01 Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi faniga kirish 02
Download 1.4 Mb.
|
fxf6UuYYIHRPtMRJyznIUr9vhglNjf01oazPJe4Z
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. A. Karimov Barkamol avlod orzusi.– T.: «Sharq», 1998, 83-bet.
- Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi
1-MAVZU: INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O‘QITISH METODIKASI FANI VA INFORMATIKA O‘QITUVCHISINING UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDAGI O‘RNI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O‘QITISH METODIKASI Reja: 01 Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi faniga kirish 02 Fanning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni 03 Informatika o‘qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni. Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim–tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyutsiya inson va uning ilmiy-ma’rifiy potensialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi. Fan-texnika taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika - texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Kirish «Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog‘liqdir» I. A. Karimov Barkamol avlod orzusi.– T.: «Sharq», 1998, 83-bet. Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladi. Dars o‘tishda to‘g‘ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o‘qituvchining bilimi yuqori bo‘lishidan qat’i nazar, kutilgan natijani bermaydi. O‘qituvchining bilimi pedagogik mahorat bilan qo‘shilgandagina o‘quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Buning uchun o‘quv jarayonini tashkil etishning turli metodlari va ularni qo‘llashni bilish kerak. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi aynan ana shu maqsadga qaratilgan. U informatika fanlarini o‘rganish metodlari va uni dars jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi. Informatika fanlarini o‘qitish metodikasi- bu informatikani o‘quv predmeti sifatida hamda turli yoshdagi o‘quvchilarga informatika fanlarini o‘rgatish jarayonining qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling