7
Transport qurilmasi deb - xom ashyoni,
yarim xom ashyoni va tayyor
mahsulotni bir texnologik qurilmadan ikkinchisiga, bir ishlab chiqarish bo’limidan
ikkinchisiga uzatishda, tashishda qo’llaniladigan qurilmalarga aytiladi.
Biror bir mahsulot ishlab chiqarishda texnologik va transport qurilmalarini
o’zaro birin ketinlik bilan joylashishi texnologik liniyalarni hosil qiladi. Texnologik
qurilmalar mahsulotga ta’sir etish xarakteriga ko’ra
mashina va apparatlarga
bo’linadi.
Mashina deb - xom ashyoga mexanik ta‘sir etib, uni shakli, o’lchami va boshqa
fizik parametrlarini o’zgartiradigan va bunda mahsulotni xususiyatlari o’zgarmay
qoladigan qurilmaga aytiladi. Mashinaning xarakterli tomoni unda xom ashyoga
mexanik ta’sir etadigan harakatlanuvchi qismning borligidir. Mashinaga misol qilib,
transportyorlarni, maydalagichlar va yanchish qurilmalarni,
filtrlar va separatorlarni
ko’rsatish mumkin.
Apparat deb - xom ashyoga ta’sir etib unda kimyoviy, fizikaviy, biokimyoviy
va agregat holatini o’zgartiradigan qurilmaga aytiladi.
Apparatda issiqlik, modda
almashinishi, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va boshqa jarayonlar ro’y beradi. Yog’-
moy sanoatida qo’llaniladigan apparatlarga:
-fizik-kimyoviy jarayonlar amalga oshiriladigan apparatlari (ekstraktorlar,
distilllyatorlar, qovurish qozonlari, neytralizatsiyalash
qurilmalari, sovun pishirish
qozonlari va boshqalar);
-issiqlik apparatlari (isitgichlar va sovitgichlar);
-agregat holatini o’zgartiradigan apparatlarga (kondensator, deflegmator,
avtoklav va boshqalar) misol qilib ko’rsatish mumkin.
Texnologik qurilmalarni mashina va apparatlarga bo’linishi shartli bo’lib,
ko’pchilik hollarda qurilmalar mashina va apparatlar kombinatsiyasidan iborat bo’lib,
ularda mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik jarayonlari ro’y beradi.
O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasida hozirgi ishlab chiqarishda
amal qilayotgan moyli xom ashyolardan moy olish texnologiyasining
strukturaviy
sxemasi: