Qimmatbaho metallar bozori


Download 0.7 Mb.
Sana14.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1461572
Bog'liq
QMB

QIMMATBAHO METALLAR BOZORI

QIMMATBAHO METALLAR BOZORI


moliya bozorida qimmatbaho metallar savdosi keng doirada kuzatiladigan amaliyotlardan biridir. Bunga har bir mamlakatda oltin-valyuta zaxirasini muntazam oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilishi ham bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Valyutalar boʻyicha oltin standart amal qilgan vaqtda oltinga talab keskin yuqori boʻlgan va bu oʻz navbatida qimmatbaho metallar bozorida oltinning ulushi keskin yuqoriligiga ham xizmat qilgan. Valyutalar boʻyicha oltin standart bekor qilingach qimmatbaho metallar bozorida oltinning ulushi nisbatan pasaygan holda kumush, olmos, platina, palladiya va boshqa qimmatbaho metallar bozori ham rivojlana boshladi.

Xalqaro darajada oltin yombilari va tangalarining yuqori likvidliligi kapital qoʻyilmalarning asosiy uchta asosiy sohalari oʻrtasidagi tenglikka asoslangan:


TXET HERE
-zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ular savdosi
qimmatbaho metallardan yombilar va tangalarning moliyaviy muomalasi
- qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish;
Bungungi kunda jahonda qimmatbaho metallar bozori oltin bozori, kumush bozori, platina bozori, palladiya bozori va boshqa sektorlar boʻyicha faoliyat yuritmoqda. Qimmatbaho metallar bozorida aynan qimmatbaho metallar savdo predmeti boʻlib xizmat qiladi.
Qimmatbaho metallar qazib oluvchi korxonalardan kelib tushadi. Ularning bozorga taʼsir koʻrsatishi yetkazib berayotgan mahsulot hajmiga bevosita bogʻliq hisoblanadi. Qazib olingan qimmatbaho metallar sanoat korxonalari hamda zargarlik ustaxonalari tomonidan tayyor mahsulotga, zargarlik buyumlariga aylantiriladi. Birjalarning qimmatbaho metallar bozorining muhim ishtirokchisi sifatida qaralishi ayrim mamlakatlardagi birjalarda aynan qimmatbaho metallar bilan savdo qilinuvchi seksiyalar mavjudligi bilan izohlanadi.
Investorlar ishtiroki esa bunday aktivlar orqali faoliyatni diversifikatsiyalashda namoyon boʻlishini qayd etish mumkin. “Markaziy banklar qimmatli metallar bozorida koʻp qirrali oʻrinni egallaydi. Ular oltin bozoridagi eng yirik operatorlar boʻlib hisoblanadi va bir vaqtda bu oltin bilan savdo qilish qoidalarini belgilab beradi.
Xalqaro metallar bozorida ham hosilaviy instrumentlar ham keng doirada qoʻllaniladi. Bunda svoplar, fyucherslar, opsionlar, forvardlar qoʻllanilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Qimmatbaho metallar bozori ishtirokchilari


1
Qazib oluvchi sanoat korxonalar
2
Qayta ishlovchi sanoat korxonalar
3
Professional vositachilar
4
Investorlar
5
Banklar
6
Birja
Vazirlar Mahkamasining 30.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 412-son qarori qabul qilindi.
QIMMATBAHO METALLARDAN TAYYORLANGAN YOMBILARNI QANDAY SOTIB OLISH VA SOTISH MUMKIN
Vazirlar Mahkamasining 30.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 412-son qarori qabul qilindi.
Nizom Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oʻlchovli yombilarni MBning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari orqali (keyingi oʻrinlarda - shoхobcha) sotish va qaytarib sotib olish tartibini belgilaydi.
Yombilar narхlari хalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasi, soʻmning AQSh dollariga nisbatan kursi, shuningdek Markaziy bankning marja va chegirmasidan kelib chiqqan holda har kuni Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi. Bunda MB foyda olish maqsadini koʻzlamaydi.
Jismoniy yoki yuridik shaхslar yombini sotib olish uchun shoхobchaga murojaat qiladi va naqd va naqd pulsiz hisob-kitob yoʻli bilan toʻlovni amalga oshiradi. Shu kunning oʻzida sertifikat bilan qadoqlangan holdagi yombi хaridorga topshiriladi. Har bir yombi sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega boʻladi va ushbu raqam yombining yuza qismida koʻrsatiladi.
Qadogʻi buzilmagan va sertifikatga ega yombini qaytarib sotish uchun yombi egasi shoхobchaga murojaat qiladi. Shu kunning oʻzida bank qaytarib sotib olingan yombi boʻyicha uning egasi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.
Qadogʻi buzilgan yoki qadoqsiz yombilar almashtirilishi mumkin. 20 ish kuni mobaynida topshirilgan yombi Davlat asillik darajasini belgilash palatasida teхnik ekspertizadan oʻtkaziladi, shundan keyin yombi egasiga beriladi.
Ekspertiza natijasida qalbakilashtirish alomatlari aniqlangan hollarda, yombilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Ushbu yombilar egalariga qaytarib berilmaydi va qaytarib sotib olinmaydi.

Xalqaro oltin bozorlari


Gonkong
London
Nyu-York
Syurix
Dubay
Xalqaro bozorlarning uncha koʻp boʻlmagan ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qoʻyiladi. Bunday ishtirokchilar odatda obroʻsi yuqori va moliyaviy ahvoli yaxshi boʻlgan ixtisoslashgan kompaniyalar va yirik banklardir. Qimmatbaho metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunu-tun oʻtkaziladi, bu esa oltinga aloqasi boʻlgan keng tarmoqlangan mijozlar tarmogʻi bilan taʼminlanadi. Operatsiyalar qatʼiy tartibga solinmagan, qoidalarni bozor ishtirokchilarining oʻzlari belgilashadi.

THANK YOU


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling