Bilim inson maʼnaviy kamoloti omili


Download 6.08 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi6.08 Kb.
#1775755
Bog'liq
Taqdimot (9)

Bilim inson maʼnaviy kamoloti omili

Reja

  • 1. BILIM Olishning Muhimligi va inson hayotidagi ahamiyati
  • 2. Insonning maʼnaviy kamoloti

1.BILIM Olishning Muhimligi va inson hayotidagi ahamiyati

  • Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir

Ilm – eng fazilatli amaldir, chunki u ikki dunyo saodatining kalitidir. Inson ilm va ma’rifat bilangina chinakam hayotdir. Insonning hayotini to‘g‘ri yo‘lga solmagan, uning fe’l-atvorida, amalida ta’siri bilinmagan, to‘g‘ri yo‘lga yetaklamagan ilmda yaxshilik, xayr-baraka yo‘qdir. Shuning uchun o‘rganilgan emas, amal qilingan ilm haqiqiy ilm sanaladi.

Bilimlarni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy Bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda Bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari Bilimlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. Sohalarga oid Bilimlar kiradi.

  • Bilimlarni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy Bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda Bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari Bilimlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. Sohalarga oid Bilimlar kiradi.

Imom Buxoriy bobomizning shoh asari, Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi manba sifatida ko‘riluvchi “Suhihul Buxoriy” asarining “Ilm kitobi” qismi birinchi bobi “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur”(Mujodala surasi, 11 oyat) oyati bilan boshlagan bo‘lib, mazkur oyatda imon so‘zi ilmdan muqaddam keltirilgan. Bu esa imon va ilm bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi, ilm olishdan maqsad jamiyatning taraqqiyoti va oxirat saodati ekani, imonsiz ilm esa insoniyatga zarardan boshqa narsa keltirmasligi bayon qilingan.

2. Insonning maʼnaviy kamoloti

  • Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq.

Inson ma’naviyati – insonga xos bo‘lgan ichki ruhiy holat va uning ijtimoiylashgan shakllari; millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismi; insonning ruhiy va aqliy olamini ifoda etadigan atama sifatida shaxsning axloqiy, madaniy, falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi. Inson ma’naviyati jamiyatda mavjud bo‘lgan ko‘p qirrali munosabatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy shart-sharoitlar asosida, turli institutlar ta’sirida shakllanadi. U jamiyat a’zolarining o‘zaro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida sayqallanib, rivojlanayotgan qadriyatlar tizimi sifatida kundalik hayotda muhim o‘rin tutadi.

  • Inson ma’naviyati – insonga xos bo‘lgan ichki ruhiy holat va uning ijtimoiylashgan shakllari; millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismi; insonning ruhiy va aqliy olamini ifoda etadigan atama sifatida shaxsning axloqiy, madaniy, falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi. Inson ma’naviyati jamiyatda mavjud bo‘lgan ko‘p qirrali munosabatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy shart-sharoitlar asosida, turli institutlar ta’sirida shakllanadi. U jamiyat a’zolarining o‘zaro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida sayqallanib, rivojlanayotgan qadriyatlar tizimi sifatida kundalik hayotda muhim o‘rin tutadi.

Xulosa

  • Xulosa qilib aytganda bilim olish bu inson uchun eng muhimi hisoblanadi ilmdan oʻzga najaot yoʻqdir
  • Inson maʼnaviy kamolotga erishish uchun Umri va hayoti davomida ilm olishi zarur. Inson ilmiy bilimlar vositasida maʼnaviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida ezozlana boshlaydi

Download 6.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling