Oltin kuz-hosiling yuz
Download 56.5 Kb.
|
oltin kuz hosiling yuz
Oltin kuz-hosiling yuz. 1-boshlovchi:Assalomu-alaykum aziz mehmonlar,qadrli ustozlar. 2-boshlovchi:Mehribon sinfdoshlar va qadrdon tengdoshlar. Davraning fayzi siz-la o’zgacha Dillarda bir shukuh,munis ehtirom, Yurtimizda bayram,to’ylar o’zgacha Hamma:Bugungi bayramga xush kelibsiz. 1-boshlovchi:Ulug’ bobomiz Abu Rayhon Beruniyning yozishicha “Mehrjon bayrami” qadimdan kuz faslida nishonlanib kelingan.Yurtimizning barcha go’shalarida kun bilan tun tenglashgan vaqt 25-sentabrda kuz faslining o’rtasida hosil bayrami sifatida tantana qilinadi va e’zoz bilan bu bayram “Mehrjon “deb ataladi. 2-boshlovchi :Ko’zing chaqnoq,yuzing quvnoq Xush kelibsan ey go’zal Kuz! Kuz:Oltin yaproq uchar har yoq, Men bilanchi yorug’dir yuz. Bugub bayram tezroq yelay Dehqon bobom chorlab kelay. Dehqonbobo:Mana kuz ham keldi.Endi yil bo’yi yetishtirgan barcha hosillarimni nest-nobud qilmay tezda yig’ib-terib olishim kerak.Bu yilgi hosil har yilgidan ham mo’l bo’ldi.Nasib qilsa o’zbegimning dasturxoni to’kin bahorgacha ro’zg’ori obod bo’lishiga ishonaman.Yaratganga ming bora shukrkim,hosilimdan yuzim yorug’. Kuz:Tong shamoli olib keldi meni bu tomon, Elchidirman tinglang so’zim ey dehqonbobo, Kutmoqdadir bolajonlar,kutar Mehrjon. Qutlab sizni deyishmoqda Hamma:Keling marhabo. Dehqonbobo:Ha,aytgancha bugun sana 25 dir Niyatlarim Mehrjonning saylin ko’rishdir, Borishim shart ,bolajonlar meni kutmoqda Ular shodon menga atab she’rlar bitmoqda. Otabek:XUSH KELIBSIZ DEHQONBOBO SIZGA ASSALOM, Hormang endi ,sizga bo’lsin eng shirin kalom. Hamma:Assalomu-alaykum,Dehqonbobo. Dehqonbobo:Salom aziz bolajonlar,rahmat sizga, Davra to’rin ajratibsiz bugun bizga. Sizga barcha hosillarim tortiq bo’lsin, Hurmatlabsiz martabangiz ulug’ bo’lsin. 1-boshlovchi:Qo’li qadoq Dehqonbobo sizga rahmat Charchash nima bilmadingiz Chekib zahmat To’kinhayot seroblikni o’yladingiz Endisizga olqish bo’lsin ,bo’lsin hurmat [hammaqarsak bilan olqishlaydi ] Hamma;Dehqonbobo sizga rahmat ; Dehqonbobo ;Ko’zquvnaydi bir qarang Hosillarim rang –barang Hosillarim ,tilga kiring har biringiz Aytib o’ting bolalarga o’z siringiz Bug’doy ;Liq to’lsin har1xona Qop-qop bug’doy don bilan To’ldiray dasturxonni Tandir-tandir non bilan Paxta bilan yonma –yon Doim birga yuramiz O’zbekiston gerbida Kungaboqar;Qarshi olib quyoshni Botguncha kuzataman Bahra olib nuridan Ufqqa uzataman No’xat ;Meni deydilar no’xat Loviyaning do’stiman Dukkaklilar safida Men bekamu ko’stiman Tariq:Mening nomimchi tariq O’zim mitti sap-sariq Bedanaga ozuqa Bolalarga shirin bo’tqa. Loviya:Oppoq yuzda qora xol Yarashadi o’zimga Maqtayapti o’zin deb. Hayron bo’lmang so’zimga. Ovqat men bilan shirin Bilmaysiz buning sirin. Dehqonbobo:Gal kepti mevalarga Quloq soling ularga. Olma:Olmadir mening ismim Biram yoqimli isim Ne’mat ichra a’loman 70 dardga davoman. Anor:Loladek qip-qizilman, Bog’ning erka qiziman, Har donam marjon-marjon Shirinman hamda nordon. Nok:Xush ko’rishar azaldan, Shirindurman asaldan. Oltin kabi sap-sariq To’nim juda yarashiq. Anjir:Men anjirman-anjirman, Asaldan shirindurman, Bilsangiz sirimizni, Xushlaymiz dilingizni. Uzum:Marvarid shodasiday, Ishlomlarga osig’liq. Do’stingiz sizga tilar Faqat shodlik va so’g’liq. Behi:Behiman menga boqing Meni kech kuzda qoqing. Shaftoli:Men shaftoli –shaftoli, Tamim judayam totli. Xomligimda tukliman Pishganda suyukliman. O’rik:Meni sevganlar asli, Kutsin ayni yoz fasli. Turshak qilib olsangiz, Yeysiz to’yib qish fasli. Do’lana:Tog’ mevasiga kiraman Mening 5ta turim bor, Ranglarim sariq –qizg’ish Qizil mevam dardni yengish. Jiyda:Gulim hidi anqisa, Darhol uzib olishar. Mevam pishsa hovuchlab Cho’ntaklarga solishar. Yong’oq:Po’stimni zo’rlab ochmang, Sabr qiling kuzgacha. Sentabrni kutsangiz, To’lishaman o’zgacha. Olcha:Meni deyishar olcha Mevamni sevar barcha Murabboyu sharbatim Darmondir bahorgacha Dehqonbobo xatni ko’rsatib: Gilos o’zi haqida Oq qog’ozni to’ldirgan Mehrjonga o’qing deb Uni menga qoldirgan (Xatni ochib o’qiydi) Ertapishar mevaman, Men bahorni sevaman. May,iyun oylarida O’z mevamni beraman Men Gilosni unutmang Bayramda meni kutmang Mendan hammaga salom Shu bilan gapim tamom. Raqs:Xorazmcha Dehqonbobo:Sabzavotlar yaqin keeling,O’zingizni tanishtiring Kartoshka:Kartoshkaman bilsangiz Mazaliman yesangiz Kuzda kovlab olasiz Ko’p ovqatga solasiz. Karam:Qiyma o’rab bag’rimga Do’lma qilib yeyishar Totli sho’rvam ichganda Bay-bay deb ham qo’yishar. Piyoz:Piyozdirman qatma-qat Unutmang do’stim hech vaqt Lazzatli bo’lolmaydi Men solinmagan ovqat Turp:Meni turp deyishadi Qirg’ichda qirishadi Palovni suzishganda Osh bilan yeyishadi. Sabzi:Sabziman qizil-sariq Mensiz palov pishmaydi Sholg’om:Shifobaxsh ne’matman Shamollashga men davo Ko’z quvvatin oshirgum Sho’rvamdan iching shifo Garmdori:Garmdori degani Yarim dori degani Taomga tam beraman Asabga dam beraman Bir shartim bor aytayin Ko’p ishlatsang atayin Achchig’imga bermay dosh Ko’zlaringdan oqar yosh Lavlagi:Yeb ko’rsangiz qand deysiz Go’yoki asal yeysiz Tanaga quvvat bergum Ham darmon ham qon bo’lgum Dehqonbobo:Polizdagi ekinlar Qani yaqin kelinglar Hamma gapirib o’tdi Navbat sizlarga yetdi. Tarvuz:Men kabi shirin ne’mat Topilmaydi dunyoda Rost so’zim tatib ko’ring Sog’likka koni foyda Qovun:Tanaga quvvat berar Tilimi tilni yorar Bosvoldiyu amiri Tanlab oling shirinin Bodring:Ovqat bilan qo’shib yeng Ishtahangiz ochaman Pomidor:Men pomidor bo’laman Vitaminga to’laman Yozda meni so’ragan Topishadi daladan Qishda meni so’ragan Topar issiqxonadan 2-boshlovchi :Bolajonlar ,mana hamma jamuljam bo’ldi,aytingchi davramizga yana kim yetishmayapti? Hamma:Biz uchun qimmatbaho,oq oltinga teng bo’lgan PAXTAOY. 1-boshlovchi:Keling bolalar birgalikda Paxtaoyni davraga chorlaylik Hamma:Paxtaoy,paxtaoy davraga qo’sh fayz chiroy. (Davraga oppoq ko’ylakda Paxtaoy kirib keladi,bolalar Oq paxta,oppoq paxta qo’shig’ini aytadilar.) Nigina:Endi bolajonlar nechog’li topqir ekanligini bilish uchun navbatni topishmoqlarga bersak. Javohir:Marjon-marjon yumaloq Yaproqlari shapaloq Qora,qizil sariq oq Yeb ko’rmasdan o’ylab boq (uzum) Sanjar:Mayda yoqutday qizil Shirin nordon xilma-xil Qalin taxir po’sti bor Hamma yerda do’sti bor.(anor) Ruslan:Yumaloq semiz yog’i yo’q Po’sti qalin tuki yo’q(tarvuz) Shaxina:Oq gulim,oppoq gulim Husniga shaydo elim.(paxta) (Bolalarga sovg’a beriladi) Zulfizar:Bolajonlar endi tez aytish musobaqasini o’tkazamiz. Zebo:Ko’k karam ko’pmi?Po’k karam ko’pmi? Shoxijahon:Sobir sakkizta sabzi sanadi. (O’quvchilardan g’olibiga sovg’a beriladi.) Jasmina:Bolajonlar keling bir kulishaylik.Navbatni qatra xandalarga beramiz. (Sahnaga ikki o’quvchi chiqib keladi va savol-javob o’tkazishadi.) Dilnoza:Osmonda hayot bormi? Ozoda:Osmonda hayot yo’q .Osmonda hayot nima qiladi? Dilnoza:Osmonda hayot bor.Osmonda hayot bo’lmasa ,kim yulduzlarni terib qo’yadi. Ozoda:Yer tagida hayot bormi? Dilnoza:Yer tagida hayot nima qiladi?Yer tagida hayot yo’q. Ozoda:Yer tagida hayot bor,Agar hayot bo’lmasa ,rediskani kim qizilga bo’yab ketadi. Sahna ko’rinishi. Kuz:Kuchli shamol esmoqda Ko’kda bulut kezmoqda Qushlar sayrar betinim Kutib turolmaymiz jim Dam g’animat bobojon Shoshilmoq kerak har on Dehqonbobo:Bolajonlar bizga ruxsat Bering endi boraylik Hosilni nobud qilmay Tezda yig’ib olaylik Hamma:Rahmat sizga Dehqonbobo Hosilingiz mo’l bo’lsin! Qut-baraka yog’ilib Omborlar donga to’lsin Dehqonbobo sizga bo’lsin Quvvat doim madadkor Bilagingiz kuchga to’lsin Bizlar sizdan minnatdor 1-boshlovchi:Shuning bilan bizga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetdi.E’tiboringiz uchun rahmat. 2-boshlovchi:Xayr,omon bo’ling. Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling