Asosiy ishlab chiqarish, asosiy tarmoq– korxona ishlab chiqarish tuzil-masi va ixtisoslashuvining rejali yoʻnalishini belgilaydigan tarmoq. Xom ashyoni tovar mahsulotiga aylantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Xom ashyoni ishlab chiqarishga tayyorlab beruvchi, ishlab beruvchi, tayyor mahsulotga aylantiruvchi sexlarni oʻz ichiga oladi.
|
Avtomatik yigʻish – biror aniq vazifani bajarayotgan mashina qismlari va birikmalarini avtomatik mashinada biriktirish, mujassamlash va mahkamlash jarayoni. Barcha amallar insonning ishtirokisiz bajariladi.
|
Avtomatlashtirish (grekcha. αύτόματος — o'z-o'zidan harakat qilish) fan va texnologiya sohasida, insonning bevosita ishtirokisiz texnologik jarayonlarni amalga oshirishning texnik vositalari va usullarini ishlab chiqadi.
|
Chiqindisiz texnologiyalar - xom ashyo va energiya oqilona va davriy ravishda ishlatiladigan (xom ashyo (materiallar) - ishlab chiqarish – iste'mol – ikkilamchi resurslar) va atrof – muhitga har qanday ta'sir uning normal ishlashini buzmaydigan mahsulot ishlab chiqarish usuli tushuniladi.
|
Choʻyanlar — temirning uglerodli qotishmalari boʻlib, uglerod miqdori 2,14 % dan ortiq (baʼzi choʻyanlarda 6 % gacha). Choʻyanlar oq, kulrang va egiluvchanlarga boʻlinadi.
|
Dasturli boshqariladigan stanoklar (DBS). Bunday stanoklarda avtomatlashtirish darajasi yuqori va ularning ishini tezlik bilan o‘zgartirish mumkin. Agar avtomat va yarim avtomatlarda o‘ziga xos dastur eltuvchilar kulachoklar, andozalar yoki tayanchlar bo‘lsa, DBSlarda dastur magnit lenta, perfokarta,magnitli lappak kabi eltuvchilarda kodlangan axborot tarzida saqlanadi va uzatiladi.
|
|