Sizlar kundalik hayotda qoqio‘t, ituzum, uy pashshasi, baqalar va boshqa
Download 24.02 Kb.
|
mavzu
Sizlar kundalik hayotda qoqio‘t, ituzum, uy pashshasi, baqalar va boshqa hayvonlar, o‘simliklar o‘zidan ko‘p nasl qoldirishini kuzatgansizlar. Ko‘p hollarda qoldirgan naslning barchasi voyaga yetmay nasl berishga ulgurmaydi. Ularning ko‘pchiligi shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida nobud bo‘ladi. Nobud bo‘lish sabablari har xil: oziqaning yetishmasligi, dushmanlarning hujumi, ob-havoning noqulay kelishi. Binobarin, har bir tirik mavjudot yashash uchun va nasl qoldirish uchun doimo kurashadi. Darvin yashash uchun kurash iborasini keng ma’noda, ya’ni organizmlarning o‘zaro hamda anorganik tabiatning noqulay sharoitlari orasidagi murakkab va xilma-xil munosabatlarini, shuningdek, normal nasl qoldirish layoqatini tushungan. Yashash uchun kurash xillari. Darvin yashash uchun kurashning uch xil: a) har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; b) bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; d) organizmlarning organik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi kabi formalarini farqlagan. 175YASHASH UCHUN KURASH TURLARI Bir turga mansub organizmlar orasidagi kurash Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash Organizmlarning anorga- nik tabiatning noqulay sha- roitlariga qarshi kurashi Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash niho yatda turli- tuman. Chu nonchi, bo‘ri va tulkilar tovushqonlar bilan oziq la na dilar. Shunga ko‘ra bo‘rilar bilan tul ki lar, shuningdek, tulki- lar bilan tovushqonlar orasida doimo yashash uchun o‘zaro kurash kuzatiladi. Yirtqich – o‘lja, parazit va xo‘jayin muno- sabatlari turlararo yashash uchun kurashning yana bir ko‘rinishidir. Marka ziy Osiyoda ko‘p tarqalgan hind maynasi chigirtkalar bilan ham 1 oziqlanadi. Chigirt kalar chumchuqlar uchun 2 ham oziqa sanaladi. Binobarin, maynalar bilan chum chuqlar orasida raqobat yuz beradi. Tuyoqli hayvonlar o‘simliklar bilan oziqla- nadi. O‘simliklar bilan chigirtkalar ham oziq – la nadi. Chigirtkalarning tez ko‘payishi tuyoq- li hayvonlarning och qolib o‘lishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan tuyoqli hayvon – 3 lar hayoti yirtqich hayvonlarga bog‘ liq. 91-rasm. Turlararo kurash. O‘sim liklarning mavjudligi faqat o‘txor 1 – baliq yeyayotgan suvkesar; hayvon largagina emas, balki ularning chang- 2 – ilonburgut o‘ljasi bilan; latadigan hasharotlar, shuningdek bosh qa 3 – yo‘ng‘ichqani bo‘g‘ayotgan o‘simlik o‘rtasida bo‘ladigan raqobat bilan zarpechak. ham aloqador. Joy uchun kurashda kulrang 176kalamush asta-sekin qora kalamushni siqib chiqara boshlaydi. Avstraliyaga Yevropadan olib kelingan oddiy ari nayzasi yo‘q kichik mahalliy arini siqib chiqardi (91-rasm). Turlar orasidagi yashash uchun kurash unchalik shiddatli bo‘lmasligi mumkin. Bunga asosiy sabab har turga mansub organizmlarning oziqasi turli xil bo‘ lishidir. Tulkilar ham o‘z navbatida faqat tovushqonlar bilan emas, balki sichqon, kirpi va qushlar bilan ham oziqlanadilar. Bir turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi kurash. Yuqoridagilardan farqli ravishda bir turga kiruvchi organizmlarning oziqa, yashaydigan hudud va hayot uchun zarur bo‘lgan boshqa omillarga nisbatan talabi o‘xshash bo‘ladi. Bir turga kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bo‘yicha raqobat ro‘y beradi. Sutemizuvchi hayvonlar, qushlarda erkak organizmlar o‘rtasida urg‘ochi organizmlar bilan qo‘shilish uchun kurash ketadi (92-rasm). G‘o‘za, bug‘doy va boshqa o‘simlik urug‘lari zich ekilganda, ular orasida yorug‘lik, namlik, oziqa uchun raqobat kuzatiladi. Oqibatda ular nimjon bo‘lib o‘sadilar. Bir turga kiruvchi daraxtlar, butalar orasida ham bunday holat kuzatiladi. Shox-shabbasi keng quloch yozgan eng baland daraxtlar quyosh nurining ko‘p qismini tutib qoladi. Ularning baquvvat ildiz sistemasi tuproqdan ko‘proq suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi. Buning hisobiga qo‘shni daraxtlar zaif bo‘lib o‘sadi yoki o‘sishdan to‘xtab nobud bo‘ladi (93-rasm). Tur ichidagi kurash eng shiddatli bo‘ladi. Chunki bir tur individlarining hayotiy ehtiyojlari bir xil bo‘ladi. 1 2 3 92-rasm. Tur ichida kurash. 1 – kiyiklar; 2 – zebralar; 3 – fi llar. 177Organizmlarning anorganik tabiat- ning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi. Anorganik tabiat omillari organizmlarning rivojlanishiga, yashab qolishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuz kelishi bilan bir yillik o‘simliklarning hammasi, shuningdek, ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning ham yer ustki qism- lari nobud bo‘ladi, tuproq ostida ular ning urug‘i, ildizi, tugunaklari, piyozlari saqlanib qoladi. Ko‘pchilik hayvonlar, masalan, suv- 93-rasm. Bir turga kiruvchi da va quruqlikda yashovchilar, sudralib daraxtlar o‘rtasidagi raqobat. yu ruv chi lar karaxt holatga o‘tadi, qushlar migratsiya qiladi, sutemizuv chilar qishki uyquga kiradi. Organizmlar orasidagi munosabatlardan insonlarning foydalanishi. Bir turga kiruvchi organizmlar orasida yashash uchun kurash shiddatli bo‘lishini e’tiborga olib, yangi bog‘lar tashkil qilinayotganda mevali daraxtlarning turiga qarab ko‘chatlar ma’lum oraliqda ekiladi. Sun’iy yo‘l bilan o‘rmonlar barpo etilayotganda tuproqqa zamburug‘ gifalari solinib, mikoriza hosil qilinadi. Respublikamizdagi ko‘llar, suv havzalarida baliqlarni sun’iy yo‘l bilan urchitish uchun avvalo ular yirtqich (cho‘rtan) va uncha ahamiyati bo‘lmagan (gambuziya) baliqlardan tozalanadi. Shundan keyin suv havzalarida xo‘jalik uchun ahamiyatli hisoblangan baliqlar ko‘paytiriladi. Ovchlik xo‘jaligini ilmiy asosda olib borish uchun hayvonlar biologiyasi, ya’ni urchish davri, nasl miqdori, ularning voyaga yetish muddati, nimalar bilan oziqlanishi, organizmlar orasidagi munosabatlar diqqat markazida bo‘ladi. Yirtqich hayvonlar – bo‘ri, tulkilar yo‘qotilayotganda ularning sanitarlik roli, ya’ni o‘ljalar orasida nimjon, kasal individlarni ko‘plab yo‘qotishi hisobga olinadi. Madaniy o‘simliklarga qaraganda yovvoyi o‘simliklar yashovchan bo‘ladi. Ular madaniy osimliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘r satmasligi uchun (piyoz, sabzi, rediska va boshqalar) o‘toq qilinib, begona o‘tlardan xalos etiladi. Zararkunanda hasharotlar – xasva, olma qurti, ko‘sak qurti, shira va hokazolarga qarshi kurashda, mikrofanus, tillako‘z, trixogramma, afelinus, tugmachaqong‘izlardan (podoliya), entobakteriyalar tarqatiladi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishga hasharotxo‘r qushlar, chunonchi, chug‘urchuq, chittak va boshqalar jalb qilinadi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklardan yuqori hosil olish uchun asalaridan foydalaniladi. Download 24.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling