Kimyoviy reaksiyalar borishining asosiy qonuniyatlari reja kimyoviy raeksiyalar Modda tarkibining doimiylik qonuniL


Download 43.92 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi43.92 Kb.
#1621450
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 KIMYOVIY REAKSIYALAR BORISHINING ASOSIY QONUNIYATLARI

MAVZU


KIMYOVIY REAKSIYALAR BORISHINING ASOSIY QONUNIYATLARI
REJA
1 Kimyoviy raeksiyalar
2 Modda tarkibining doimiylik qonuniL
3 Karrali nisbatlar qonuni
4 Hajmiy nisbatlar va Avagadro qonunlari
5 Ekvivalentlar qonuni
6 Moddalar massasining Saqlanish qonuni
7 Masalalar

Kimyoning asosiy qonunlarini bilishdan oldin kimyoviy reaksiyalar ya’ni kimyoviy jarayonlarda qanday reaksiyalar borishini va ularni qanday turlarga bo’linishini bilish zarur. Kimyoviy reaksiyalar o’ziga xos belgilarga asoslanib quyidagicha sinflanadi:



  1. Dastlabki va hosil bo’luvchi moddalar tarkibiga kiradigan elementlar atomlarida oksidlanish darajasi o’zgarishi bo’yicha–oksidlanish– qaytarilish reaksiyalari;

  2. Dastlabki va hosil bo’luvchi moddalarning soni va tarkibi jihatidan – ajralish, o’rin olish, birikish, almashinish reaksiyalari;

  3. Reaksiyalar va sistemalar orasida issiqlik almashinshi jihatidan ekzotermik (issiqlik chiqishi) va endotermik (issiqlik yutilishi) reaksiyalar;

  4. Reaksion jarayonning yo’nalishi jihatdan qaytar va qaytmas reaksiyalar.

Modda tarkibining doimiylik qonuni
Moddalar o’zaro ta’sirlashganda boshqa xil murakkab moddalar hosil bo’lish ham ularning miqdoriy nisabatlariga bog’liq. Masalan temir sulfid molekulasi bir atom temir bilan bir atom oltingugurtning birikishidan hosil bo’lgan. Ularda atom massalarining nisbati Ar(Fe):Ar(S)=56:32 ekanligi FeS formuladan ko’rinib turibdi. Bu massa nisbatlarni eng kichik butun sonlarda belgilaCa, 7:4 bo’ladi. Temir sulfid tuzini boshqa usul bilan ham olish mumkin, masalan natriy sulfid va femir(II)xlorid ta’sirlashuvidan:
Na2S + FeCl2 → FeS + 2NaCl
Avvalgi usulda ikkita oddiy moddaning birikishidan temit sulfid hosil bo’lgan bo’lsa; ikkinchi usulda u ikkita murakkab moddalar tarkibidagi elementlar atomlarining qayta guruhlanishidan hosil bo’ladi.
Shunga qaramay, har ikki usul bilan olingan temir sulfid tarkibidagi elementlar-ning massa nisbatlari bir xil – 7:4.
Suv molekulasi formulasi H2O dan ikki massa qism vodorod bilan 16 massa qism kislorod birikkanligi ko’rinib turibdi:
2H2 + O2 = 2H2O yoki Ar(H) + Ar(H):Ar(O)=1 + 1:16=2:16.
Bunda eng kichik massa nisbatlar 1:8 bo’ladi. Suv molekulasi faqat vodorod va kislorod molekulalarining ta’sirlashuvidangina emas, balki boshqa kimyoviy reaksiyalar paytida ham hosil bo’ladi. Masalan tabiiy gaz yonganda: CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O
Bu misollardan quyidagicha xulosa qilish mumkin. Har qanday sof modda qaerda va qanday usul bilan olinishidan qat’iy nazar bir xil o’zgarmas tarkibga ega bo’ladi.
1-masala. Reaksiya uchun 8 g oltingugurt va 20 g temir olib aralashma qizdirildi. Reaksiya oxirida aralashmada qaysi moddadan qancha qoladi?
Echish. Dastlab reaksiya netglamasini ifodalaymiz: Fe + S → FeS.
Reaksiya tenglamasiga asosan moddalar miqdorlarini hisoblaymiz:
ν(Fe)=8/56=0,14 mol; ν(S)=28/32=0,875 mol
Reaksiyadan ko’rinib turibdiki temir kam olingan ekan. Demak 8 g Fe to’liq sarflanib qancha massa FeS hosil bo’lishini aniqlaymiz:
56 g Fe sarflansa ——— 88 g FeS hosil bo’ladi
8 g Fe sarflansa ——— x g FeS hosil bo’ladi x=8∙88/56=12,57g.
Endi 8 g temir bilan qancha S reaksiyaga kirishishini topamiz:
56 g Fe bilan ——— 32 g S sarflanadi
8 g Fe bilan ——— x g S sarflanadi x=8∙32/56=4,57g S sarflanadi.
Qolgan S miqdori esa 23,43 g (28-4,57) g ga teng.
2-masala. Tarkibiga quyidagi elementlar atomlari kiradigan moddalarning molekula formulalarini yozing: a) alyiminiynig ikkita atomi bilan kislorodning uchta atomi; b) kalsiyning bir atomi bilan uglerodning bir atomi va kislorodning uch atomi; v) misning bir atomi bilan xlorning ikki atomi; g) misning ikki atomi bilan oltingugurtning bir atomi. Shu moddalar tarkibidagi elementlarning eng kichik massa nisbatlarini toping.
Echish. a) Al2O3 undagi eng kichik massa nisbat 9:8 ga teng;
b)CaCO3 undagi eng kichik massa nisbat 10:3:12 ga teng; v) CuCl2 undagi massa nisbat 64:71 ga teng; g) Cu2S undagi eng kichik massa nisbat 4:1.

Download 43.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling