Мundarijа bet кirish
Download 26.03 Kb.
|
kurs ishi kt
- Bu sahifa navigatsiya:
- АNALITIK QISM
- ТЕХNOLOGIK QISM
- HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
- ХULOSА. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Kirish Kimyoviy xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida talab yuqori bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida “Navoiyazot” va “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda 3 ta yirik texnologik klasterni barpo etish rejalashtirilgan. Xususan, “Navoiyazot”da umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollarlik 16 ta loyiha, “Farg‘onaazot”da jami 334 million dollarlik 4 ta loyiha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida salkam 687 million dollarlik 3 ta loyiha amalga oshiriladi. Davlat rahbari ishlab chiqarish va ilm-fan o‘rtasida integratsiyani rivojlantirish masalasiga doim alohida e’tibor qaratadi. “Kimyo sanoatiga juda katta mablag‘ berdik. Energiya samaradorligi jihatidan texnologiyalar yangilandi. Endi bu tarmoq qo‘shilgan qiymat beradigan vaqt keldi. Juda katta imkoniyatlar bor. Agar har bir yo‘nalish bo‘yicha miqdorini, sifatini, narxini joy-joyiga qo‘ysak, eksport 5 - 6 barobar oshadi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. Iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlari talab etayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi-yangi loyihalar shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. Nitrat kislota HNO3 - kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuqlik. Suvsiz nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi - 41,59 °C, qaynash temperaturasi - 84 °C, zichligi - 1,513 g/sm³. Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz nitrat kislota (98 - 100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil boʻlgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi. Nitrat kislotasi mineral kislotalar ichida ishlab chiqarish va ishlatilishi bo’yicha H2SO4 dan keyinda turadi. Konsentrlangan azot kislotasi rangsiz quyuq suyuqlik bo’lib, zichligi - 1,52 g/sm3 teng. Muzlash harorati -410 C, qaynash harorati +860 C ga teng. HNO3 suv bilan har xil gidratlar hosil qiladi. Bu jarayon issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. HNO3 oltin, platina, radiy, iridiy kabi metallardan boshqalarini eritib, oksidlash xususiyatiga ega. Sanoatda ikki nav HNO3 ishlatiladi 50-60% li suyultirilgan kislotasi o’g’it ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Kontsentrlangan HNO3 bo’yovchi modda, laklar, plastmassa, to’qimachilik sanoatida, kinoplyonka, portlovchi modda ishlab chiqarishda foydalaniladi. 1920-yilga qadar azot kislotasi natriy nitrit asosida olingan. Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida ammiak, havo va suvdan foydalaniladi. Sintetik ammiak ma’lum darajada katalizator changlari, surkov moylari(porshenli kompressor bilan siqishda o‘tadi) bilan ifloslanadi. Toza ammiak olish uchun bug‘latish stansiyalari va suyuq ammiakni distillash qurilmalaridan foydalaniladi. Keyingi tozalash ishlari chichevisesimon elementlardan iborat qog‘oz filtrlarda amalga oshiriladi. Atmosfera havosi ishlab chiqarish korxonasi yaqinidan so’rish yo‘li bilan olinadi. Bu havo changlar va turli gazsimon birikmalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Ular ammiakni konversiyalashda katalizatorlarni zaharlashi mumkin. Shu sababli, ulardan havoni tozalash uchun suv bilan boyitilgan skruberlardan foylalaniladi. So‘ngra ikki bosqichli filtrlashdan o‘tkaziladi. Texnologik ehtiyoj uchun qo‘llaniladigan suv turli mexanik aralashmalardan va kimyoviy moddalardan maxsus usullarda tozalanadi. Nofaol nitrat kislotasini olish uchun ehtimoli bo‘lgan qo‘shimchalardan tozalangan bug‘li kondensatdan foydalaniladi. Nitrat kislotasi ahamiyati va ishlatish sohasining kengligi bo'yicha boshqa anorganik kislotalar orsida faqat sulfat kislotadan keyingi ikkinchi o'rinda turadi, juda ko’p sohalarda ishlatiladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning 75 %i azotli o'q'itlar ishlab chigarishda, 15 %i portlovchi moddalar olishda, organik bo’yoqlar, 10%i boshqa narsalar. Yana u dori-darmonlar olishda, oksidlovchi sifatida, ditrozali usulda sulfat kislota va boshga ko’pgina mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Nitrat kislotaning ishlatilishi uning oksidlanish va nitrolash xossalariga asoslanadi. Ko'pgina organik moddalar shu jumladan, odam va hayvon to 'qimalari ham nitrat kislota ta’sirida yemiriladi. Ba’zi birlari esa konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida yonib ketishi mumkin. Nitrat kislota va uning birikmalari o’ta zaharlidir. Download 26.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling