01 умичт ўқув қул
I – qism. MOYLI URUG’LARNI QABUL QILISH VA SAQLASH
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
5
I – qism. MOYLI URUG’LARNI QABUL QILISH VA SAQLASH 1-bob.YOG’-MOY SANOATI TEXNOLOGIK JARAYONLARI VA USKUNALARI TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA. OZIQ- OVQAT TEXNOLOGIYASI JARAYONLARINING TAVSIFI 1.1. Texnologik jarayonlari va uskunalari to’g’risida umumiy tushunchalar Ushbu fan yog’-moy sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi o’quv rejasiga kirgan asosiy fanlardan biri bo’lib sohani egallashdagi fanlar qatoriga kiradi va yog’-moy sanoati ishlab chiqarishida qo’llaniladigan texnologik asbob-uskuna, qurilmalarning tuzilishini, ishlashini o’rganadi. Fanni o’qish jarayonida talaba yog’-moy sanoatida texnologik jarayonlar va texnologik jihozlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik to’g’risida, sanoatda qo’llanilayotgan uskunalarning tuzilishi, ishlashi va ularning texnik tavsifi to’g’risida tushunchalarga ega bo’ladi. Fanni o’rganish orqali talaba o’simlik moylari ishlab chiqarishda va ularni qayta ishlash jarayonlarida qo’llaniladigan qurilmalarni vazifasini, hisoblashni, texnolgik jarayonlar vaqtida hom ashyo va materiallarni kamaytirish usullarini, mahsulot sifatini oshirishni o’rganadi. Yog’-moy sanoati, oziq-ovqat sanoatining eng muhim va murakkab sohalaridan biri bo’lib, unda boradigan jarayonlar uzluksiz va juda ko’plab qurilma va uskunalarda amalga oshiriladi. Shu sababdan ham “O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi” fanini talabalarga o’qitish ularni shu soha bo’yicha mutaxassis bo’lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega. Yog’-moy sanoati strukturasi tarkibiga presslash usulida, press-ekstraktsiya usulida, to’g’ridan-to’g’ri ekstraktsiya usulida moyli xom ashyolardan moy oladigan korxonalar, margarin, mayonez, xo’jalik sovuni, atir sovun, glitserin, disstillyatsiyalangan yog’ kislotalari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Bo’lardan ko’rinib turibdiki, bu korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turli tuman bo’lib, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalar ham turli tumandir. 6 Yog’-moy sanoati korxonalari zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, ularda ishlab chiqarish jarayonlari oqim liniyalarida amalga oshiriladi. O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi fanida qo’llaniladigan asosiy texnologik tushunchalar: texnologik sxema; texnologik jarayon; texnologik liniyaning unumdorligi; texnologik rejim; xom ashyo balansi hisobi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling