1-Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar Otalaru onalar, qalbi ummonlar
Download 39.5 Kb.
|
Alifbe bayram ssenariysi
1-Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar Otalaru onalar, qalbi ummonlar Assalom ustozlar, siz mehribonlar Assalom sizlarga, ey mehribonlar 2-Boslovchi: Salomdan boshlamoq – xalqim odati Salomli bolaning bor saodati Salomlashmoq insonga xos go`zal odat Nasib bo`lsin barchamizga baxt-u saodat O`qituvchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, jonkuyar ota-onalar-u asaldan shirin bolalar. Bugun biz ushbu bilim dargohiga jonajon maktabimizga barchangizni quchoq ochib chorladik. Buning boisi bor albatta, sababi kechagina maktabga o`zining ilk qadamlarini qo`ygan 1-sinf o`quvchilari o`zlarining eng ajoyib bayramlarini nishonlash arafasida turibdilar. Uch oygina muqaddam bu o`quvchilar yurakda hayajon bilan jonajon maktabimiz ostonasini bosib o`tishgan edi. Mana shu o`tgan qisqa vaqt ichida ular anchagina mehnat qilishdi va bugungi kunda alifbodagi barcha harflarni tanib o`qish-yozish ko`nikmasini egalladi. Shu sababli bugungi tantanani savodxonlik bayrami deb atadik. Bayramimizga xush kelibsiz aziz mehmonlar. Aziz bolajonlarimizning shodligiga sherik bo`ling. 1-Boshlovchi: Endi davramizga aziz bolajonlarimiz 1-D sinf o`quvchilarini taklif etamiz. Bolalar kirishadi. Madhiya aytiladi. O`quvchi: So`zimning boshi salom Salom eng yaxshi kalom Shuning uchun avvalo Onajonlar Assalom O`quvchi: Bizga ilm o`rgatgan To`g`ri yo`lni ko`rsatgan Mehribon-u talabchan Aziz ustozlar, sizga Assalomu alaykum O`quvchi: Yaxshi o`rtoq dugona Bir-biriga parvona Mening uchun yagona Sinfdoshlarim, sizga Assolomu alaykum O`quvchi: Muborak ayyomingiz Dillar quvonchga to`lsin Alifbe bayramingiz Barchaga qutluq bo`lsin 1-Boshlovchi: Ayting qani azizlar Baxtyor o`g`il-qizlar Nechun keldik bu yerga Nechun bor yosh ko`ngilda O`quvchi: Bugun bizda zo`r quvonch Yurakka shodlik to`lgan Savodxonlik bayrami Bizni bunga keltirgan 2-Boshlovchi: Qanday qilib savodxon Bo`lib oldingiz chunon O`quvchi: Alifbe bo`ldi sirdosh Ilm yo`lida yo`ldosh Sochdi ziyo nurini Bo`lib misoli quyosh O`quvchi: Avval kitob varaqlab Suratlar axtarardim Rasmi yo`q betga Zerikishli qarardim Endi olib kitobni Shirillatib o`qiyman Go`yo quchib oftobni O`zim ham sher to`qiyman O`quvchi: Bilsangiz bor bir kitob Kitoblarning bobosi Kitobmas go`yo oftob Yo`qdir uning bahosi O`quvchi: Bu bayram sababkori Bilimlar poydevori Ma`noli shirin so`zi Qani alifbe o`zi O`quvchi: Alifbeni chaqirsak Baravar qarsak chalsak Kelar bizga mehmonga Shu ajoyib makonga Hamma: Alifbejon kelaqol Bizga mehmon bo`laqol Alifbe: Assalom bolajonlar Aqli soz bilag`onlar Bugun shodlik muborak Savodxonlik muborak Hamma: Raxmat senga Alifbe Raxmat senga Alifbe Alifbe: Ayting nelar bildingiz Ne sirlar o`rgandingiz Menga sovg`a bo`lsin deb Nelar tayyorladingiz O`quvchi: Chiziqchalar chizishni O`qishni va yozishni Husnixat-u qiroat Sendan o`rganndik faqat Alifbe: Qani ayting nechta xarf Nechta tovush bor menda O`quvchi: 29 harf bildik, 30 tovush bor senda Alifbe: Qani harflar so`zlasin Tartib bilan tizilib Bolajonlar so`zini Eshitay maza qilib O`quvchi: Bilimlar mamlakati Boshlanar Alifbodan 30 ta do`stimiz bor Bizlarning alifbodan O`quvchi: Alifboni o`rgangan Bolalar jim turmaydi Harflar tilga kirib Odamlarday so`zlaydi Boshlovchi: harflar tilga kirsa A: Assalom avvalo, aziz jonajon, Alla aytib katta qilgan onajon B: Buyuk bobosi bor boshida bu kun Butun el taniydi yurtimni bugun D: Dildan deyman doim jon tanim, O`zbekiston mening vatanim E: Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt El-yurt baxti mening baxtimdir abad F: Fido bo`lsin, mayli bu jonim Faqat omon bo`lsin ona vatanim G: Gulla go`zal gulgin diyorim Gul maskanim, O`zbekistonim H: Hayotim, hur o`lkam, baxtimdir faqat Hur o`lkam baxti deb yashaymiz har vaqt I: I harfini bildingiz, ishda ilg`or bo`ldingiz Iroda, Izzat, Ikrom istagi o`qish tamom J: Jaranglaydi jajji sho`x sozim, Jahon tanir bugun ovozim K: Kamolingni kulib yashayman Yurtim jamolinga boqib to`ymayman L: Lolaman, lov-lov yonar yuragim, Xalqqa mehnat orzu-tilagim M: Mana men mardona, mashxur makonman Siz tug`ilib o`sgan O`zbegistonman N: Non aziz non bilan, hayotdir inson Non ushog`in ko`zga surgin bolajon O: Ona yurt, onajon O`zbekistonim, Ona kabi aziz jon-u jahonim P: Poytaxtim – Toshkentim, porlagin yurtim, Paxtaga kon makon O`zbekistonim Q: Qo`limda qalamim, she`r bitay sizga, Onajon, doston kam tarifingizga T: To`yinga to`yona, tilda dostonim, 31 yoshing muborak O`zbekistonim R: Roxatbaxsh yurt bir jannat makon, Rost so`zlasam bu O`zbekiston S: Salom sevimligim, serquyosh diyor, Senga aytaman alyor U: Unutmang ustozim har so`zingiz Umrbod yodimda ulkan mehringiz Y: Yillar o`tib, yillar kelibdi, Yurtim 31 yoshga to`libdi O`quvchi: Mana bizni bildingiz, So`zga quloq soldingiz Bolalar bizni bilar, Bilganni baxti kular 1-Boshlovchi: Barakalla bolajonlar Alifbodagi barcha harflarni tanib olibsiz. 2-Boshlovchi: Lekin shu harflarni qo`shib so`zlar ham yoza olasizmi? O`quvchi: Albatta bu harflarni qo`shib, o`zimiz uchun sevimli bo`lgan vatan, ota-ona, ustoz kabi so`zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat, hozir sizlar buning guvohi bo`lasiz O`quvchi: Bizni bag`riga bosgan bolalar yayrab o`sgan. Yuksalaver yildan yilga, O`zbekiston, jon vatan. O`quvchi: Farzandiga jon fido, Tinib tinchimaz aslo Bardam salomat bo`ling, Ota-onam doimo O`quvchi: Bilimlar mamlakati makon aylagan bizda, Ta`zim-u rahmat deymiz, sizday aziz ustozga Alifbe: Bolajonlar siz mendan ko`p narsalar bilibsiz Bilim to`la konimdan dur-u gavhar teribsiz Fursat yetdi siz bilan hayrlashib ketaman Do`stim o`qish kitobni endi taklif etaman Hamma: Hayr Alifbejonim O`qish kitobi: Salom aziz bolalar, chiroyli gul-lolalar Menchi o`qish kitobman, nur sochgan oy oftobman Yoninggizga keldim men, kerakligim bildim men Hamma: Kitobim xush kelding sen Dilni xushnud etding sen O`qish kitobi: Bolajonlar yuzimni, Iflos qilib qo`ymangiz, Yirtib zar varag`imni, Ko`p uyatga qolmangiz Bolalar: Kitobim bo`l hotirjam, Ozor bermaymiz hech ham O`qish kitobi: Men bir chuqur quduqman, Limmolimdir suvlarim Qonib-qonib ichsangiz, Bahongiz besh do`stlarim O`quvchi: Ey kitobjon, tashnamiz, Tinchlik zilol suvinga Seni kutar chanqoq dil, Oq poyondoz yo`lingga O`qish kitobi: Shunchaki o`qish qilmas kifoya, Diqqating jamla O`qigin uqib, Har yer har joydan o`qima cho`qib Hamma: Xo`p bo`ladi kitobim, xotirjam bo`l, oftobim Matematika kitobi: ,,Matematika” o`zim, Quyoshday issiq yuzim Raqamlardan boshlanar, Tinglasangiz har so`zim Boshlovchi: Aziz bolajonlar, sizga bilim berib o`qish yozishni o`rgatgan, chin yurakdan halol mehnat qilayotgan aziz ustozimizni chin dildan tabriklaymiz. O`quvchi: Rahmat sizga ustozim, Bizni jondan sevdingiz Ongimzni uyg`otib, Bilim-saboq berdingiz O`quvchi: Bizni sevib onadek, Sira tinim bilmaysiz Mehnatingiz serf qilib, Doim bizni o`ylaysiz O`quvchi: Aziz ustoz, biz uchun Bo`ling doim salomat Ta`zim sizga, hurmat sizga, Ustoz sizga ko`p rahmat Boshlovchi: Endi onajonlarimiz haqida she`r tinglaymiz O`quvchi: Dunyoga keldim-u, men sizni ko`rdim Mehr bulog`idan kuch-quvvat oldim Nomingiz ushbu kun she`rimga soldim Munisam, mushfiqam onajonim O`quvchi: Oromdan voz kechib, bo`lib parvona Dardimni oldingiz, siz yona-yona Olamda tengi yo`q sizsiz yagona Munisam, mushfiqim onajonim Boshlovchi: Endi navbat bayramimizning badiiy qismiga O`quvchi: Ona yurtim omon bo`l, shudir yolg`iz tilagim Sen uchun, vatan uchun yonib yashar yuragim O`quvchi: Hayr, aziz mehmonlar, ota-ona, ustozlar Barchangizga ming rahmat, bo`ling doim salomat 1. Bobolarday oqil bo`lishga 2. Yurtboshimday yurtni sevishga 3. Vatanimni ko`zday saqlashga 4. Xalq ishonching oqlashga 5. Ustozlar o`gitin dildan oqlashga 6. Yaxshi-yomon ishni bilishga 7. Ona yurtga kerak bo`lishga 8. Doim ulug` ishlar qilishga 9. Onam sutin dildan oqlashga 10. Kerak bo`lsa jonim berishga Qasamyoq qilamiz O`qituvchining so`zi: Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling