1- mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari


Download 387.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.03.2023
Hajmi387.24 Kb.
#1264647
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu (1)



1- Mavzu:
Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. 
Reja 
1. 
O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. 
2. 
O’lkashunoslik fanining tadkikot ob`ekti.
3. 
O’lkashunoslik fanining tadkikot usdublari.
Кириш 
«O`zbekistonning o`z itiqlol atarakqiyot yo`li» asarida «xalqning ma`naviy dunyosining 
mustahkamlash va rivojlantirish O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng ahamiyatli vazifasi. 
Ma`naviyat o`z xalqining tarixini, uning madaniyatini va vazifalarini chuqur bilishi va tushunib 
yetishi orqaligina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga nazar tashlaganimizda - bu xalqning xotirasi 
ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz har tomonlama rivojlangan odam bo`lmaganidek 
o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi, - degan edi. Mustaqillik sharofati bilan 
bugungi kunda tug`ilgan o`lka, avul, shahar, ko`cha, mahalla va maktabning tarixiga qiziqish 
ko`chayib bormoqda. gungi o`z - zini anglab, mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib 
boraetgan sharoitda ona-yurtning har bir farzandi uchun Vatan tarixini sevish, o`rganish, diliga 
joetishdan ham muqaddasroq burch bo`lmasa kerak. O`lkashunoslik fanining asosiy vazifasi ham 
shu muloqazadan kelib chiqadi. Bu Fan hozirgi kunda o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan 
O`zbekiston xalqlarining qadimiy tarixini, uning jahon tarixiy taraqqietiga qushgan katta 
hissasini, o`z bag`rinidan Mahammad Muso Xorazmiy va Ali Kuchshi singari mashhur 
matematiklar. Ahmad Farg`oniy, Al` Beruniy va Ulug`bekdek falakiet bilimdonlari. Ibn Sino 
kabilar. Narshaxiy va Abulg`oziy singari tarixchilar, al-Farobiy kabi faylasuflar, Zamaxshariy 
kabi lingivistlarni etishtirib, jahon taraqqiytiga qo`shgan hisssini daliliy ashelar vositasi bilan 
isbotlab beradi. Xalqimizning tarixiy, madaniy va me`morchilik edgorliklari jahon madaniy 
merosining tarkibiy qismi bo`lib, jahon taraqqietiga qo`shilgan g`oyat katta ulushidir.Shunday 
muhim, nodir, qimmatli ahamiyatga moliy bo`lgan moddiy va ma`naviy edgorliklarni har 
tomonlama ilmiy va amaliy jihatdan o`rganadigan va tahlil qiladigan Fan - «O`lkashunoslik» 
hisoblanadi. O`lkashunoslik deganda ilmiy o`lkashunoslik, jamoat o`lkashunoslgi va maktab 
o`lkashunosligi tushiniladi. Ilmiy o`lkashunoslik o`lka tarixi va madaniyat yodgorliklrini ilmiy 
asosda har tomonlama tekshirish, saqlash va o`rganish bilan bog`liq holda olib boriladi.Tarixiy 
o`lkshunolik asosan qo`yidagi masalalarni o`z ichiga oladi:Tarixiy edgorliklar. Bunga insoniyat 
hayotidagi eng muhim tarixiy voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, atoqli sarkardalar, 
yirik davlat fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog`liq voqea joylari, o`tmishdan 
qolgan qulezma asarlari va shu kabilar kiradi.Arxeologiya edgorliklari. Bunga kuhna shaharlar 
qurg`onlar, qal`alar, qadimiy manzilgohlar, istehqomlar korxonalar kanallar, shuningdek 
yo`llarning qoldiqlari qadimiy dafn joylari, tosh haykallar, qoyalardagi tasvirlar va boshqalar 
kiradi. Shahar qurilshi va me`morchilik edgorliklari. Bularga me`morchilik ansambl`lari va 
komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shaharlar va boshqa aholi 
ashaydigan joylarning qoldiqlari fuqaro, san`at, harbiy, diniy, xalq me`morchiligi inshoatlari 
kiradi. San`at edgorliklari bunga monumental, tasviriy, amaliy- dekorativ va boshqa turdagi 
san`at asarlari kiradi.edgorlik hujjatlari. Bunga markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari 
va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar, boshqa ezma va chizma hujjatlar 
kinofoto hujjatlari va tovush ezuvlari, shuningdek, qadimiy qulyozmalar hamda arxiv 
materiallari, fol`klor va musiqa ezuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi. 3 Etnografiya va 
toponimik materiallar. Bunga xalq urf-odatlari, moddiy va ma`naviy madaniyat, xalqlarning 
ertak, fol`klor, mifologiyasi hamda joy nomlarining ilmiy jihatdan kelib chiqishini o`rganish 
kiradi. Bular bilan bir qatorda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga eki boshqa xil madaniy qimmatga 
ega bo`lgan ob`ektlar hamda muzeyda saqlanadigan eksponatlar va o`lardan o`quv, ta`lim tarbiya 
ishlarida foydalanish uslublari o`z aksini topadi. Yuqoridagi manbalarni o`rganish va 
umumlashtirish ilmiy o`lkashunoslik tadqiqotlari, jamoat o`lkashunosligi va havaskorlari uchun 
ham, u eki bu voqealarga tavsif berish, turli tarixiy tushunchalarga aniqlik kiritish uchun ham 


ko`p ma`lumot bo`lib xizmat qiladi. Tarixiy o`lkashunoslik fani ma`lum ikki maqsadni: 
birinchidan, o`z o`lkasining va hozirgi haeti tarixini har tomonlama ilmiy asosda o`rganish yo`li 
bilan to`plangan arxeologik, etnografik, toponimik, nodir qo`lezmlar, arxiv hujjatlarini saralash, 
tartibga solish va tahlil qilishga, ikkinchidan, to`plangan o`lka materiallaridan o`quv tarbiyaviy 
ishlarda o`rinli va samarali foydalanib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ko`zda 
tutadi. 

Download 387.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling