a n d a y individlar yig'indisi sifatida qoMlanib kelindi. Ekologik nuqtayi nazardan esa populyatsiya deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan yoki 0 ‘sadigan va bir turga mansub b o ‘lgan individlar yig'indisiga aytiladi. Bir populyatsiyaga m ansub individlar shu turning boshqa populyatsiya individlariga nisbatan bir-biri bilan erkin va oson chatishadi. Populyatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana biri o 'z in i son j i h a t d a n i d o ra e tish id ir. Ayni s h a r o i td a individlarning optimal sonining saqlab turilishi populyatsiya gomeostazi deyiladi. Yuqoridagi ta'rifdan ko'rinib turibdiki. populyatsiya guruhli birlashma hisoblanadi. Guruhli hayot tarzi populyatsiya uchun o'ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu xususiyatlar populyatsiyaning soni, zichligi. tug'ilishi, o'lishi, o'sishi va o ‘sish tezligida o'z ifodasini topadi. Individlarning m a'lu m hududda tarqalishi. jinsi, yoshi hamda morfologik, fiziologik. xulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi. Populyatsiyaning individlari bir-biridan yoshi, jinsi, hayot siklining turli fazalariga, beqaror guruhchalarga (poda, koloniya, oila va b.) mansubligi bilan farq qiladi. Populyatsiyadagi www.ziyouz.com kutubxonasi individlar soni har xil turlar orasidagina emas, balki bir tur ichida ham har xil bo'ladi. Populyatsiyadagi individlarning m o'lligi u la r n in g u m u m iy soni, a b s o ly u t va nisbiy z ic h lik la rd a ifodalanadi. Son ko'rsatkichi - bu populyatsiya egallagan hududlardagi individlarning umumiy sonini bildiradi. Zichligi esa, m a ’lum maydon birligiga to'g'ri keluvchi individlar sonini bildiradi. Bu ikki ko'rsatkich bir-biri bilan uzviy bog'liq. Tug ‘ilish - bu m a ’lum vaqt ichida tug'ilgan individlar sonidir. Bu ko'rsatkich m a ’lum turning evolutsiyasi davomida qaror topgan xususiyatlardan bo'lib, turning biologiyasi, xulqi, jinsiy yetilishi, jinslarning nisbati. muhitning qulayligi kabi hollar bilan belgilanadi. Nobud bo ‘lish (o'lish) - bu m a ’lum vaqt ichida nobud bo'lgan in d iv id la r soni. Bu k o 'r s a t k ic h ham tu rn i n g o 'z ig a xos xususiyatlaridan biri bo'lib, hayot muhitining xarakteriga bog'liq bo'ladi. Populyatsiyaning о *sishi - bu tug'ilish va o'lish orasidagi farq bilan ifodalanadi. U hayot muhitining holatiga qarab musbat yoki manfiy ifodaga ega bo'lishi mumkin. O'sish tezligi - bu vaqt birligidagi o'sish darajasi bilan belgilanadigan ko'rsatkichdir. M a ’lumki, har qanday tirik organizm bir qancha boshqa organizmlar orasida yashaydi va ular bilan turli munosabatlarda bo'ladi. Tirik organizmlarning birgalikda tashkil etgan tuzilmalari yoki hamjamoalari o'ziga xos tabiiy qonuniyatlar asosida vujudga keladi va boshqarib turiladi. Organizm darajasidan yuqori turadigan ana shunday tizimlardan biri - biosenozlardir. Biosenoz lotincha so'z bo'lib, bios - h a y o t, senoz - u m u m , j a m o a d e m a k d i r (5-rasm). Biosenoz deb m a ’lum vaqt mobaynida bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda shakllangan va birgalikda faoliyat ko'rsatadigan turli tirik organizmlarning hamjamoasiga aytiladi. Ekologik jihatdan biosenozning quyidagi xususiyatlariga asosiy e ’tiborni qaratish lozim: • biosenoz turli tirik organizm lar g u ruhla rida n iborat murakkab tabiiy tizim sifatida faoliyat ko'rsatadi: • uning shakllanishi ko'p hollarda uzoq vaqtni talab etadi; www.ziyouz.com kutubxonasi • undagi tirik organ iz m la rn in g o ‘zaro m u n o sa b a tla ri muvozanatlashgan holda bo‘ladi; • biosenozdagi tirik organizmlar o ‘zaro va atrof-muhitga moslashib yashaydilar. Biosenoz xilma-xil tuzilmaga ega. Odatda uni tur. fazo va ekologik tuzilm alarga boMib o 'rganiladi. Biosenozning tur tuzilm asi deyilganda biosenozdagi turlarn ing xilma-xilligi, miqdori, ulaming fenologik holati va hokazolar e ’tiborga olinadi. 5-rasm . B iosenoz tuzilm asi (M a n b a : A .T o 'x ta y e v , 1998). Biosenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni bir biosenoz uchun xos boMgan Download 3.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling