01 умичт ўқув қул


termonamlik o’tkazuvchanligi


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

termonamlik o’tkazuvchanligi qiymati asosida aniqlanadi. Bunda namlik haroratlari 
past bo’lgan uyum qismlariga harakatlanadi. Bu jarayon urug’ uyumning va tashqi 
muhitning haroratlar farqi katta bo’lganda tezlashadi. Namlik issiq oqim bilan 
harakatlanganda uyumning sirtqi qavatlarida namlik yig’iladi, natijada urug’lar 
bo’kadi va ko’karadi.
Urug’lar va urug’ uyumlarining sorbtsiyalash xususiyati. Urug’ uyumining 
yuqori sorbtsiyalash xususiyati urug’ tuqimalarining xossalari bilan tavsiflanadi. 
Urug’ tuqimalari turli gazlarni yutishi va qayta chiqarishi mumkin. Moyli 
urug’larning atrofdan namlikni yutishi va namlikni chiqarishi - ya‘ni gigroskopikligi 
katta amaliy ahamiyatga ega. Atrof muhit havosidagi suv bug’larining miqdoriga 
qarab urug’lar namligi ortadi yoki kamayadi.
Moyli urug’lar atrof muhit havosidan kislorod va uglerod dioksidini yutish 
xususiyatiga ega. Yutilgan kislorod ta’sirida urug’lar tarkibidagi to’yinmagan yog’ 
kislotalari oksidlanadi va moylarni saqlashning barqarorligi keskin pasayadi. 
Moyli urug’larni fizik-texnik xususiyatlari ularni qayta ishlash usuli va 
uskunalarni tanlashda muhim ahamiyatga ega. 


24 
Т
ayanch so’z va iboralar: aerodinamik xususiyatlari, agregativ holat, 
sochiluvchanlik, g’ovaklik, urug’ massasining zichligi, apparat, mashina, balans, 
texnologik jarayon.
Nazorat savollari: 
1.Fanning maqsadi va vazifalari? 
2.Yog’-moy sanoatining texnologik uskunalar bilan jihozlanganligi. 
3.Texnologik uskunalar to’g’risida umumiy tushuncha. 
4.Yog’-moy sanoatida ishlatiladigan texnologik uskunalarning guruhlanishi va ularga 
qo’yiladiga talablar. 
5.Oqimli liniya deb nimaga aytiladi? 
6.Texnologik jarayon nima? 
7.Texnologik qurilma nima? 
8.Mashina va apparat nima, ularga misollar keltiring. 
9.Moyli urug’larning asosiy fizik-texnologik xossalari va ularning amaliy ahamiyati.
10.Moyli urug’larning asosiy fizik-kimyoviy xossalari va ularning amaliy ahamiyati.

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling