Mavzu: Ekalogiya fanining maqsadi va vazifalari


Download 21.99 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi21.99 Kb.
#155273
Bog'liq
Mustaqil ish №1


Mustaqil ish №1

Mavzu: Ekalogiya fanining maqsadi va vazifalari

Ekalogiya fani oldida turgan amaliy vazifalar quyidagilaerdan iborat:

1.Toza muhitda hozirgi va kelajak avlodlar sog;ligini ta’minlash;

2.Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bilan bir qatorda chiqindisiz texnalogiyalarni ishlab chiqarish;

3.Sun’iy ekosistemalarning (qishloq xo’jaligi) doimiy va yuqori hosildorligini ta’minlash;

4.Aholining turli tabaqalariga ekalogik ta’lim va tarbiya berish yo’li bilan tabiat muhofazasini amalga oshirish.

Ekalogiya fanining butun faoliyati , yutuqlari , yo’nalishlari yuqorida ta’kidlangan muommolarini hal qilishga qaratiladi.

Ekologiya mustaqil fan bo‘lib, uning ob’ektiv usullari, amaliy vazifalari bor. Bu fan tabiiy uyda yashayotgan va shu uyda hayot uchun kerakli funksional jarayonlarni o‘tayotgan hamma tirik organizmlarni o‘rganadi. Ekologiya fani organizmlar va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarning har xilligiga, umumiyligiga katta ahamiyat beradi.

Fan yutuqlarining hozirgi darajasida va ekologiya rivojining yangi bosqichida uning asosiy mazmuni aniq bo‘lib qoldi, ya’ni ekologiya fani tirik organizmlarning bir-birlari va ularning atrof-muhit bilan munosabatlarini, tirik organizmlarning tabiiy sharoitda rivojlanishi, kuchayishi va tarqalishi haqida, ular o‘zlarining hayot faoliyatlarida muhitning o‘zgarishiga olib keladigan qonuniyatlarini ham o‘rganadi. Bundan ekologiyaning mazmuni haqida shunday ma’no kelib chiqadi: mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning tabiiy sharoitda yashash, rivojlanish, tarqalish qonunlarini o‘rganish natijasida organizmlarning turli biologik evolyutsion taraqqiyot bosqichlarini, ya’ni: organik molekula gen organella hujayra to‘qima organ tur vakillarin turlar va o‘z navbatida ularning abiotik va biotik omillar ta’sirida katta biologik birliklar (ekosistema-biosfera) tizimini hosil qilinishi va ularga antropogen omillarning ta’sir qilish kuchlarini o‘rganadi.

Ekologiya tirik organizmlarni birlikda, ularni bir-birlari va yashab turgan joydagi atrof-muhit birligida va shu birlik ichida energiya va organik moddalarning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishini o‘rganadi.

Organizmlarning yashash sharoiti va ularnig tashqi muhit bilan o’zaro munosabati, turlari, populyatsiyalar, biotsenozlar, ekosistemalar, biosfera va boshqa tushunchalar ekalogiya fanining manbaini tashkil etadi.

Ekalogiya fanu biologiyaning eng yosh, lekinjuda rivojlangan tarmog’I bo’lib , tabiatda uchraydigan jonli organismlarning bir-birlari va ular yasghayotgan muhit bilan bo’layotgan munosabatlarini o’rganadi.

Ekalogiya fan sifatida rivojlanishi XX - asrning 30 - yillariga to’g’ri keladi . Hozirgi kunda ekalogiya va uning ko’p tarmoqlari hamma mamlakatlarda deyarli yo’lga qo’yilgan .

Ekalogiyaning asosiy yo’nalishlaridan biri – tabiat sirlarini ularning har xilligini bilish hislati faqat insonlargagina xos va bu holat tabiiy voqeliknibilish bilan bir qatorda etik, estetik, adabiy fikrlash qonuniyatlarining takomillashishi bilan bog’liq bo’lib , yig’ilgan ilmiy dalilar asosida atrof – muhit holatini tushuntirib berish ekalogiyaning ikkinchi yo’nalishi hisoblanadi .

Ekalogiyaning bu ikki yo’alishi : tabiiy birliklar qonunlarni o’rganishda aniqlanadign prinsiplar, tabiiy holati buzilgan senozlar, biotsenozlar holatini tekshirishda ham qo’llaniladi . Yerdan, suvdan foydalanishda fizika va kimyo qonunlari, ularda bo’lib o’tadigan reaksiyalar, anorganik moddalarning erishi, organic birikmalarning hosil bo’lishi, tuzlar, gazlarning bor yoki yo’qligini, ularni jonzotlar uchun mohiyatini ekalogiya faniyoritib beradi .

“Ekologiya” yunoncha so’z bo’lib, “oykos”–uy va “logos”–fan, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olimi Ernest Gekkel “Organizmlar marfologiyasining umumiy prinsiplari” asarida izohlab bergan edi. E.Gekkel “umumiy ekologiya” ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro aloqalarini va ta’sirini o’rganadigan fan deb, ta’riflagan edi.

Ekologiya fanining rivojlanishiga taniqli olimlar YA.N.Pavlovskiy, V.L.Sukachev, S.I.Vavilov, K.A.Timiryazev va xususan V.I.Vernadskiy salmoqli hissa qo’shganlar.

Ingliz olimi Ch.Darvin (1809-1885)ning “Tirik organizmlarning yashash uchun kurash" qonuni ekologiya fanining negizini tashkil yetadi.

Tabiiy muhitda tirik organizmlarning issiqlikka, namlikka, bosim va qurg’oqlikka moslanishi va turlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatlari asosida vujudga keladigan o’zgarishlar ushbu qonunning negizi (asosi) hisoblanadi.

Rus olimi, Moskva Davlat Universiteti professori K.F.Rul`e (1814-1858) tirik organizmlarning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini “tabiat qonuni” yoki “munosabat qonuni” deb atagan edi.



Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Markaziy Osiyo, shuningdek O’zbekiston tabiatini, o’simliklar va hayvonot dunyosini o’rgangan olimlar D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.M.Muhammadiev va boshqalarning ilmiy maktablari, shogirdlari bilan birga olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ekologiyaning yanada rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Download 21.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling